Qishloq xo'jaligi va sanoat sohasidagi o'zgarishlar Reja



Yüklə 242 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü242 Kb.
#186384
  1   2   3
qishloq xo\'jaligi va sanoat sohasidagi o\'zgarishlar (2)



qishloq xo'jaligi va sanoat sohasidagi o'zgarishlar
Reja:
1. Xalq xo’jaligiga umumiy ta'rif.
2. Sanoati va uning yetakchi tarmoqlari.
3. Qishloq xo'jaligidagi islohotlarning yangi bosqichi belgilanishi.


1. Xalq xo’jaligi, uning umumiy ta'rifi.
Tarixiy taraqqiyotning turli osqichlarida O’zbekiston xalq xo’jaligi, uning iqtisodiy rivojlanish darajasi zigzaksimon yo’lni bosib o’tgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, O’zbekiston o’tmishda Yer kurrasidagi aholi xo’jalik faoliyatig`oyat qizІin kechgan eng qadimiy o’lkalardan biri bo’lgan. Mamlakatimizning ўarb bilan Sharq o’rtasidagi iqtisodiy taraqqiyoti uchun qulay bo’lgan jo’Іrofiy o’rni, saxiy tabiati, boy va rang-barang tabiiy resurslari, mehnatkash va dono xalqi umumbashariy taraqqiyotga asrlar osha o’z ulushini qo’shimcha ob'yektiv sharoit yaratgan. Bundan ming yil burun Sharqning buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniy tomonidan Ma'mun akademiyasining ochilishi, hamda o’sha davrda tibbiyot ilmining dahosi bo’lgan Abu Ali ibn Sinoning jahonshumul kashfiyotlari va boshqalar xalqimizning boy madaniy merosidan guvohlik beradi. Binobarin, O’zbekistonda uzoq o’tmishda ilm-fan rivojlangan emas, uning zamirida qudratli davlat va iqtisod bo’lmasligi shubhasiz, mamlakatimiz xalq xo’jaligi XX asrda rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Biroq mamlakat xalq xo’jaligi va uning tarmoqlar taraqqiyoti yo’nalishlarini belgilash o’zgalar qo’lida edi. Negaki, 1860 yillarning o’rtalarida ruslar tomonidan mamlakatimizning birinchi marta va 1917-1920 yillarda esa ikkinchi marta bosib olinishini va yurtimizda o’ziga xos mustamlakachilikning qaror topishi xalq xo’jaligining o’zgalar ehtiyojiga muvofiqlashtirib rivojlantirishga olib keldi.
Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi bir tomonlama rivojlantirildi. Ya'ni qishloq xo’jaligida paxta yetishtirishga, sanoatda esa paxta yalpi hosilini birlamchi qayta ishlash (ya'ni Rossiya to’qimachlik sanoati uchun xomashyo - paxta tolasi ishlab chiqarish)ga asosiy e'tibor qaratildi. Respublika sanoatining qolgan muhim tarmoqlari ham paxta majmuini rivojlantirishga muvofiq ravishda taraqqiy qildirildi. 1913 yilda mamlakatimiz hududida 425 ta sanoat korxonasi mavjud edi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi mustaqillik yillarida yangi bosqichga qadam qo’ydi. Bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichidayoq (1991-1994) iqtisodiy islohotlarga oid qonunlar qabul qilindi, uning huquqiy negizi yaratildi. Islohotlar hayotning barcha jabhalarini qamrab oldi. 1995 yildan boshlab O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ikkinchi bosqichiga qadam qo’ydi. Ushbu bosqich bozor munosabatlariga o’tish tuzilmalarini shakllantirishni yakunlashni, mamlakat xalq xo’jaligini har tomonlama rivojlantirishni, milliy valyutani barqarorlashtirishni va uning ichki konvertasiyasini ta'minlash bilan boІliq davlat mulkini xususiylashtirishni yakunlash hamda iqtisodiyotni xomashyo yetishtirib berishdan tayyor mahsulot chiqarishga yo’naltirishni ko’zda tutilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlarning yuqorida zikr qilingan ikkinchi bosqichida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xalq xo’jaligi uzoq tarmoqlari o’sishini ta'minlash, ishlab chiqarishda aholi keng iste'mol mollariga ko’ra ularning ehtiyojini nazarda tutib o’zgarishlar qilish va boshqa hayotiy masalalar xalq xo’jaligida qator tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, mamlakat xalq xo’jaligining yetakchi sohasi - sanoatda importning o’rnini bosa oladigan tovarlar ishlab chiqarish: neft mahsulotlari,g`alla ishlab chiqarishni ko’paytirish bilan neft mahsulotlari vag`alla mustaqilligini ta'minlash; eksportbop tovarlar ishlab chiqarish miqdorini ko’paytirishga qaratilgan yo’nalishlarga iqtisodiy siyosatda ustuvorlik beradi.
Qishloq xo`jaligi mamlakatimiz iqtisodining asosiy bo`g`inlaridan biridir. Qishloq xo`jaligini bozor talablariga muvofiq rivojlantirish ko`p hollarda qishloq hujaligi subyektlarining o`zaro aloqasiga bog`liq. Chunki xech bir subyekt faqat o`zi xech kim bilan aloqa qilmay «yashay» olmaydi. Qishloq xo`jaligi subyektlarining bu aloqasi avvalo ular o`rtasidagi shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni vujudga kelishi bilan bog`liq. Shartnoma tushunchasi Fkning 353-moddasida nazarda tutilgan bo`lib, unga ko`ra shartnoma bu ikki yoki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o`zgartirish va bekor qilishga qaratilgan kelishuv hisoblanadi. FKning 8-moddasiga ko`ra, shartnomalar taraflar o`rtasida fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asoslaridan biridir. Agar mazkur norma talablaridan kelib chiqadigan bo`lsak, qishloq xo`jaligi shartnomasi bu qishloq xo`jaligi subyektlarining huquq va majburiyatlarni vujudga kelish, o`zgartirish va bekor qilish bilan bog`liq kelishuvidir degan xulosaga kelishimiz mumkin bo`ladi. Shartnoma tushunchasi, mohiyati, tuzish va bekor bo`lish asoslari fuqarolik huquqida batafsil o`rganiladi, shu sabab u xususda aloxida to`xtalmasdan, asosiy e`tiborni qishloq xo`jalik shartnomalariga qaratish maqsadga muvofiq. Zero qishloq xo`jalik shartnomalarining asosiy umumiy qoidalari aynan shu fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadi.
Shartnomalar tuzishning erkinligi, undan taraflarning o`zaro manfaatdorligi ayni kunda qishloq xo`jalik shartnomalariga xos xususiyat hisoblanadi. Zero bu erkinlik fermer xo`jaliklari, dexqon xo`jaliklari umuman qishloq xo`jalik subyektlarining erkin mehnat qilishini, o`z mehnatining natijasini mustaqil realizatsiya qilishini, manfaatdorlik xissini o`yg`onishini ta`minlab bermoqda.
Ayni kunda qishloq xo`jaligi shartnomalarini tuzish va bajarishni ta`minlash maqsadida hamda sohani tezkor va ta`sirchan huquqiy mexanizmini yaratish uchun mamlakatimizda “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida” qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo`nalishlari to`g`risida" 2003 yil 24 martdagi PF-3226-son Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.09.2003 yilgi «Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 383-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari bilan tayyorlov, xizmat ko`rsatish tashkilotlari o`rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro`yxatdan o`tkazish, bajarish, shuningdek, ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to`g`risida»gi Nizom qabul qilindi. Mazkur va bunga o`xshash qonun hujjatlari qishloq xo`jalik shartnomalarini tuzish va bajarish monitoringi yuritishni tartibga soladi. Bular o`z navbatida tuzilgan shartnomalarni tezroq va realroq ishlashiga xizmat qilmoqda.
Bular ichida maxsus «Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari bilan tayyorlov, xizmat ko`rsatish tashkilotlari o`rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro`yxatdan o`tkazish, bajarish, shuningdek, ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to`g`risida»gi Nizom bevosita qishloq xo`jalik shartnomalariga tegishli bo`lib, u qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar, tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlari o`rtasida shartnomalar tuzish va ularni bajarishda paydo bo`ladigan munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek ularni tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limlarida ro`yxatdan o`tkazish hamda ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom qishloq xo`jaligi kooperativlari (shirkat xo`jaliklari), fermer va dehqon xo`jaliklari, boshqa qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari hamda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash, moddiy-texnika resurslari yetkazib berish bilan shug`ullanuvchi, mexanizatsiyalashgan ishlarni bajaruvchi, xo`jaliklarga servis, agrokimyo, agrotexnika xizmatlari va xo`jaliklarga qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan bog`liq boshqa xizmatlar ko`rsatuvchi tayyorlov, xizmat ko`rsatish tashkilotlari o`rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga, moddiy-texnika resurslari yetkazib berish, xizmatlar ko`rsatish ishlarni bajarish bo`yicha shartnomalarga tatbiq etiladi. Umumiy asoslar esa amaldagi fuqarolik kodeksi, maxsus qonunlar(Ijara to`g`risidagi, Lizing to`g`risidagi, Garov to`g`risidagi) orqali tartibga solinadi.

2.Qishloq xo`jalik shartnomalarini tuzish va ro`yxatdan o`tkazish tartibi


Shartnomalarni tuzishda tomonlar O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-bobiga, "Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida"gi qonunga, Vazirlar Mahkamasining 04.09.2003 yil 383-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari bilan tayyorlov, xizmat ko`rsatish tashkilotlari o`rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro`yxatdan o`tkazish, bajarish, shuningdek, ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to`g`risida»gi Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladilar.


Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko`rsatish tashkilotlari o`rtasida shartnomalar tuzish va ularni ro`yxatdan o`tkazish amaldagi qonun hujjatlariga asosan amalga oshiriladi. Kontraktatsiya, lizing, ijara shartnomalari, shuningdek, moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko`rsatish va ishlarni bajarish yuzasidan tuzilgan shartnomalar xo`jaliklarning biznes-rejalarida nazarda tutilgan hajmlardan kelib chiqqan holda, agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish boshlanishidan bir oy oldin, lekin kalendar yil boshlanishidan kechikmay tuziladi.
Shartnomalarni tuzishda tomonlar tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan alohida namunaviy shakllarga amal qilishi mumkin. Bunday namunaviy shakllar vakolatli davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladi. Lekin bu shakllar qonuniy tusga enga bo`lmay, asosan tomonlar Fuqarolik kodeksi va Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risidagi qonun talablaridan kelib chiqib tuzishlari lozim bo`ladi.
Shartnomalarda shartnomaning mavzusi, shartnoma tuzilgan sana va joyi, shartnoma predmeti - mahsulotning nomi, assortimenti, miqdori (hajmi), sifati, narxi (turlari bo`yicha), shartnomaning umumiy summasi, tomonlarning huquq va majburiyatlari, mahsulotlarni yetkazib berish tartibi va shartlari, topshirish-qabul qilib olish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish) punktlari va davrlari (muddatlari), idishga, markirovka qilishga, o`rash-joylashga qo`yiladigan talablar, hisob-kitoblar tartibi, shakli va muddatlari, tomonlarning to`lov, pochta va yuklab jo`natish rekvizitlari, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun tomonlarning mulkiy javobgarligi, fors-major holatlari, nizolarni hal etish tartibi, shartnomaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish tartibi, boshqa tomonlarning kelishuviga kiritiladigan shartlar hamda tomonlarning rekvizitlari ko`rsatiladi. Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlari(paxta, bug`doy, sholi, pilla) xarid qilish yuzasidan tuziladigan kontraktatsiya shartnomalarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan hamda xo`jaliklar ixtiyorida qoladigan mahsulotlarning sorti va miqdori ham ko`rsatiladi.
Shartnomalarga shuningdek aniq turdagi shartnomalar uchun yoki ularga nisbatan tomonlardan birining arizasiga ko`ra yoxud qonunchilikka muvofiq kelishuvga erishilishi kerak bo`lgan shartnomalar uchun nazarda tutilgan boshqa muhim shartlar ham kiritilishi mumkin.
Shartnomaga qishloq xo`jaligi mahsulotlari, moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko`rsatish (ishlarni bajarish) muddatlari, miqdori va assortimentini belgilovchi, ikkala tomonning imzosi bilan tasdiqlangan hamda shartnomaning tarkibiy qismi hisoblanadigan jadval ilova qilinadi.
Qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchisining bevosita joylashgan joyidagi tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlari agrotexnika chora-tadbirlarini amalga oshirishdan bir oy oldin shartnoma tuzish uchun xo`jalikka o`zining vakolatli vakilini yuborishi kerak. Xo`jalik shartnoma loyihasi tayyorlov yoki xizmat ko`rsatish tashkiloti vakilidan olingan vaqtdan boshlab 7 kun mobaynida uni ko`rib chiqishi va e`tirozlar bo`lmagan taqdirda loyihani imzolashi va tayyorlovchiga qaytarishi shart. Xo`jalikda shartnoma loyihasi shartlari bo`yicha e`tirozlar paydo bo`lgan taqdirda xo`jalik yuqorida ko`rsatilgan muddatlarda kelishmovchiliklar to`g`risida protokol tuzadi va uni tayyorlov yoki xizmat ko`rsatish tashkilotiga jo`natadi, bu to`g`rida tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limini xabardor qiladi. Xo`jalikning shartnoma xulosasiga ilgari shartnoma loyihasida nazarda tutilganlardan boshqacha shartlarda roziligi mavjud bo`lgan javobi aksept (akseptlash) hisoblanmaydi. Bunday javobga akseptlashni rad etish va ayni bir vaqtda yangi taklif (oferta) sifatida qaraladi. Oferta va aksept tushunchalari fuqarolik kodeksi va fuqarolik huquqi darsliklarida batafsil bayon etilgan.
Tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkiloti kelishmovchiliklar to`g`risidagi bayonnoma olingan vaqtdan boshlab 7 kun mobaynida uni (zarurat bo`lganda tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limi vakili bilan birgalikda) ko`rib chiqishi va ko`rib chiqish natijalari bo`yicha takliflarni shartnoma loyihasiga kiritishi yoxud hal etilmagan kelishmovchiliklarni xuddi shu muddatlarda ko`rib chiqish uchun tegishli xo`jalik sudiga berishi shart. Kelishmovchiliklar to`g`risidagi bayonnoma qabul qilinmaganda yoki uni ko`rib chiqish natijalari to`g`risida o`z vaqtida xabardor qilinmaganda xo`jalik nizoni sudda ko`rib chiqishga berishga haqlidir. Shartnoma tomonlardan har biri va tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limi uchun bir nusxadan tuziladi va barcha nusxalari bir xil yuridik kuchga ega bo`ladi. Tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlari xo`jaliklar bilan shartnomalarning o`z vaqtida tuzilishi uchun javob beradi.
Qishloq xo`jalik shartnomasi imzolangan vaqtdan boshlab 3 kun mobaynida tayyorlov yoki xizmat ko`rsatish tashkilotlari tomonidan tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limiga ro`yxatdan o`tkazish uchun taqdim etiladi. Ro`yxatdan o`tkazish uchun taqdim etilgan shartnomalarni ko`rib chiqish tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limi tomonidan 3 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. Shartnomalarni ro`yxatdan o`tkazishda qo`shimcha hujjatlar yoki to`lov talab qilinishiga yo`l qo`yilmaydi. Ortiqcha hujjatlar talab qilish qonuniy javobgarlik uchun asos bo`ladi. Ro`yxatdan o`tkazish uchun taqdim etilgan shartnomaning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligi, belgilangan muhim shartlar mavjudligi, xizmat ko`rsatish tashkilotlari tomonidan narx bo`yicha tartibga solinishi kerak bo`lgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining oshirib yuborilishi tekshiriladi.
Shartnoma qo`yiladigan talablarga muvofiq bo`lgan taqdirda tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limi uni belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazadi. Shartnomaning barcha nusxalariga ro`yxatdan o`tkazganlik to`g`risida belgi qo`yiladi, tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limi xodimi tomonidan imzolanadi, imzo muhr bilan tasdiqlanadi hamda bo`lim xodimlari ro`yxatdan o`tkazishning to`g`riligi uchun javob beradi. Shartnoma belgilangan talablarga muvofiq bo`lmagan taqdirda ro`yxatdan o`tkazishni rad etish to`g`risida qaror chiqariladi. Bu qarorda ro`yxatdan o`tkazmaslik sabablari yozma shaklda rasmiylashtirilishi lozim. Shartnomani ro`yxatdan o`tkazish rad etilgan taqdirda tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlari shartnoma puxtalashtirilgandan keyin 3 kun muddatda uni takroran taqdim etishlari shart.
Tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limlarida shartnomalarni ro`yxatdan o`tkazish daftarlari yuritiladi, bu daftarda shartnomaning ro`yxatdan o`tkazish tartib raqami, shartnoma tuzilgan sana, shartnoma ro`yxatdan o`tkazilgan sana, shartnomaning tomonlari, yetkazib beriladigan mahsulotlar va ko`rsatiladigan xizmatlar (bajarilgan ishlar) turlari va miqdori (hajmlari), shartnoma summasi, ro`yxatdan o`tkazilgan shartnomani olgan shaxsning imzosi va sana mavjud bo`lishi kerak. Shartnoma ro`yxatdan o`tkazilgan taqdirda tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlari shartnoma ro`yxatdan o`tkazilgan kundan boshlab ikki kun muddatda xo`jaliklarga ro`yxatdan o`tkazilgan shartnomaning bir nusxasini jo`natishlari shart. Agar shartnomani ro`yxatdan o`tkazish rad etilsa, tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlari bu haqda xo`jalikni rad etish sabablarini ko`rsatgan holda rad etish hujjati olingan kundan boshlab 2 kun muddatda xabardor qilishi shart.
Ro`yxatdan o`tkazilgan shartnomaga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalar shartnoma bilan bo`lgan tartibda rasmiylashtiriladi va ular tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limlarida ro`yxatdan o`tkazilgandan keyin bajarilishi kerak.
Shartnomaning tomonlarda hamda tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limida qoladigan nusxalari tomonlar shartnoma majburiyatlarining hammasini bajargan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida saqlanadi.

3.Qishloq xo`jalik shartnomalari taraflarining huquq va majburiyatlari


Qishloq xo`jalik shartnomalarining taraflari shartnomaviy munosabatga kirishar ekan, o`zlari xohish-oradalarini namoyon etgan holda ma`lum bir huquq va majburiyatni zimmalariga oladilar. Mazkur shartnomalarning muhim shartlaridan biri ham taraflarning huquq va majburiyatlari nimalardan iborat ekanligi xususidagi banddir. Qishloq xo`jalik shartnomalarini tuzuvchi taraflar qonunda va shartnomada nazarda tutilgan huquqlarni o`z zimmalariga olishlari mumkin. Qishloq xo`jalik subyektlari turlicha bo`lib, ular shartnomada taraf sifatida ishtirok etganda turlicha nom bilan ataladi. Masalan, oldi-sotdi shartnomalarida sotuvchi yoki sotib oluvchi, maxsulot yetkazib berish shartnomasida mahsulot yetkazib beruvchi va sotib oluvchi, ijara shartnomasida ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi, lizing shartnomasida lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi(ishlab chiqaruvchi) va boshqalar. Ularning huquq va majburiyatlari qonun va shartnomada belgilanadi. Lekin umum ma`noda qishloq xo`jalik subyektlari shartnomaviy munosabatdagi huquq va majburiyatlarini yoritishda shartli ravishda xo`jalik, tayyorlovchi tashkilot va xizmat ko`rsatuvchi tashkilot nuqtai nazardan ularning alohida huquq va majburiyatlarini yoritishni maqsadga muvofiq deb topdik. Zero ular asosan shartnomaviy munosabatga kirishuvchi subyektlardir hamda shartnomalar ham mazkur shaxslar doirasida asosan tuziladi.


Xo`jalik.
Qishloq xo`jalik shartnomasi bo`yicha xo`jaliklar shartnomada nazarda tutilgan hollarda tayyorlov tashkilotidan urug` va ekish materiallari bilan ta`minlashni talab qilish, mahsulotni topshirishda, uning sifatini aniqlashda qatnashish va tayyorlov tashkilotidan mahsulot uchun tegishli to`lovni talab qilish, tayyorlov tashkilotidan mahsulot yetishtirish uchun shartnomada belgilangan muddatlarda va miqdorda avans to`lanishini talab qilish (qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish bundan mustasno), tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotidan amaldagi davlat standartlari va shartnomani bajarish uchun zarur bo`lgan boshqa normativ hujjatlar bilan ta`minlashni talab qilish, tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotidan mahsulot xo`jalik hisobidan tashilganda transport xarajatlarini qoplanishini talab qilish, xizmat ko`rsatish tashkilotidan shartnomaga muvofiq beriladigan buyurtmanomaga binoan tegishli sifatdagi, assortimentdagi mahsulotlar yetkazib berishni va xizmatlar ko`rsatishni (ishlarni bajarishni) talab qilish, tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotidan shartnoma shartlarini bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish hamda qonun hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`ladilar.
Taraflar zimmalariga olgan majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar bo`ladilar. Aynan bu javobgarliklarni talab qilish ham xo`jalikning huquqlaridan biri hisoblanadi. Tovar (ishlar, xizmatlar) unga yomon sifat bilan sotilgan xo`jalik o`z xohishiga ko`ra:
-zarur sifatdagi ana shunday tovar (ishlar, xizmatlar)ga almashtirishni;
-tovar (ishlar, xizmatlar)ning nuqsonlarini bepul bartaraf etishni yoki nuqsonlarni tuzatish uchun sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan qilingan xarajatlari to`lanishini;
-narxlarning mutanosib ravishda kamaytirilishini talab qilishga haqlidir. Aynan bu kabi huquqlar ikkinchi tarafga majburiyat bo`lib o`tadi.
Xo`jalik mahsulotning muayyan turlarini tayyorlovchi tashkilotga shartnomada belgilangan miqdorlarda va assortimentda hamda muddatlarda tegishli sifat bilan yetkazib berish, sharotnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarni to`g`ri rasmiylashtirish va mahsulotni topshirishda qo`yiladigan boshqa talablarga (idishga joylash, qadoqlash, qoramollarni tamg`alash va boshqalarga) rioya etish, mahsulotni tayyorlov tashkilotiga topshirish uchun o`z vaqtida tayyorlash, yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va ko`rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun to`lovni (hisob-kitoblarni) xizmat ko`rsatish tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq o`z vaqtida amalga oshirish majburiyatiga ega. Xo`jalik qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham o`z zimmasiga oladi.
Tayyorlov tashkiloti.
Tayyorlov tashkilotining huquqlariga shartnomada belgilangan muddatlarda mahsulotlarning muayyan turlarini belgilangan miqdorlarda va assortimentda, tegishli sifat bilan o`z vaqtida topshirishni talab qilish, qishloq xo`jaligi mahsulotlari avaans summasida nazarda tutilgan hajmlarda topshirilmagan taqdirda tuzilgan shartnomaga muvofiq ilgari berilgan avans mablag`lari qoplanishini xo`jaliklardan talab qilish, (qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish bundan mustasno) hamda qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlari ham kiradi.
Tayyorlov tashkilotining majburiyatlariga esa qonun hujjatlariga muvofiq xo`jaliklar bilan tomonlar kelishgan hajmlarda o`z vaqtida shartnomalar tuzish, xo`jaliklarga shartnomada belgilangan davrlarda, qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish muddatlariga muvofiq mahsulotlar qiymatining kamida 50 foizi miqdorida (chorvachilik mahsulotlari bo`yicha - shartnomalarda ko`rsatilgan hajmlar qiymatining 25 foizi miqdorida) avans mablag`lari to`lash (qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish bundan mustasno), xarid qilinadigan mahsulotning vazni va sifatini to`g`ri aniqlash, xo`jaliklar tomonidan yetkazib beriladigan mahsulotlarini shartnomada nazarda tutilgan miqdorlarda va muddatlarda xarid qilish, ularning uzluksiz qabul qilib olinishini ta`minlash, xo`jaliklar ixtiyorida qoladigan mahsulotlarni shartnomada nazarda tutilgan hollarda davlat standartlari va texnik shartlar talablariga muvofiq saqlash hamda ularning holati to`g`risida xo`jaliklarga muntazam ravishda xabar qilib turish, xo`jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan mahsulotlar sifatining yomonlashishi oqibatida xo`jaliklarga yetkazilgan zararni qoplash, agar shartnomada o`zgacha hol nazarda tutilmagan bo`lsa, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini o`z vaqtida qabul qilishni va tashishni ta`minlash, xarid qilinayotgan mahsulot sifatini amaldagi standartlar talablariga muvofiq aniqlash, shartnomada belgilangan narxlarga muvofiq va muddatlarda mahsulot uchun hisob-kitob qilish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash, tayyorlash, tashish va qayta ishlashda ular nobud bo`lishining oldini olish, mahsulotlarni amaldagi standartlarga muvofiq qayta ishlash, sotishga tayyorlash va ularni sotishga taalluqli hujjatlarni rasmiylashtirish, xo`jaliklarni idishlar, o`rash materiallari va normativ-texnik hujjatlar (standartlar, texnik shartlar, mahsulotlarning ayrim turlarini xarid qilish, qabul qilib olish, sifatini baholash tartibini tartibga soluvchi qoidalar) bilan shartnomalarga muvofiq ta`minlash, shartnomalarda nazarda tutilgan hollarda xo`jaliklarni urug`lik va ekish materiallari bilan ta`minlash, qishloq xo`jaligi mahsulotlari tayyorlov tashkiloti joylashgan joyda yoki ular ko`rsatgan boshqa joyda qabul qilib olingan taqdirda xo`jaliklar tomonidan kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq yetkazib berilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini belgilangan muddatlarda qabul qilib olish va boshqalar kiradi.
Tayyorlov tashkiloti qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham o`z zimmasiga olishi mumkin.
Xizmat ko`rsatish tashkilotlari.
Xizmat ko`rsatish tashkilotlarining huquqlariga amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda shartnomaga muvofiq yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari va ko`rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan haq to`lashni va yakuniy hisob-kitob qilishni talab qilish, taqdim etilgan buyurtmanomaga muvofiq yetkazib berilgan moddiy- texnika resurslarini va ko`rsatiladigan xizmatlarni asossiz ravishda rad etish natijasida yetkazilgan zararni qoplashni xo`jaliklardan talab qilish hamda qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlar kiradi. Uning majburiyatlariga xo`jaliklar bilan qonun hujjatlariga muvofiq o`z vaqtida shartnomalar tuzish va shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ta`minlash, xo`jaliklarning buyurtmanomalariga binoan shartnomaga muvofiq muddatlarda, miqdorda va sifatda moddiy-texnika resurslari yetkazib berish hamda xizmatlar ko`rsatish (ishlarni bajarish), yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari, ko`rsatiladigan xizmatlar sifatining shartnomada belgilangan talablarga, shuningdek amaldagi standartlar va normativlarga muvofiqligini ta`minlash, shartnomani bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik natijasida xo`jalikka yetkazilgan zararni qoplash hamda qonun hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham kiradi.
4. Shartnoma majburiyatlarini bajarish tartibi,
bajarmaganlik uchun javobgarlik va bajarilishi monitoringini olib borish
Shartnoma majburiyatlarni bajarish deb, majburiyat olgan taraf tomonidan huquqni talab qiluvchi kreditor talabiga muvofiq muayyan bir harakatning qilinishi yoki harakatdan saqlanish tushuniladi. Fuqarolik huquqida majburiyat subyektlari muayyan huquqlarga ega bo`lgan va zimmasiga majburiyat olgan shaxslar bo`lib, har bir majburiyatda albatta, ikki taraf ishtirok etadi. Muayyan bir harakatning qilinishini yoki muayyan harakatni qilishdan saqlanishni talab etishga haqli bo`lgan taraf-kreditor, muayyan harakatni qilishga yoki harakat qilishdan saqlanishga majbur bo`lgan taraf esa qarzdor deb ataladi. Demak, qarzdorning majburiyatni bajarishi-kreditorga ashyoni topshirish, ma`lum ishni bajarish, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplash, asossiz olingan mulkni qaytarish kabilardan iborat. Qishloq xo`jalik subyektlari tomonidan olingan majburiyatlarning o`z vaqtida bajarilishi xalq xo`jaligida muhim ahamiyatga ega bo`lib, ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko`rsatishni rivojlantirish, mulkiy munosabatlarni mustahkamlash, jamiyatning tobora o`sib borayotgan moddiy va madaniy talablarini qondirishda katta rol o`ynaydi.
Majburiyatlar FKning 236-moddasida aytilganidek, majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo`lmagan taqdirda esa-ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo`yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak. Bu norma qishloq xo`jalik shartnomalariga ham daxldor bo`lib, taraflar o`z olgan majburiyatlarini yuqoridagi normaga asoslanib amalga oshiradilar. Bunda taraflarning har biri o`z majburiyatlarini ancha tejamli bajarish, ikkinchi tomonga uning o`z majburiyatlarini bajarishda har tomonlama yordam ko`rsatishi lozim. aynan tejamlilik va o`zaro yordam bilan tomonlar o`z zimmalariga olgan barcha majburiyatlar bajarilishini ta`minlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
Shartnomani bajarishdan bir tomonlama voz kechishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama o`zgartirishga, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada belgilanmagan bo`lsa yo`l qo`yilmaydi.
Shartnoma majburiyatlarini bajarishda xarid qilinayotgan qishloq xo`jaligi mahsuloti (bajarilayotgan ish va ko`rsatilayotgan xizmat) ning sifati va miqdorini baholash, uning uchun haq o`z vaqtida va to`g`ri to`lanishi bo`yicha tomonlar o`rtasida nizoli masalalar va kelishmovchiliklar paydo bo`lgan taqdirda, bunday masalalar va kelishmovchiliklar tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limi tomonidan sudgacha bo`lgan tartibda yoki xo`jalik sudi tomonidan hal etiladi.
Har qanday shartnomalarda o`ziga xos majburiyatlarni bajarish usullari va shartlari mavjud. Bu avvalo shartnoma va qonun talablaridan kelib chiqadi.
Agar huquq va majburiyatlarni belgilash va uni amalga oshirish yuzasidan taraflar o`rtasida nizo kelib chiqadigan bo`lsa, u holda birinchi o`rinda nizo har ikki tarafning kelishuvi asosida bartaraf etishga harakat qilinadi. Agar nizo hal qilinmasa u holda xo`jalik sudiga murojaat qilinadi.
Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda tomonlar, qoidaga ko`ra, ularni sudgacha hal etish yuzasidan mustaqil yoxud tuman tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limlari ishtirokida chora-tadbirlar ko`radilar. Tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limlari nizoni ko`rib chiqishda ishtirok etish paytida vakolatli davlat organlarining ma`lumotlari va axboroti asosida mahsulotning sifati pasaytirilishi yoki buzilishi hollari bo`yicha xulosa, shuningdek tabiiy ofatlar va boshqa noqulay shart-sharoitlar oqibatida yoxud tayyorlovchining aybi bilan shartnomalar bo`yicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun xo`jaliklarni javobgarlikdan ozod qilish uchun xulosa berishlari mumkin. Tomonlar kelishmovchiliklar va nizolarni hal etish uchun bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
Mahsulotni tashish va tushirish bo`yicha barcha xarajatlar tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlari zimmasida bo`ladi. Mahsulot xo`jalik transportida yetkazib berilsa, tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlari xo`jalikka mahsulotni tashish xarajatlarini haqiqiy vazni (idishni ham qo`shib) bo`yicha qoplaydi. Mahsulotni tashish xarajatlari butun masofa uchun qoplanadi. Kontraktatsiya shartnomalari bo`yicha xarajatlar mahsulot xo`jalikdan jo`natilgan joydan boshlab (saralash punkti, brigada, bo`lim, chorvachilik fermasi, yaylov, markaziy ombor, xo`jalikning markaziy qo`rg`oni va hokazolar) shartnomada nazarda tutilgan qabul qilish punktigacha qoplanadi. Moddiy-texnika resurslari yetkazib berish shartnomalari bo`yicha xarajatlar mahsulotni qabul qilish punktidan shartnomada nazarda tutilgan yetkazib berish joyigacha qoplanadi.
Xo`jaliklarning transportda tashish va tushirish xarajatlari qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan normalar va tariflar bo`yicha yoxud tomonlarning kelishuviga ko`ra belgilanadi. Tayyorlov tashkilotining qo`shimcha talablariga rioya qilgan holda mahsulot jo`natish bilan bog`liq shartnomada belgilanmagan xarajatlar tegishli ravishda tayyorlovchi hisobiga to`lanadi. Tayyorlov tashkiloti tomonidan standart talablariga muvofiq bo`lmagan, shuningdek konditsiyaga muvofiq bo`lmagan mahsulot qabul qilingan taqdirda qo`shimcha ravishda sortlarga ajratish tayyorlovchi tomonidan bajariladi, ishlarni bajarish bo`yicha xarajatlar esa qo`shimcha bitim bo`yicha qoplanadi. Xo`jaliklar bilan tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlari o`rtasidagi oldindan haq to`lash va yakuniy hisob-kitoblar shartnomada va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shaklda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Shartnoma yuzasidan qarzdor bo`lgan shaxs uni butunlay bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, majburiyatni bajarish yuzasidan belgilangan huquq normalariga rioya qilmasligi huquqqa xilof harakat yoki harakatsizligi hisoblanib, bu hol shartnoma majburiyatini buzish deb ko`riladi. Shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajadabajarmaslik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik qo`llaniladi. Bu javobgarlik mulkiy xarakterda bo`ladi. Shartnoma bo`yicha tomonlarning javobgarligi O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 324-339-moddalari talablariga muvofiq belgilanadi. Bundan tashqari javobgarlik holatlari taraflar imzolagan shartnoma shartlaridan ham kelib chiqadi. Shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik javobgar shaxsdan zararni to`lash yoki neustoyka to`lash majburiyatini keltirib chiqaradi.
Fkning 14-moddasiga ko`ra agar qonun yoki shartnomada zararni kamroq miqdorda to`lash nazarda tutilmagan bo`lsa, huquqi buzilgan shaxs o`ziga yetkazilgan zararning to`la qoplanishini talab qilishi mumkin. Zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo`lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo`qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs o`z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo`lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi. Agar huquqni buzgan shaxs buning natijasida daromad olgan bo`lsa, huquqi buzilgan shaxs boshqa zarar bilan bir qatorda boy berilgan foyda bunday daromaddan kam bo`lmagan miqdorda to`lanishini talab qilishga haqli.
Neustoyka esa majburiyat bajarilmaganda javobgar har bir kechikkan kun uchun to`lashi lozim bo`lgan foizli(penya) yoki qat`i belgilangan (jarima) pul summasidir.
Taraflar shartnoma shartlarini bajarmaganda agar bu shartni yetarlicha o`z shartnomalarida ko`rsatmagan bo`lsalar, Xo`jalik yurituvchi subyektlarning shartnomaviy-huquqiy bazalari to`g`risidagi qonundan kelib chiqib javobgarlik belgilanadi.
Masalan qishloq xo`jalik maxsulotlarini yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to`liq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko`rsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to`laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko`rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizdan oshib ketmasligi lozim. Penyani to`lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to`liq yetkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni ko`rsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
Neustoyka (jarima, penya) to`laganligidan qat`i nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan taraf ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida o`zi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi. Ko`rilgan zararga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi munosabati bilan taraf qilgan xarajatlar, mol-mulk yo`qolish yoki shikastlanishi, shuningdek agar ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganida taraf olishi mumkin bo`lgan lekin ololmayqolgan daromadlar kiradi.
Muddatini o`tkazib yuborish yoki shartnoma majburiyatlarini o`zgacha tarzda lozim darajada bajarmaslik hollari uchun belgilangan neustoykani (jarimani, penyani) to`lash hamda shartnoma majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararning o`rnini qoplash, taraflarni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi.
Shartnoma majburiyatlari xo`jalik yurituvchi subyekt mansabdor shaxsning aybi bilan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan, uning tomonidan xo`jalik yurituvchi subyektning pul mablag`lari va boshqa mol-mulki maqsadga nomuvofiq foydalanilganligi aniqlangan, to`lov intizomi buzilgan, xo`jalik yurituvchi subyekt bankrotlikka duchor qilingan yoki shartnoma munosabatlari sohasida boshqa qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda, xo`jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsi Fuqarolik kodeksining 45 va 48 - moddalariga muvofiq fuqarolik - huquqiy javobgarlikka, O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 175, 1761, 1762, 212 va 214-moddalariga muvofiq ma`muriy javobgarlikka, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 181, 186, 205, 207 va 209-moddalariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Xo`jalikni standartlar talablari va texnik shartlarga javob beradigan, mahsulotning tegishli turlarini xarid qilishni tartibga soluvchi yo`riqnomalar va qoidalarda yoki kontraktatsiya shartnomasida belgilangan miqdorda va muddatlarda idish va o`rash materiallari bilan ta`minlanmaganligi uchun tayyorlov tashkiloti xo`jalikka yetkazib berilmagan idish, o`rash materallarining yetkazib berish vaqtida amalda bo`lgan qiymatining 2 baravari miqdorida jarima to`laydi. Tayyorlovchining xo`jalikni idish bilan ta`minlamaganligi mahsulot sifatining pasayishiga yoki tez buziluvchi mahsulotning buzilishiga olib kelgan bo`lsa, tayyorlov tashkiloti xo`jalikka ko`rilgan zararning jarima bilan qoplanmagan qismini ham to`laydi. Bunda xo`jalik sifatsiz qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetkazib berilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. Agar yuklab jo`natilgan mahsulot (bajarilgan ishlar yoki ko`rsatilgan xizmatlar)ning sifati, assortimenti, sorti standart talablariga, texnik shartlarga, namunalarga (etalonlarga) yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob bermagan taqdirda, aybdor tomon sifati zarur darajada bo`lmagan mahsulot (bajarilgan ishlar, ko`rsatilgan xizmatlar) qiymatining 20 foizi miqdorida jarima to`laydi.
Tomonlarning kelishuviga ko`ra shartnomada shartnoma majburiyatlari bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi uchun javobgarlikning amaldagi qonun hujjatlariga zid bo`lmagan boshqa choralari ham nazarda tutilishi mumkin.
Zilzila, qurg`oqchilik, suv toshqini, yong`in va boshqa tabiiy ofatlar natijasida oldindan ko`rish va bartaraf etish mumkin bo`lmagan holatlar (fors-major holatlar) munosabati bilan ularning irodasi va xohishiga bog`liq bo`lmagan sabablar bo`yicha o`z zimmalariga olgan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun bir tomon boshqa tomon oldida javob bermaydi.
Tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlari xo`jaliklar bilan tuzilgan shartnomalar bajarilishi monitoringini o`tkazadi. Ushbu maqsadlarda tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlarida har bir xo`jalik bo`yicha Shartnomalarni ro`yxatdan o`tkazish va ularning bajarilishini monitoring qilish daftari yuritiladi.
Tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlari hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay har oyda xo`jaliklar joylashgan joydagi tegishli tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limlarini belgilangan shakl bo`yicha paxta, boshoqli ekinlar doni va sholi bo`yicha xo`jaliklar bilan tuzilgan shartnomalar bajarilishining borishi to`g`risida xabardor qiladi. Xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay har oyda xo`jaliklar joylashgan joydagi tegishli tuman qishloq va suv xo`jaligi belgilangan shakl bo`yicha paxta, boshoqli ekinlar doni va sholi yetishtirish uchun xo`jaliklar bilan moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko`rsatish (ishlarni bajarish) bo`yicha tuzilgan shartnomalar bajarilishining borishi to`g`risida xabardor qiladi.
Tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limlari xo`jaliklar tomonidan taqdim etilgan axborotni 5 kun muddatda (15-kunda) viloyat qishloq va suv xo`jaligi boshqarmalariga yuboradi. Viloyat qishloq va suv xo`jaligi boshqarmalari viloyat bo`yicha shartnomalar bajarilishining borishini 5 kun muddatda (20-kunda) umumlashtiradilar hamda tumanlar, tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlari bo`yicha yig`ma axborot tayyorlaydilar. Yig`ma axborot O`zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga hamda hududiy adliya organlariga yuboriladi.
Adliya organlari hamda qishloq va suv xo`jaligi organlari tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlari tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan o`z vakolatlari doirasida nazorat qiladilar va monitoring olib boradilar.

5. Qishloq xo`jalik shartnomalarining alohida turlari va ularning hususiyatlari.


Qishloq xo`jaligida turlicha shartnomalar tuziladi. Bu shartnomalarning aksariyati fuqarolik huquqida o`rganiladigan oldi-sotdi, kontraktatsiya, tovarlarni yetkazib berish to`g`risidagi davlat kontrakti, ko`chmas mulklarni sotish, xadya, qurilish pudrati, ijara, lizing, haq evaziga xizmat ko`rsatish kredit, mol-mulkni ishonchli boshqarish, oddiy shirkat va boshqa shartnomalardan iborat. Bu fuqarolik-huquqiy shartnomalarni qishloq xo`jalik korxonalari o`z manfaatlarini ko`zlab tuzadilar. Masalan o`z mahsulotlarini sotish jarayonida oldi-sotdi, maxsulot yetkazib berish, tovarlarni yetkazib berish to`g`risidagi davlat kontrakti tuzsalar, o`z bino va inshoatlari oldi-sotdisini ko`chmas mulklarni sotish qoidalariga tayanib rasmiylashtiradilar. Fermerlar, dexqon va shirkat xo`jaliklari turli binolarni, inshoatlarni qurilish pudrati shartnomasi talablariga ko`ra tuzsa, o`zini moddiy-texnika bilan ta`minlashda, yangi texnika vositalari olganda qulay bo`lgan lizing shartnomasini tuzishni ma`qul ko`radilar. Bu yuqorida ko`rsatilgan shartnomalar fuqarolik huquqida o`tilganligi bois asosiy e`tiborni quyidagi ayrim shartnomalarga qaratishni lozim deb topdik.


Kontraktatsiya shartnomalari.
Kontraktatsiya shartnomalari Fkning 465-467-moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentabrdagi 383-son qaroriga asosan tasdiqlangan Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko`rsatish tashkilotlari o`rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro`yxatdan o`tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish artibi to`g`risida Nizom asosida tartibga solinadi. Fkning 465-moddasiga ko`ra kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtiruvchi qishloq xo`jaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga - tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini shartlashilgan muddatda belgilangan bahoda to`lash (to`lab turish) majburiyatini oladi.
Mazkur shartnomani tartibga solishda yuqoridagi Nizom asosiy o`rinlardan birini egallaydi va u qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar, tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlari o`rtasida shartnomalar tuzish va ularni bajarishda paydo bo`ladigan munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek ularni tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limlarida ro`yxatdan o`tkazish hamda ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibini belgilaydi.
Kontraktatsiya shartnomalari, shuningdek moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko`rsatish (ishlarni bajarish) yuzasidan tuzilgan shartnomalar xo`jaliklarning biznes-rejalarida nazarda tutilgan hajmlardan kelib chiqqan holda, agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish boshlanishidan bir oy oldin, lekin kalendar yil boshlanishidan kechikmay tuziladi. Shartnomalarni tuzishda tomonlar tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan alohida namunaviy shakllarga amal qilishi mumkin.
Shartnomalarda shartnomaning mavzusi, mahsulotning nomi, assortimenti, miqdori (hajmi), sifati, narxi (turlari bo`yicha), shartnomaning umumiy summasi, tomonlarning huquqlari va o`zaro majburiyatlari, mahsulotlarni yetkazib berish tartibi va shartlari, topshirish-qabul qilib olish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish) punktlari va davrlari (muddatlari), idishga, markirovka qilishga, o`rash-joylashga qo`yiladigan talablar, hisob-kitoblar tartibi, shakli va muddatlari, tomonlarning to`lov, pochta va yuklab jo`natish rekvizitlari, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun tomonlarning mulkiy javobgarligi, nizolarni, fors-major holatlarni hal etish tartibi, tomonlarning rekvizitlari, shartnoma tuzilgan sana va joy ko`rsatiladi
Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlari xarid qilish yuzasidan tuziladigan kontraktatsiya shartnomalarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan hamda xo`jaliklar ixtiyorida qoladigan mahsulotlarning sorti va miqdori ham ko`rsatiladi. Shartnomalarga shuningdek aniq turdagi shartnomalar uchun yoki ularga nisbatan tomonlardan birining arizasiga ko`ra yoxud qonunchilikka muvofiq kelishuvga erishilishi kerak bo`lgan shartnomalar uchun nazarda tutilgan boshqa muhim shartlar ham kiritilishi mumkin.
Shartnoma tomonlardan har biri va tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limi uchun bir nusxadan tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari bir xil yuridik kuchga ega bo`ladi. Tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlari xo`jaliklar bilan shartnomalarning o`z vaqtida tuzilishi uchun javob beradi.
Tuzilgan shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab 3 kun mobaynida tayyorlov yoki xizmat ko`rsatish tashkilotlari tomonidan tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limiga ro`yxatdan o`tkazish uchun taqdim etiladi. Ro`yxatdan o`tkazish uchun taqdim etilgan shartnomalarni ko`rib chiqish tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limi tomonidan 3 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. Shartnomalarni ro`yxatdan o`tkazishda qo`shimcha hujjatlar yoki to`lov talab qilinishiga yo`l qo`yilmaydi. Shartnoma bo`yicha xo`jalik shartnomada nazarda tutilgan hollarda tayyorlov tashkilotidan urug` va ekish materiallari bilan ta`minlashni talab qilish, mahsulotni topshirishda, uning sifatini aniqlashda qatnashish va tayyorlov tashkilotidan mahsulot uchun tegishli to`lovni talab qilish, tayyorlov tashkilotidan mahsulot yetishtirish uchun shartnomada belgilangan muddatlarda va miqdorda avans to`lanishini talab qilish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish bundan mustasno, tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotidan amaldagi davlat standartlari va shartnomani bajarish uchun zarur bo`lgan boshqa normativ hujjatlar bilan ta`minlashni talab qilish, tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotidan mahsulot xo`jalik hisobidan tashilganda transport xarajatlarini qoplanishini talab qilish, xizmat ko`rsatish tashkilotidan shartnomaga muvofiq beriladigan buyurtmanomaga binoan tegishli sifatdagi, assortimentdagi mahsulotlar yetkazib berishni va xizmatlar ko`rsatishni (ishlarni bajarishni) talab qilish, tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotidan shartnoma shartlarini bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish huquqiga ega. Mahsulotning muayyan turlarini tayyorlovchi tashkilotga shartnomada belgilangan miqdorlarda va assortimentda hamda muddatlarda tegishli sifat bilan yetkazib berish, ilova qilinayotgan hujjatlarni to`g`ri rasmiylashtirish va mahsulotni topshirishda qo`yiladigan boshqa talablarga (idishga joylash, qadoqlash, qoramollarni tamg`alash va boshqalarga) rioya etish, mahsulotni tayyorlov tashkilotiga topshirish uchun o`z vaqtida tayyorlash, yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va ko`rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun to`lovni (hisob-kitoblarni) xizmat ko`rsatish tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq o`z vaqtida amalga oshirish xo`jalikning majburiyatlari hisoblanadi.
Tayyorlov tashkilotining huquqlari:
-tasdiqlangan jadvalga muvofiq shartnomada belgilangan muddatlarda mahsulotlarning muayyan turlarini belgilangan miqdorlarda va assortimentda, tegishli sifat bilan o`z vaqtida topshirishni talab qilish;
-qishloq xo`jaligi mahsulotlari avaans summasida nazarda tutilgan hajmlarda topshirilmagan taqdirda tuzilgan shartnomaga muvofiq ilgari berilgan avans mablag`lari qoplanishini xo`jaliklardan talab qilish huquqiga ega bo`ladi.
Tayyorlov tashkilotining majburiyatlari:
-qonun hujjatlariga muvofiq xo`jaliklar bilan tomonlar kelishgan hajmlarda o`z vaqtida shartnomalar tuzish;
-xo`jaliklarga shartnomada belgilangan davrlarda, qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish muddatlariga muvofiq mahsulotlar qiymatining kamida 50 foizi miqdorida (chorvachilik mahsulotlari bo`yicha - shartnomalarda ko`rsatilgan hajmlar qiymatining 25 foizi miqdorida) avans mablag`lari to`lash;
-xarid qilinadigan mahsulotning vazni va sifatini to`g`ri aniqlash;
-xo`jaliklar tomonidan yetkazib beriladigan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini shartnomada nazarda tutilgan miqdorlarda va muddatlarda xarid qilish, ularning uzluksiz qabul qilib olinishini ta`minlash;
-xo`jaliklar ixtiyorida qoladigan mahsulotlarni shartnomada nazarda tutilgan hollarda davlat standartlari va texnik shartlar talablariga muvofiq saqlash hamda ularning holati to`g`risida xo`jaliklarga muntazam ravishda xabar qilib turish;
-xo`jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan mahsulotlar sifatining yomonlashishi oqibatida xo`jaliklarga yetkazilgan zararni qoplash;
-agar shartnomada o`zgacha hol nazarda tutilmagan bo`lsa, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini kelishilgan jadvalga muvofiq qabul qilib olishni va tashishni ta`minlash;
-xarid qilinayotgan mahsulot sifatini amaldagi standartlar talablariga muvofiq aniqlash, shartnomada belgilangan narxlarga muvofiq va muddatlarda mahsulot uchun hisob-kitob qilish;
-qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash, tayyorlash, tashish va qayta ishlashda ular nobud bo`lishining oldini olish;
-mahsulotlarni amaldagi standartlarga muvofiq qayta ishlash, sotishga tayyorlash va ularni sotishga taalluqli hujjatlarni rasmiylashtirish;
-xo`jaliklarni idishlar, o`rash materiallari va normativ-texnik hujjatlar (standartlar, texnik shartlar, mahsulotlarning ayrim turlarini xarid qilish, qabul qilib olish, sifatini baholash tartibini tartibga soluvchi qoidalar) bilan shartnomalarga muvofiq ta`minlash;
-shartnomalarda nazarda tutilgan hollarda xo`jaliklarni urug`lik va ekish materiallari bilan ta`minlash;
-qishloq xo`jaligi mahsulotlari tayyorlov tashkiloti joylashgan joyda yoki ular ko`rsatgan boshqa joyda qabul qilib olingan taqdirda xo`jaliklar tomonidan kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq yetkazib berilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini belgilangan muddatlarda qabul qilib olish.
Xizmat ko`rsatish tashkilotlarining huquqlari:
amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda shartnomaga muvofiq yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari va ko`rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan haq to`lashni va yakuniy hisob-kitob qilishni talab qilish;
taqdim etilgan buyurtmanomaga muvofiq yetkazib berilgan moddiy- texnika resurslarini va ko`rsatiladigan xizmatlarni asossiz ravishda rad etish natijasida yetkazilgan zararni qoplashni xo`jaliklardan talab qilish.
Mahsulotni tashish va tushirish bo`yicha barcha xarajatlar tayyorlov va xizmat ko`rsatish tashkilotlari zimmasida bo`ladi.
Shartnomalar shartnoma shartlari va talablariga hamda qonun hujjatlariga rioya qilingan holda zarur darajada bajarilishi kerak. Agar tomonlar o`z zimmalariga olgan barcha majburiyatlar bajarilishini ta`minlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
Shartnomada mahsulotni yetkazib berishning davrlari belgilanishi bilan birgalikda tovarlarni yetkazib berish jadvallari ham (o`n kunlik, sutkalik va boshqalar) nazarda tutilishi mumkin. Agar shartnomada bunday jadval nazarda tutilmagan taqdirda, xo`jalik tayyorlov tashkilotini mahsulotni shartnomada nazarda tutilgan assortimentda realizatsiya qilish uchun shartnomada belgilangan muddatlarda mo`ljallanayotgan hajmlar va topshirish muddatlari to`g`risida xabardor qilishi kerak. Agar shartnomada bunday muddat ko`rsatilmasa, mahsulot topshirilgunga qadar 30 kunlik muddatda (mavsumiy mahsulotlar bo`yicha - 15 kundan kechikmay) topshirishi va mahsulotni kalendar (sutka bo`yicha) topshirish jadvalini tayyorlov tashkiloti bilan kelishishi kerak.
Tayyorlov tashkiloti bilan kelishgan holda xo`jalik mahsulotni keyingi topshirish davri hisobiga o`tkazgan holda muddatidan oldin topshirishi mumkin. Agar tomonlardan biri yuklash yoki tushirish bo`yicha boshqa tomonning majburiyatlarini bajarsa, o`z majburiyatlarini bajarmagan tomon belgilangan tariflar asosida, bunday tariflar mavjud bo`lmagan taqdirda esa - o`zaro kelishuvga ko`ra bajarilgan ishlar qiymatini unga to`laydi.
Shartnoma majburiyatlarini bajarishda xarid qilinayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotining sifati va miqdorini baholash, uning uchun haq o`z vaqtida va to`g`ri to`lanishi bo`yicha tomonlar o`rtasida nizoli masalalar va kelishmovchiliklar paydo bo`lgan taqdirda, bunday masalalar va kelishmovchiliklar tuman qishloq va suv xo`jaligi bo`limi tomonidan sudgacha bo`lgan tartibda yoki xo`jalik sudi tomonidan hal etiladi.
Fyuchers bitimlar.
Birja va birja faoliyati to`g`rismidagi qonunning 23-moddasida birjalar tomonidan tuziladigan shartnomalar ko`rsatilgan. Birjada birja tovarlari oldi-sotdi bitimlari, shu jumladan:
real tovarni o`zgaga topshirish yoki yetkazib berish yoxud tovarga mulk huquqini beruvchi hujjatlarni o`zgaga topshirish bilan boјliq bitimlar;
forvard bitimlar real tovarni yetkazib berish muddati kechiktirilgan holdagi oldi-sotdi bitimlari;
fyuchers bitimlari tovarlarga doir standart kontraktlarning oldi-sotdi bitimlari (ularni kelgusida ijro etish majburiyatini olgan holda);
opsion bitimlar tovarlarni yoki tovarlar yetkazib berish kontraktlarini belgilangan narx bo`yicha kelgusida sotib olish yoki sotish huquqlariga doir oldi-sotdi bitimlari tuzilishi mumkin.
Qishloq xo`jaligidada fyuchers shartnomalar tuzish huquqi barcha qishloq xo`jaligi subyektlariga berilgan. Bunday bitimlar birjalarda tuzilishi mumkin. Sotuvchi fyuchers bitimi tuzish uchun mavjud tovarni sotishga taklif qilayotganda birjaga quyidagilarni taqdim etadi:
tovar egasining birinchi shaxs (yoki uning vazifalarini bajarayotgan shaxs) va bosh buxgalter imzo chekkan, muhr bilan tasdiqlangan, ushbu tovar haqiqatan ham sotuvchining mulki ekanligini, shuningdek, uning mavjudligini tasdiqlaydigan hujjati (omborxona ma`lumotnomasi);
sifat sertifikati;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tegishli vakolatli vazirliklar va idoralarning xulosasi;
sotuvchi tomonidan mazkur tovar ishlab chiqarilishi xususida kafolat xati taqdim etiladi, u vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Birjada kontraktlarni tuzish paytida xaridor - O`zbekiston Respublikasi norezidenti O`zbekiston Respublikasi valyutasining kelib chiqishi qonuniyligini tasdiqlaydigan (mablaјlar manbaiga boјliq holda) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) vakolatli bankning xorijiy valyutaning ichki bozorda sotilishi to`јrisidagi ma`lumotnomasini;
b) tovarni ichki bozorda sotish uchun olib kelinishi to`јrisidagi kontrakt va olib kelingan tovarga bojxona yuk deklaratsiyasini;
v) soliq organining tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko`rsatishdan olingan daromadlar bo`yicha budjetdan qarzi yo`qligi to`јrisidagi ma`lumotnomasini;
g) O`zbekiston Respublikasi valyutasi kelib chiqishining qonuniyligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlarni.
Fyuchers bitimi tuzilganda xaridor sotuvchiga kontrakt rasmiylashtirilganidan keyin 10 kun davomida bo`nakni o`tkazadi. Fyuchers bitimi bo`yicha bo`nak miqdori taraflar tomonidan shartnoma bo`yicha belgilanadi va kontrakt qiymatining kamida 15 foizini tashkil etishi kerak. Fyuchers kontraktlari bo`yicha hisob-kitoblar tovar-xom ashyo birjalarining hisob-kitob-kliring palatalari orqali amalga oshiriladi.
Bitimlar tuzilganidan keyin birja yoki uning filiali kontraktlarni birja yoki uning filiali muhri bilan tasdiqlaydi va ularni brokerlarga yoki yarmarka savdolari ishtirokchilariga topshiradi. Norezidentlar tuzadigan, O`zbekiston Respublikasi milliy valyutasi - so`mda to`lanadigan eksport kontraktlari summasi so`mlar kelib chiqishining qonuniyligini tasdiqlaydigan hujjatlarda ko`rsatiladigan summadan oshmasligi kerak.
Birjada tuzilgan barcha eksport kontraktlari kontrakt tuzilgan kundagi O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo`yicha AQSH dollaridagi ekvivalentini ko`rsatgan holda birjada tegishlicha ro`yxatdan o`tkazilishi kerak va chopar orqali O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasiga yoki uning hududiy boshqarmalariga yuboriladi. Bojxona organlari mas`ul xodimlarni belgilaydi, mazkur xodimlar kelishilgan grafik bo`yicha chopardan tasdiqlangan kontraktlarni reyestrga qarab qabul qiladilar, imzolaydilar, ularni muhr bilan tasdiqlaydilar va choparga qaytaradilar. Bojxona organi reyestr bo`yicha kontraktni kelib tushgan paytidan boshlab ikki ish kuni davomida rasmiylashtiradi.
Birja O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan kontraktlarni olgan paytidan boshlab ikki ish kuni mobaynida ularni brokerlarga yoki yarmarka savdolari ishtirokchilariga topshiradi. Mazkur kontraktlar bojxona yuk deklaratsiyalarini to`ldirish uchun asos hisoblanadi.
Tovarni O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan rasmiylashtirilgan eksport kontraktlari bo`yicha olib chiqish paytida yuklab jo`natish joyi bo`yicha bojxona bo`linmalariga, yuqorida ko`rsatilgan hujjatlar nusxalaridan tashqari, quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi.
kontrakt;
tovarga haq to`langanini tasdiqlaydigan to`lov hujjati nusxasi;
muvofiqlik sertifikati;
tovarning kelib chiqish sertifikati;
bojxona yuk deklaratsiyasi.
Bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlardagi ma`lumotlar to`јriligi uchun yukni jo`natuvchi javobgar bo`ladi. Tovarlarni olib chiqishga kontraktlarni rasmiylashtiradigan organlar xaridor va sotuvchidan bitimni rasmiylashtirishga taalluqli bo`lmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga haqli emas.
Yerlarni ijaraga berish shartnomasi.
Yer Kodeksining 24-moddasiga ko`ra yer uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va foydalanishdan iboratdir.
Yer uchastkasini shartnoma asosida O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga va yuridik shaxslariga-tuman va shahar hokimlari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, halqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga-O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijaraga beradilar. Qishloq xo`jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ichki xo`jalik ijarasi tartibida faqat qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi uchun ijarachilarga biriktirib qo`yishi mumkin.
Ijaraga berilgan yer uchastkasi yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berish taqiqlanadi. Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo`lishi mumkin emas. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olish uchun garovga qo`yilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo`lgan o`zining ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo`yishga haqlidir. Yer uchastkalari ijarasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi va shartnomada mustahkamlab qo`yiladi. Qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan yerlar ijaraga ellik yilgacha bo`lgan, biroq o`ttiz yildan kam bo`lmagan muddatga berilishi mumkin. Ijarachi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega. Yer uchastkalarini ijaraga olganlik uchun haq to`lash tartibi va uning miqdori ijara shartnomasida qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo`nalishlari to`g`risida" 2003 yil 24 martdagi PF-3226-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda qishloqda ijara munosabatlarini keng rivojlantirish va haqiqiy mulkdorlarni shakllantirish asosida qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.11.2003 yil 486-sonli “Qishloq xo`jaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi qarori” qabul qilindi. U asosida Yer uchastkalariga bo`lgan huquqni hamda qishloq xo`jalik koperativlari (shirkat xo`jaliklari) bilan fermer xo`jaliklari o`rtasida tuzilgan ijara shartnomalarini qayta rasmiylashtirish tartibi to`g`risida Nizom qabul qilindi. Unga ko`ra yer uchastkalari shirkat xo`jaliklariga ellik yilgacha, biroq kamida o`ttiz yil muddatga uzoq muddatli ijaraga beriladi. Ijara muddati qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Shirkat xo`jaliklarini yer uchastkalariga bo`lgan huquqini ijara shakliga o`tkazish bo`yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari tegishli farmoyishlar chiqaradilar.
Yer uchastkasining xaritasi va namunaviy shaklga muvofiq ijara shartnomasi tuziladi. Yer resurslari bo`yicha tuman xizmati hokimning qarori bo`yicha fermer xo`jaligi bilan tuman hokimi o`rtasida tuziladigan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini tayyorlaydi, u tuman hokimi va fermer xo`jaligi boshlig`i tomonidan imzolanadi. Hokim bilan fermer xo`jaligi o`rtasida yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi ikki nusxada tuziladi, bittasi fermer xo`jaligiga beriladi, ikkinchisi esa yer resurslari bo`yicha tuman xizmatida saqlanadi va yer resurslari bo`yicha tuman xizmatida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkaziladi.
Yer uchastkalari fermer xo`jaliklariga ijaraga zaxira yerlardan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo`jaligi yerlaridan, qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan qishloq xo`jaligi kooperativlari (shirkat xo`jaliklari) hamda boshqa qishloq xo`jaligi korxonalari va tashkilotlari yerlaridan, qishloq xo`jaligi kooperativlari (shirkat xo`jaliklari) va boshqa qishloq xo`jaligi korxonalari va tashkilotlari yerlaridan beriladi. Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, oliy o`quv yurtlariga, akademik litseylarga, kasb-hunar kollejlariga va umumta`lim maktablariga o`quv, tajriba, nav sinash maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xo`jaliklariga berilmaydi.
Fermer xo`jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o`lchami har bir shartli bosh chorva moliga hisoblanganda:
Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashayotgan fermer xo`jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o`lchami paxtachilik, g`allachilik, bog`dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtirish holatidan kelib chiqib xukumat tomonidan belgilanadi.
Yer uchastkasi fermer xo`jaligiga imkoni boricha yagona mavze bo`yicha, konturlar yaxlitligi saqlab qolingan holda beriladi, uchastka chegaralari sug`orish tarmoqlari, kollektorlar, yo`llar va boshqa topografik elementlar bo`yicha belgilanadi. Fermer xo`jaligiga berilayotgan yer uchastkasi boshqa yerdan foydalanuvchilarning yerlardan foydalanishi uchun noqulayliklar vujudga keltirmasligi kerak. Fermer xo`jaliklari tomonidan yer uchastkalari ijaraga olinishida mazkur qishloq xo`jaligi kooperativi, korxona va tashkilot hududida yashovchi shaxslar boshqa teng sharoitlarda ustuvor huquqdan foydalanadilar.
Fermer xo`jaliklariga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan qat`iy maqsadga muvofiq holda foydalaniladi, ular xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo`lishi, shuningdek subijaraga berilishi mumkin emas. Fermer xo`jaligiga ijaraga berilgan qishloq xo`jaligi yerlari, ekinlaridan qishloq xo`jaligi ekinlari shartnomasida nazarda tutilmagan belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanilishi amaldagi qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda nazarda tutilgan barcha kelib chiqadigan oqibatlari bilan birgalikda ijara shartnomasining qo`pol ravishda buzilishi hisoblanadi.
Fermer xo`jaligiga berilgan yer uchastkasi fermer xo`jaligi qayta tashkil etilganda bo`linishi mumkin.
Tuman hokimi yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo`jaligi maqsadidagi yerlardan va (yoki) zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari ajratish to`g`risida, shuningdek ushbu yerlarni fermer xo`jaliklariga berish bo`yicha tanlov o`tkazish to`g`risida qaror qabul qiladi. Hokimning tanlov o`tkazish to`g`risidagi qarori mahalliy ommaviy axborot vositalarida e`lon qilinishi, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, qishloq xo`jaligi korxonalari va tashkilotlari boshqaruvi (ma`muriyati) binolarida osib qo`yilishi kerak. E`londa yer uchastkasining o`lchami, joylashgan joyi, sifati va boshqa tavsiflari, tashkil etilayotgan fermer xo`jaligining mo`ljallanayotgan ixtisoslashuvi, tanlovning o`tkazilish vaqti va joyi ko`rsatilishi lozim. Tanlov uni o`tkazish to`g`risidagi qarorlar qabul qilingan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida o`tkazilishi kerak.
Yer uchastkalari berish to`g`risidagi ariza tashkil etilayotgan xo`jalikning biznes-rejasi yoki faoliyat dasturi ilova qilingan holda tanlov e`lon qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida tuman hokimiga beriladi. Arizada ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, uning turar joyi, so`ralayotgan yer uchastkasi joylashgan joy, uning maydoni, qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi)ning nomi, mo`ljallanayotgan ixtisoslashuv, chorvachilik yo`nalishidagi fermer xo`jaligi tashkil etishda - boqilishi mo`ljallanayotgan mollarning turlari bo`yicha bosh soni, yer uchastkasini ijaraga olish muddati ko`rsatiladi. Yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini ko`rib chiqish bo`yicha komissiya fermer xo`jaligiga yer uchastkalari berish bo`yicha tanlov o`tkazadi.
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo`jaligi kooperativlari (shirkat xo`jaliklari)ning hamda boshqa qishloq xo`jaligi korxonalari va tashkilotlarining yer uchastkalari maxsus tuzilgan komissiya tomonidan o`tkazilgan tanlov yakunlari asosida tuman hokimining qarori bilan beriladi. Fermer xo`jaligiga qayta tashkil etilayotgan qishloq xo`jaligi kooperativlari (shirkat xo`jaliklari) hamda boshqa qishloq xo`jaligi korxonalari va tashkilotlari yerlaridan yer uchastkalari berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Qishloq xo`jaligi kooperativlari (shirkat xo`jaliklari) va boshqa qishloq xo`jaligi korxonalari va tashkilotlari yerlari fermer xo`jaliklariga uzoq muddatli ijaraga:
-qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi) yoki boshqa qishloq xo`jaligi korxonalari va tashkilotlarining vakolatli organlari tomonidan tanlov o`tkazilishi yo`li bilan;
-qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi) yoki boshqa qishloq xo`jaligi korxonalari, tashkilotlari va muassasalari fermer xo`jaliklariga berish uchun yer uchastkasini aniqlashi yo`li bilan berilishi mumkin.
Tuman hokimi tomonidan fermer xo`jaligiga ijaraga yer uchastkasi berish to`g`risida qaror qabul qilingandan keyin tuman yer resurslari va davlat kadastri bo`limi tomonidan besh kun muddatda namunaviy shaklga muvofiq yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi tayyorlanadi. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida yerlarning turlari bo`yicha yer uchastkasi maydoni, sug`oriladigan yerlarning sifati aks ettiriladi, yerlarni ijaraga berish muddatlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari belgilanadi, shartnomani bekor qilish shartlari va yer uchastkasidan foydalanish masalalari bo`yicha nizolarni hal etish yo`llari ko`rsatiladi.
Yer uchastkasini uzoq muddatli ijraga berish shartnomasi tuman yer resurslari va davlat kadastri bo`limida ro`yxatdan o`tkaziladi va fermer xo`jaligining yer uchastkasini ijaraga olganlik huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Shartnoma tuzilgandan keyin besh kun muddatda yer resurslari bo`yicha tuman xizmati vakili chegaradosh yer egalari va yerdan foydalanuvchilar vakillari ishtirokida fermer xo`jaligi boshlig`iga ijaraga beriladigan yer uchastkasi chegaralarini ko`rsatadi. Agar chegara suvsiz yerlar bo`ylab o`tsa, u holda chegara shudgorlanadi, burilish burchaklariga esa chegara belgilari qo`yiladi.
Qishloq xo`jaligi subyektlarining moddiy-texnika ta`minoti bo`yicha shartnomalari
Qishloq xo`jalik subyektlarini moddiy-texnika (texnika, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, extiyot qismlar hamda tuzatish materiallari, zooveterenariya punktlari jihozlari) bilan ta`minlash faoliyatni tashkil etishning muxim elimenti hisoblanadi. Chunki u siz xo`jalik o`z normal faoliyatini amalga oshira olmaydi. Aslini olganda qishloq xo`jalik tadbirkorlik subyektlarini moddiy-texnika bilan ta`minlash tovar-bozor mazmuniga ega bo`lgan mulkiy munosabat bo`lib, u fuqarolik huquqiy shartnoma asosida amalga oshiriladi. qishloq xo`jaligini moddiy texnika bilan ta`minlash shartnomalarining taraflari sifatida har qanday tadbirkorlik subyekti ishtirok etishlari mumkin. Bu kabi shartnomalarning aksariyati oldi-sotdi, maxsulot yetkazib berish, ijara, tekinga foydalanish kabi shartnomalar asosida rasmiylashtiriladi.

Yüklə 242 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin