Axborot manbaalari
1.
www.ziyonet.uz
2.
www.referat.uz
3.
www.google.com
4.
www.agroilm.uz
5.
www.dehqon.uz
6.
http://www.mcsa.ru
1 – Ma’ruza
Mavzu: KIRISH. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI AGRAR SIYOSAT.
FANNING MAQSADI, VAZIFASI VA OLIY TA’LIMDAGI O‘RNI. QXM
TASNIFI.
REJA:
1. Mashinalarni rusumlash va ularni tasniflanishi
2. Qishloq xo‘jaligi mashinalari fanining rivojlanish tarixi
3. Fanning vazifasi
6 sentyabr 2022 yil
Mashinalar tizimi
- bu yil davomida barcha qishloq xo‘jalik
ishlarini optimal agrotexnik muddatlarda eng kam mehnat sarf
qilib bajaradigan o‘zaro o‘zviy bog‘langan traktor va qishloq
xo‘jaligi mashinalarining yig‘indisidir. Mashinalar tizimi, odatda,
ma’lum davr uchun ishlab chiqiladi va doimiy takomillashtiriladi.
Mamlakatimizning mustaqilligiga qadar oltita mashinalar tizimi
qo‘llanilgan: 1955...1965 y., 1966...1970 y., 1971...1975 y.,
1976...1980 y., 1981...1990 y., 1991...2000 y. 1998 yilda
1998...2000 yillarga mo‘ljallangan, so‘ngra esa 2010 yilgacha
istiqbolli mashinalar tizimi ishlab chiqildi.
Amaldagi
mashinalar
tizimi
to‘rt
qismdan
iborat:
dehqonchilik, chorvachilik, melioratsiya, o‘rmon xo‘jaligi.
Mashinalarni rusumlash va ularni tasniflanishi.
Amaldagi mashinalarni rusumlash ma’lum bir prinsipga
asoslangan. Rusum harf va son qismlaridan iborat. Birinchisi
– mashinani vazifasini, turini va ta’sir prinsipini, ikkinchisi -
modelning tartibini yoki mehnat unumdorligi, qamrash
kengligi va boshqa ko‘rsatgichlarini xarakterlaydi.
|