Qishloq xo`jaligi moddiy-texnika resurslari



Yüklə 118,5 Kb.
səhifə1/5
tarix31.03.2023
ölçüsü118,5 Kb.
#92032
  1   2   3   4   5
QISHLOQ XO\'JALIGIDA MODDIY TEXNIKA RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH


QISHLOQ XO'JALIGIDA MODDIY TEXNIKA RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

“Qishloq xo`jaligi moddiy-texnika resurslari” tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati


Qishloq xo`jaligining moddiy – texnika resurslari deganda tarmoqda, uning xo`jalik yurituvchi subyektlari mavjud barcha asosiy fondlar, xo`jalik inventarlari yig`indisi tushiniladi. Agrosanoat majmuasi tarmoqlarining, ayniqsa, qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasini mustahkamlash katta ahamiyatga ega. Chunki ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashganlik darajasi bevosita tarmoqda, xo`jaliklarda mavjud texnikaning miqdori va sifatiga bog`liq. Agar texnikalar yetarli miqdorda bo`lmasa, demak, qishloq xo`jaligi ishlarini agrotexnik muddatlarida bajarish mumkin emas. Bu, o`z navbatida, barcha natijaviy ko`rsatkichlarning pasayishiga olib kelishi turgan gap. Birgina shu misolning o`zi ishlab chiqarishda moddiy – texnika resurslarining ahamiyati qanchalik katta ekanligini ko`rsatadi. Har qanday tarmoqning moddiy – texnika bazasi ishlab chiqarishning asosiy omillaridan biridir. Ma`lumki, ishlab chiqarish jarayoni yuz berishi uchun, asosiy fondlar, homashyolar, mehnat resurslari va tadbirkorlik qobiliyatlari bo`lishi va ular birgalikda faoliyat ko`rsatishi lozim.
Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat natijasida qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasi keyingi yillarda yanada mustahkamlanib bormoqda. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga “Keys”, “Magnum” kabi yuqori unumli texnikalar kirib kelmoqda. Oz bo`lsada, fermer va dehqon xo`jaliklarida kichik texnikalar paydo bo`lmoqda.
Qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasi boshqa tarmoqlarnikidan farq qiladigan xususiyatlarga ega. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, qishloq xo`jaligi moddiy – texnika bazasining tarkibiga yer kiradi. Yer qishloq xo`jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etishi bizga ma`lum. Yerning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda xo`jaliklarning moddiy – texnika bazasini rivojlantirish zarur. Yerning holatiga qarab o`g`it turlari, o`g`itning miqdori, texnikalarning turi va boshqalar tanlanadi. Agarda yerning meliorativ holatlarini qisobga olmasdan ekin turi, mineral o`g`itlar, unga ishlov beradigan texnikalar tanlansa, ishlab chiqarishning natijasi past bo`lishi turgan gap. Ba`zi hollarda yerga bunday munosabatda bo`lish uning ishlab chiqarish oborotidan chiqib ketishiga ham olib kelishi mumkin.
Ikkinchidan, qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasi tabiat qonunlariga boshqa tarmoqlarnikiga nisbatan ko`proq bog`liq. Buning natijasida turli regionlarda turlicha texnika va boshqa resurslardan foydalanish zarurati kelib chiqadi. Shimoliy zonalarda ekin turlari janubiy zonalardagidan farq qiladi. Shimoliy zonalarda issiq kunlarning nisbatan kam bo`lishi, eng avvalo, qisqa muddatlarda pishib yetiladigan ekin turlarini joylashtirishni talab qiladi. Janubiy regionlarda esa ekin turlarini tanlash imkoniyatlari kattaroq. Bunday holatlar esa moddiy – texnika resurslarining turli regionlarda turlicha bo`lishini talab qiladi.
Uchinchidan, qishloq xo`jaligida moddiy – texnika resursladidan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarishning mavsumiyligi bilan bog`liq. Qishloq xo`jaligida ish davri bilan ishlab chiqarish davrining mos kelmasligi oqibatida ayrim texnika vositalari yilda bir necha kun yoki oy ishlatiladi, xolos. Masalan, don o`rish kombayinalari asosan o`tim – yig`im davrida 2 oy ishlatiladi. Xo`jaliklar qimmatbaho texnikani (kombayinlarni ) yil davomida saqlashga majbur. Bu esa katta miqdorda qo`shimcha xarajatlarni talab qiladi. Natijada, asosiy fondlardan, texnikalardan foydalanish samaradorligi pasayadi.
To`rtinchidan, qishloq xo`jaligida moddiy – texnika resurslariningkatta qismini tirik organizmlar (chorva mollari, ko`p yillik daraxitlar va boshqalar) tashkil etadi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonida biologik qonuniyatlarni xam xisobga olishni talab etadi. Aks holda natija past bo`lishi mumkin. Bu xususiyatni hisobga olmaslik xo`jaliklarda mavjud texnikada, fondlardan foydalanish samaradorligi pasayishiga olib kelishi mumkin.
Beshinchidan, ishlab chiqarish keng maydonlarda olib borilishi xo`jaliklarda yaxshi rivojlangan transporttizimi, yo`l va aloqa kommunikatsiyalari bo`lishini talab qiladi. Texnikalarni bir maydondan ikkinchisiga olib borish, ularni tamirlashini tashkil etish jarayonida qishloq xo`jaligi moddiy – texnika resurslarini tashki l etishning o`ziga xosligi namoyon bo`ladi. Bu xususiyat katta qo`shimcha mablag`larni talab qiladi.
Oltinchidan, qishloq xo`jaligining moddiy texnika bazasi ko`p jihatdan sanoaning rivojlanganligiga bohliq. Shu bilan birga moddiy – texnika resurslarining (yem – xashak, zodli chorva mollari, urug`liklar kabilar) bir qismi qishloq xo`jaligining ishlab chiqariladi. Bu esa sarflanayotgan mablag`larning sotib olinayotgan va o`zida ishlab chiqarilayotgan moddiy – texnika resurslariga mos ravishda taqsimlanishini talab qiladi. Aks xolda ishlab chiqarishning natijaviy ko`rsatgichlari pasayishi mumkin.
Hozirda mamlakatimiz qishloq xo`jaligining mexanizatsiyalashganlik darajasini oshirish, asta – sekinlik bilan uni sanoat asosiga o`tkazish borasida ishlar olib borilayapti. Bu qishloq xo`jaligi taraqqiyotining obektiv yo`nalishlaridanbiridir.

Qishloq xo`jaligida asosiy fondlar va ulardan foydalanish ko`rsatkichlari


Malumki, asosiy fondlarsiz hozirgi zamon ishlab chiqarishini tashkil etish mumkin emas. Ularning mavjudligi, sifati, unumdorligi ishlab chiqarishning samarasini hal qilishda asosiy o`rinni egallaydi. Xo`jaliklarda mavjud fondlar ikki katta guruhga bo`linadi. Bular asosiy va aylanma fondlardir.


Asosiy fondlar bir necha ishlab chiqarish jarayonida qatnashadi, o`zining qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo`lib – bo`lib o`tkazadi. Bu eskirgan qiymat amortizatsiya shaklida namoyon bo`ladi. Ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etib, tamomam eskirib bo`lganda ham o`zining fizik shaklini o`zgartirmaydi. Ana shu xususiyatlarga ega va talablarga javob beradigan fondlar asosiy fondlardir. Bularga imorat va inshoatlar, mashinalar (kombaynlar, traktorlar va h.q.), transport vositalari, asbob – uskunalar, ko`p yilllik daraxtzorlar, uzumzorlar, mahsuldor chorva mollari va ishchi hayvonlar kiradi. Asosiy fondlar asosiy vositalarning qiymat ko`rinishiga ega qism bo`lganligi uchun ham asosiy ishlab chiqarish vositasi bo`lgan yer asosiy fondlar tarkibiga kiritilmaydi. Ishlab chiqarishda qatnashishiga qarab asosiy fondlar ikkiga, ya`ni ishlab chiqarishga tayin etilgan va ishlab chiqarishga tayin etilmagan asosiy fondlarga bo`linadi. Ishlab chiqarishga tayin etilmagan asosiy fondlarga ijtimoiy sohaning asosiy fondlari kiradi.
Xo`jaliklar o`z balanslarida mavjud asosiy fondlardan foydalanishning holatini ko`rsatkichlar tizimi bilan aniqlab boradi. Qishloq xo`jaligi korxonalarining fond bilan ta`minlanish darajasi shu ko`rsatkich xo`jalikda mavjud asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatini yer moydonlartga (qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar, haydaladigan yerlar, ekin maydonlari) bo`lishi yo`li bilan aniqlanadi. Asosiy fondlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi fond qaytimi va fond sig`imi ko`rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Fond qaytimi yil davomida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotni yoki foydani asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatiga taqsimlash yo`li bilan aniqlanadi. Fond qaytimi xo`jalikda mavjud 1 so`mlik asosiy fondlar evaziga qancha so`mlik yoki tiyinlik yalpi mahsulot ishlab chiqarilganini bildiradi. Bu ko`rsatkich natijasi qancha yuqori bo`lsa, fondlardan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo`ladi.
Fond sig`imi fond qaytimining aksi bo`lib, asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatini xo`jalikning yalpi mahsulotiga bo`lish natijasida aniqlanadi. Fond sig`imi xo`jalikda 1 so`mlik yalpi mahsulot ishlab chiqarish uchun qancha so`mlik asosiy fond ishlab chiqarish jarayonida qatnashganini ko`rsatadi. Fond sig`imi ko`rsatkichi qanchalik past bo`lsa, asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori hisoblanadi. Fond qaytimi va sig`imini foydaga nisbatan ham aniqlash maqsadga muvofiq.
Xo`jaliklarning asosiy fondlari besh xil (dastlabki, qoldiq , tiklash, balans va tugatish baholarida) baholanadi. Asosiy fondlarning dastlabki qiymati ularni birinchi bor sotib olish bilan bog`liq xarajatlardir. Asosiy fondlarning sotishdaga qiymati, ularni tashib olib kelish va o`rnatish xarajatlari ham daslabki bahosiga kiradi. Asosiy fondlarning tiklash qiymati deganda ishlab turgan asosiy fondning hozirgi bozor narxida qanchaga baholab turish zarur. Aks holda mavjud inflyatsiya tasirida yig`ilgan mablag`ga huddi shunday texnika sotib olish mumkin emas. Chunki uning narxi oshib ketgan bo`lishi mumkin. Asosiy fondlar ishlab chiqarishda qatnashadi va vaqt o`tishi bilan eskiradi. Asosiy fondlarning eskirishi ikki xil bo`ladi.
Birinchisi, ma`naviy eskirish. Asosiy fondlarning ma`naviy eskirishi quyidagi hollarda yuz beradi: birinchidan, mavjud asosiy fonddan unumliroq bo`lgan yangisi yaratilganda. Fan, texnika taraqqiyoti texnikaning yangi, unumli turlarini ishlab chiqqan holda eski fondlar yangisiga nisbatan unumsizroq bo`lganligi uchun ma`naviy eskirgan hisoblanadi. Masalan, xo`jalikda ishlatilayotgan, sekundiga 12kg. bug`doy o`radigan kombayn o`rniga sekundiga 16kg. bug`doy o`ra oladigan yangi kombayn yaratildi, deylik. Bu holda sekundiga 12kg. bug`doy o`radigan kombayn ma`naviy eskirgan hisoblanadi. Ikkinchidan, xo`alikda mavjud tehnikadan narxi arzonroq yangi texnika chiqarilgan holda ham ma`naviy eskirish yuz beradi. Masalan, hozirda ishlayotgan don o`rish kombayni 30 mln. so`m turadi. Huddi shunday kombaynning yangi avlodi yaratildi, deylik va uning narxi 25 mln. so`m. Bu holda biz ishlatayotgan 30 mln. so`mlik kombayn yangi 25 mln. so`m turadigan kambaynga nisbatan ma`naviy eskirgan hisoblanadi. Iqtisodchilarning bunday vaziyatdagi asosiy vazifasi ma`naviy eskirgan texnikalardan yana qancha davr foydalanish zarurligini belgilashdir.
Asosiy fonlar eskirishining ikkinchi turi ularning jismoniy eskirishidir. Vaqt o`tishi, faoliyat ko`rsatishi natijasida asosiy fondlar jismoniy eskiradilar. Bu eskirish “amortizatsiya” tushunchasi bilan belgilanadi. Odatda, zavodlarda ishlab chiqarilgan texnikalarning pasportida ularning xizmat ko`rsatish muddati, amortizatsiya ajratish normasi belgilangan bo`ladi. Lekin ayrim asosiy frondlarda bu ma`lumotlar berilmagan taqdirda amortizatsiya normasini hisoblab topish mumkin. Umumiy yillik amortizatsiya normasi quyidagicha aniqlanadi:



Bunda: No – umumiy yillik amortizatsiya normasi, %;


B – asosiy fondlarning dastlabki yoki balans qiymati, so`m;
D – asosiy fondlarni tugatishdagi xarajatlar, so`m;
L – asosiy fondlarni tugatishdan olingan daromad, so`m;
N – asosiy fondlarning o`rtacha xizmat qilish muddati, yil.
Hozirda asosiy fondlarning eskirishini belgilashda tezlashtirilgan amortizatsiya ajratmasi ajratish yo`lidan ham foydalanilmoqda. Bu inflyatsiya darajasi yuqori paytda inflyatsiyaning salbiy ta`sirini kamaytiradi. Bundan tashqari fan, texnika taraqqiyoti tezlashgan paytda asosiy fondlarni tezlikda almashtirish imkonini beradi. Asosiy fondlar qoldiq baholarda ham narxlanadi. Asosiy fondlarning dastlabki narxlaridan eskirish summasi o`rtasidagi farq ularning qoldiq bahosini bildiradi. Buxgalteriya balanslarida aks ettirilgan qiymati miqdor jihatidan asosiy fondlarning dastlabki qiymatiga mos tushadi. Asosiy fondlarning tugatilish qiymati deganda uni tugatish bilan bog`liq holat tushuniladi. Asosiy fondlar tugatilishi jarayonida qo`shimcha xarajatlar qilinadi. Ularni tugatishdan ma`lum material boyliklar olinadi. Asosiy fondlar xizmat muddatini to`la o`tamagan holda va boshqa sabablarga ko`ra, ularga to`liq amortizatsiya ajratilmagan bo`lishi mumkin. Amortizatsiya ajratilmay qolgan miqdorga uni tugatish uchun sarflangan xarajatlar qo`shiladi va tugatish natijasida olingan qiymatni ajratish yo`li bilan asosiy fondlarning tugatilish qiymati aniqlanadi.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo`llari quyidagilardan iborat:
1). Qishloq xo`jaligi ekin turlarining hosildorligini, chorva mollarining mahsuldorligini oshirish. Nimaiki hosildorlikni, chorva mollarining mahsuldorligini oshirishga ta`sir ko`rsatsa, o`sha narsa fondlardan foydalanishning samaradorligi oshishiga ijobiy ta`sir qiladi. Demak, fan – texnika taraqqiyoti natijasida yangi, serhosil ekin turlarini va mahsuldor chorva mollarini ishlab chiqarishga joriy etish fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo`llaridan biridir.
2). Asosiy fondlarning aktiv qismi bo`lgan texnika, asbob – uskunalardan foydalanishning smenalik koeffitsiyentlarini ko`tarish ulardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo`llaridan biri hisoblanadi.
3). Asosiy fondlar tarkibini takomilashtirish ulardan foydalanishning juda muhim yo`llaridan biridir. Bugungi kunda ishlab chiqarishda mavjud kuch beruvchi texnikalar (traktor va h.q.) bilan ishchi mashinalar o`rtasidagi optimal nisbatni ta`minlamaslik asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini keskin pasaytiradi. Bugungi kunda ishlab chiarishda foydalanilayotgan kuch beruvchi texnikalar (traktor va h.q.) katta quvvatga ega. Masalan, bitta “Magnum” rusmli traktordan yil davomida to`liqroq foydalanish uchun 35 va undan ko`proq ishchi mashinalar (pluglar, ekin agregatlari va h.q.) kerak ekan. Birorta ishchi mashinaning bo`lmasligi ushbu kuch beruvchi mashinadan foydalash ham ulardan foydalanish imkoniyatlari kamayishiga olib keladi.
4). Asosiy va oborot fondlar mutanosibligini ta`minlash ham ulardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishda qatnashayotgan asosiy fondlar yetarli miqdorda aylanma fondlar bilan ta`minlanishi kerak. Masalan, chigit ekish davrida traktor va chigit ekish agregatidan faqat yetarli miqdorda chigit bo`lgandagina samarali foydalanish mumkin. Ekish uchun zarur chigit bo`lgandagina samarali foydalanish mumkin. Ekish uchun zarur chigitning yetishmasligi texnikalar bekor turib qolishiga olib keladi va h.q.
5). Asosiy fondlardan foydalanishda jamoa a`zolarining moddiy manfaatdorligini ta`minlash ulardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo`llaridan biri hisoblanadi. Agarda mavjud qonun – qoidalar, asosiy fondlardan foydalanuvchilarni asosiy fondlardan yaxshi foydalanganligi uchun moddiy manfaatdor qilinsa , yaxshi natijalarga erishish mumkin yoki aksincha.
6). Asosiy fondlardan foydalanishning iqtisodiy samardorligiga ta`sir ko`rsatuvchi omillardan biri unga xizmat ko`rsatish tizimining rivojlanganlik darajasi hisoblanadi. Fsosiy fondlarni vaqtida texnik qarovlardan o`tkazish, joriy va kapital ta`mir qilish ishlarni talab darajasida tashkil etish lozim.
7). Asosiy fondlardan foydalanish darajasiga kadrlarning bilim va malakasining ahamiyati katta. Mexanizator, ishjener texnik xodimlarning o`z ishini yaxshi bilishi fasosiy fondlardan foydalanishning samaradorligini oshiradi va aksincha.
Aylanma mablag`lar va ulardan foydalanish
Ishlab chiqarish jarayoni samarali olib borilishida asosiy fondlar bilan bir qatorda aylanma mablag`larning ahamiyati cheksizdir. Ular ishlab chiqarish jarayonining albatta bo`lishi lozim bo`lgan shartlaridan biridir. Aylanma fondlar bir ishlab chiqarish siklida ishtirok etadi. O`zining qiymatini tayyor mahsulotga to`liqligicha bir ishlab chiqarish jarayonida o`tkazadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etib, o`z fizik ko`rinishini qisman, aksariyat holda esa butunlay o`zgartiradi. Ana shunday talablarga javob bergan fondlar aylanma fondlar deb yuritiladi. Aylanma fondlar, xo`jalikning hisob raqamlarida mavjud bo`lgan pullari, sotilgan, lekin hali puli kelib tushmagan mahsulot uchun mablag`larini qo`shib hisoblaganda, aylanma mablag`lartushunchasi kelib chiqadi. Aylanma mablag`lar – ishlab chiqarishni tashkil etish va mahsulotni sotish maqsadida zarur aylanma fondlarni va muomila fondini tashkil etish uchun avanslashtirilgan pul mablag`lari yig`indisidir. Biror bir ishlab chiqarish aylanma mablag`larsiz yuz berishi mumkin emas. Ularning turkimini quyidagi chizma orqali ko`rish mumkin. (3-chizma)



3 – chizma. Aylanma mablag`larning tarkibi.


Aylanma mablag`lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha aniqlanadi:


1). Aylanma mablag`larning aylanish koeffitsiyenti:



Bunda: R – ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan va ko`rsatilgan hizmat evaziga olingan pul tushumi, so`m;


M – asosiy podaga o`tkazilgan yosh chorva mollarining qiymati, so`m;
S – asosiy podani sotishdan tushgan pul tushumi, so`m;
O – aylanma mablag`larning o`rtacha yillik qoldig`i, so`m.

2) Aylanma mablag`larning o`rtacha bir aylanish muddati yilning 360 kunini aylanma mablag`larning aylanish koeffitsiyentiga bo`lish orqali hisoblanadi.


3) 1 so`mlik pul tushumiga to`g`ri keladigan aylanma mablag`larning o`rtacha yillik qoldig`i.
4) 1 so`mlik aylanma mablag`larning o`rtacha yillik qoldig`iga to`g`ri keladigan sotilgan mahsulot hajmi.
Aylanma mablag`lar manbasiga ko`ra, o`z mablag`lari va chetdan jalb etilgan mablag`larga bo`linadi.



Yüklə 118,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin