2018
|
2019
|
2020
|
2021
|
Biriktirilgan yer maydoni, ming gektar
|
5806,2
|
6207,6
|
6310,2
|
6313,5
|
Qishloq xo’jaligi mahsuloti (amaldagi narxlarda), mlrd. so’m
|
34271,1
|
43358,1
|
48667,0
|
60394,7
|
Jami ekin ekilgan maydon, ming gektar
|
3137,8
|
2911,4
|
2773,9
|
2623,2
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
donli ekinlar
|
1442,4
|
1410,7
|
1398,7
|
1334,1
|
texnik ekinlar
|
1312,2
|
1234,3
|
1099,1
|
1009,5
|
shundan: g’o’za
|
1255,6
|
1192,1
|
1068,7
|
972,9
|
kartoshka
|
18,1
|
9,6
|
12,5
|
11,0
|
sabzavotlar
|
75,3
|
55,0
|
60,9
|
53,7
|
poliz
|
31,7
|
23,4
|
23,4
|
23,9
|
ozuqa ekinlari
|
257,7
|
178,2
|
178,6
|
190,4
|
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ming tonna:
|
|
|
|
|
don
|
6640,4
|
5733,1
|
5155,9
|
6257,5
|
paxta
|
2944,3
|
2837,8
|
2198,0
|
2491,8
|
kartoshka
|
544,0
|
429,3
|
411,6
|
499,8
|
sabzavotlar
|
3328,8
|
2995,2
|
2598,3
|
3179,7
|
poliz
|
1013,5
|
953,4
|
673,6
|
884,6
|
meva va rezavorlar
|
1017,1
|
963,2
|
1037,0
|
1072,6
|
uzum
|
815,2
|
740,7
|
692,0
|
683,7
|
pilla
|
24,9
|
11,4
|
14,3
|
15,7
|
go’sht
|
62,2
|
69,3
|
109,5
|
125,7
|
sut
|
352,7
|
337,7
|
397,3
|
462,0
|
tuxum, mln dona
|
656,7
|
695,3
|
1079,5
|
1142,8
|
jun, tonna
|
2963
|
2190
|
2785
|
3241
|
Chorva mollari bosh soni (yil oxiriga), ming bosh:
|
|
|
|
|
qoramollar
|
575,8
|
615,9
|
662,2
|
708,3
|
shu jumladan sigirlar
|
193,9
|
210,3
|
230,1
|
249,6
|
qo’y va echkilar
|
1518,9
|
2166,9
|
2461,7
|
2691,8
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlariga ko’ra, fermer xo’jaliklariga biriktirilgan yer maydoni keyingi yillarda ko’payganligiga qaramasdan, ulardagi ekin maydonlari qisqargan. Ekin maydonlari qisqarishi barcha turdagi qishloq xo’jaligi ekinlarining maydonlari qisqarishiga olib kelgan. Bu esa o’z navbatida meva va rezavorlardan tashqari barcha turdagi dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2021-yilda 2018-yilga nisbatan qisqarishiga olib kelgan. Fermer xo’jaliklarida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining kam bo’lishiga qaramasdan, ularda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o’sishi kuzatilmoqda.
Mamlakatimizda asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda fermer xo’jaliklarining ulushi to’g’risidagi ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval Asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda fermer xo’jaliklarining ulushi, barcha toifadagi xo’jaliklarga nisbatan foizda
-
Mahsulotlar
|
2018
|
2019
|
2020
|
2021
|
Don
|
80,4
|
78,7
|
78,9
|
84,2
|
Paxta
|
99,5
|
99,4
|
96,2
|
92,6
|
Kartoshka
|
19,5
|
15,4
|
14,1
|
16,2
|
Sabzavotlar
|
32,7
|
29,3
|
27,0
|
31,1
|
Meva va rezavorlar
|
38,9
|
36,8
|
38,3
|
38,9
|
Go’sht
|
2,9
|
3,0
|
4,5
|
5,1
|
Sut
|
3,6
|
3,4
|
3,8
|
4,3
|
Tuxum
|
10,7
|
11,0
|
14,5
|
14,7
|
Jun
|
8,0
|
6,0
|
8,0
|
9,2
|
Qorako’l teri
|
5,5
|
5,6
|
7,9
|
7,9
|
Pilla
|
94,5
|
91,4
|
79,7
|
73,3
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda so’nggi yillarda paxta xomashyosi ishlab chiqarishda fermer xo’jaliklarining ulushi pasaymoqda. Bu so’nggi yillarda patachilik sohasida ham klasterlarning tashkil etilayotganligi bilan izohlanadi. 2021-yilda yalpi paxta hosilining 92,6 foizi fermer xo’jaliklari tomonidan yetishtirilgan bo’lib, ushbu ko’rsatkich 2020-yilda 96,2 foizni tashkil etgan edi. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda fermer xo’jaliklarining ulushi ancha past darajada saqlanib qolmoqda. Masalan, 2021-yilda fermer xo’jaliklarining ulushi go’sht ishlab chiqarishda 5,1 foiz va sut ishlab chiqarishda 4,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2018-yilda ushbu ko’rsatkichlar mos ravishda 4,5 va 3,8 foizni tashkil etgan edi. Ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, fermer xo’jaliklarining chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi so’nggi yillarda o’smoqda. 2018-yilda ushbu ko’rsatkichlar mos ravishda 2,5 va 2,8 foizni tashkil etgan edi. Fermer xo’jaliklarida chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni yanada ko’paytirishni izchil davom ettirish lozim.
3.Qishloq xo’jaligida mulkiy munosabatlarni yanada takomillashtirish
yo’llari.
Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyaning mavjud emasligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, sohaga investitsiyalarni keng jalb etishga, ishlab chiqaruvchilarning yuqori daromad olishiga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xarita”si) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
er va suv resurslari, o‘rmon fondidan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi tuzilmasini restrukturizatsiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlash;
qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot, ta’lim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan bilim va ma’lumotlarni tarqatishning samarali shakllarini qo‘llashni nazarda tutuvchi ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq joylarini muvozanatli va barqaror taraqqiy ettirishga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish;
zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli uslublarini joriy etishni nazarda tutuvchi tarmoq statistikasining shaffof tizimini yaratish.
3. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi: -T.: O`zbekiston 1999
Karimov I. A. O`zbekiston buyuk kelajak sari.-T.: O`zbekiston, 1999.
Karimov I. A. Qishloq xo`jaligi taraqiyoti – to`kin hayot manbai. – T.: O`zbekiston, 1998.
Qayumov F. Q. Effektivnost APK v usloviyax perexoda k ro`nku: Obhiye i regionalno`ye problemo`. – M.: IPO «Poligran», 1992.
Serova YE. V. Agrarnaya ekonomika: Uchebnik dlya studentov ekonomicheskix vuzov, fakultetov i spetsialnostey. – M.: GU VSHE, 1999.
Uzbekistan: desyat let po puti formirovaniya ro`nochnoy ekonomiki Koll. Avt.: R. A. Alimov, A. K. Bedrinsev, A. F. Rasulov i dr.G`G` Pod red. A.X. Xikmatova. – T.: O`zbekiston, 2001.- 352 b.
Xakimov R., Otaqulov M., Yusupov E., Yusupov M.S. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti. – (O`quv qo`llanma) T., TDIU, 2004.-160 b.
Salimov B.T., Hamdamov Q.S., Berkinov B.B., Xakimov R., Yusupov M.S., Oripov M.A., O`roqov N.I. - Dehqon va fermer xo`jaliklari iqtisodi – (O`quv qo`llanma) –T.: TDIU, 2004. – 176 b.
Salimov B.T., Hamdamov Q.S., Tursunxo`jayev T.L., To`raxo`jayev T.I., Hakimov R.X., O`roqov N.I, Aripov I.M. -Jahon qishloq xo`jaligi. – (O`quv qo`llanma) – T.: TDIU, 2004. – 128 b.
Abdug`aniyev A., Abdug`aniyev A.A. – Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti – (darslik). – T.: TDIU, 2004. – 304 b.
www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |