Bunda: Qx yer tarkibi. – qishloq xo`jaligiga yaroqli yer tarkibi, % Qx yer m. - qishloq xo`jaligiga yaroqli yer maydoni, ga
X er m. - Haydaladigan yer (yoki sug`oriladigan yer) maydoni, ga
Qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar tarkibida haydaladigan yerlarning ayniqsa, sug`oriladigan yerlarning salmog`iga qarab tegishli xulosalar chiqaramiz. Xo`jalikda haydaladigan, ayniqsa (tabiati issiq o`lkalar sharoitida) sug`orilib dehqonchilik qiladigan yerlarning ulushi qancha yuqori bo`lsa shuncha yaxshi (samarali) hisoblaymiz. Olimlarning izlanishlari shuni ko`rsatadiki 1 gektar sug`orilib dehqonchilik qilinadigan yer5-7 gektar lalmi yerga teng mahsulot berar ekan. Boshqacha qilib aytganda 1 gektar sug`orilib dehqonchilik qilinadigan 6-7 gektar lalmi yerga teng. Agarda yer maydonlarining cheklanganligini, har bir ga yerni haydash, ekish, ishlov berish va hosilni yig`ib olish harajatlarini hisobga olsak sug`oriladigan yerlarning naqadar qard qimmati yuqori ekanligini ko`ramiz. Demak, imkon darajasida sug`orilib dehqonchilik qilinadigan maydonlarini asrash zarurati kelib chiqadi. Bozor sharoitida u boshqa yerlarga nisbatan
Bunda: Yer f.k. – yerdan foydalanish koeffitsiyenti, marta EM - jami ekin maydoni, ga
H e m. - haqiqatda ekilgan ekin maydoni, ga
Ushbu ko`rsatkich har bir mamlakat, region va xo`jaliklarda bir biridan keskin farq qiladi. Uning darajasi mamlakatning rivojlanganlik darajasi, aholining va yer maydonlarining miqdori (soni) kabi ko`plab omillar ta`sir etadi.
Yer fondidan foydalanish ko`rsatkichlarining ikkinchi guruhiga iqtisodiy samaradorlik bilan bog`liq ko`rsatkichlar kirib ularning o`zi natural va qiymat ko`rsatkichlarga bo`linadi. Natural ko`rsatkichga qishloq xo`jaligi ekin turlarining hosildorligi kiradi. Hosildorlik quyidagicha aniqlanadi.
Хосилдорлик
ЯХ
ЭМ
Bunda: H – ekin turlarining (paxta, bug`doy, makka, uzum, meva...) hosildorligi, s/ga Em - ekin (paxta, bug`doy, makka, uzum, meva...) maydoni, ga
Yah - yalpi (paxta, bug`doy, makka, uzum, meva...) hosil, s
Yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini quyidagi ko`rsatkichlar yordamida aniqlash maqsadga muvofiq:
Yer maydoni birligi hisobiga olingan yalpi mahsulot, so`m. Bu ko`rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Bu ko`rsatkich doimo o`sib borsa ijobiy rivojlanish hisoblanadi. Albatta uning darajasiga juda ko`plab omillar (iqtisodiyotning, texnologiyaning rivojlanganlik darajasi, inflyatsiya darajasi, ekin turlari va mahsulotlarga shakllanadigan narxlar darajasi....) ta`sir etadi.