“Qishloq xo‘jaligi mashinalari” fanidan O‘quv yili uchun 210 soat ajratilgan, shundan



Yüklə 29,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü29,62 Kb.
#167854
1   2   3   4
1-ma`ruza

Mashinalarni tasniflanishi
- bu ularni vazifasi, ta’sir harakteri, energiya
manbai bilan bog‘lanishi va undan foydalanishi bo‘yicha ajratilishi.
Vazifasiga ko‘ra mashinalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: tuproqqa ishlov
berish; ekish va ko‘chat o‘tqazish; o‘g‘itlash; o‘simliklarni zararkunanda va
kasalliklardan himoyalash; o‘tlar va silos o‘simliklarni yig‘ish; donli, donli
dukkakli, moy o‘simliklarini yig‘ish va yig‘ishdan keyin ishlov berish;
makkajo‘xorini donga yig‘ish; ildiz-mevalilar va sabzavotlarni yig‘ish;
meliorativ mashinalar. Har bir guruh bir nechta mashina turlaridan iborat.
Mashinalar ta’sir prinsipiga asosan uzluksiz va davriy ta’sir qiladigan,
energiya manbai bilan bog‘lanish bo‘yicha tirkama, yarimosma, o‘zi yurar va
statsionarlarga, ishchi organini energiyadan foydalanish usuliga qarab passiv,
faol (aktiv) va kombinatsiyalashgan ishchi organli mashinalarga ajratiladi.


Qishloq
xo‘jaligi
mashinalari
fanining
rivojlanish
tarixi.
Dehqonchilik qadimiy kasb bo‘lib, u bilan bog‘liq bo‘lgan qurollar kup
asrlik rivojlanish va takomillashish tarixiga ega. Ammo qishloq xo‘jalik
mashinasi va qurollari to‘g‘risidagi fan nisbatan yaqinda paydo bo‘ldi. Bu
ilmiy fanning yuzaga kelishi va rivojlanishi mashhur rus olimi akademik
Vasiliy Proxorovich Goryachkin (1868-1935 yil) nomi bilan bog‘langan.
V.P. Goryachkinga qadar qishloq xo‘jaligi mashinalari to‘g‘risidagi fan
yarim
hunarmandchilik
zavodlaridan
chiqariladigan
mashinalarning
tuzilishi va konstruksiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishdan
iborat bo‘lgan. Qishloq xo‘jaligi mashinalarini loyihalash ilmiy asossiz
«tusmol bilan», intuitiv ravishda, namunalar va xatolar usulida olib
borilgan, chunki konstruktorlar hech qanday dastlabki hisoblar qilishni
bilmaganlar.



Yüklə 29,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin