Qishloq xo’jaligi va sanoat sohasidagi o’zgarishlar



Yüklə 327,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.01.2023
ölçüsü327,35 Kb.
#79800
  1   2   3
Qishloq-x



 
 
 
 
 
Qishloq xo’jaligi va sanoat sohasidagi o’zgarishlar.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1. Xalq xo’jaligi, uning umumiy ta'rifi. 
Tarixiy taraqqiyotning turli osqichlarida O’zbekiston xalq xo’jaligi, uning iqtisodiy 
rivojlanish darajasi zigzaksimon yo’lni bosib o’tgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha
O’zbekiston o’tmishda Yer kurrasidagi aholi xo’jalik faoliyatig`oyat qizІin kechgan eng 


qadimiy o’lkalardan biri bo’lgan. Mamlakatimizning ўarb bilan Sharq o’rtasidagi iqtisodiy 
taraqqiyoti uchun qulay bo’lgan jo’Іrofiy o’rni, saxiy tabiati, boy va rang-barang tabiiy 
resurslari, mehnatkash va dono xalqi umumbashariy taraqqiyotga asrlar osha o’z ulushini 
qo’shimcha ob'yektiv sharoit yaratgan. Bundan ming yil burun Sharqning buyuk allomasi 
Abu Rayhon Beruniy tomonidan Ma'mun akademiyasining ochilishi, hamda o’sha davrda 
tibbiyot ilmining dahosi bo’lgan Abu Ali ibn Sinoning jahonshumul kashfiyotlari va
boshqalar xalqimizning boy madaniy merosidan guvohlik beradi. Binobarin, O’zbekistonda 
uzoq o’tmishda ilm-fan rivojlangan emas, uning zamirida qudratli davlat va iqtisod 
bo’lmasligi shubhasiz, mamlakatimiz xalq xo’jaligi XX asrda rivojlanishning yangi 
bosqichiga qadam qo’ydi. Biroq mamlakat xalq xo’jaligi va uning tarmoqlar taraqqiyoti 
yo’nalishlarini belgilash o’zgalar qo’lida edi. Negaki, 1860 yillarning o’rtalarida ruslar 
tomonidan mamlakatimizning birinchi marta va 1917-1920 yillarda esa ikkinchi marta 
bosib olinishini va yurtimizda o’ziga xos mustamlakachilikning qaror topishi xalq 
xo’jaligining o’zgalar ehtiyojiga muvofiqlashtirib rivojlantirishga olib keldi. 
Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi bir tomonlama 
rivojlantirildi. Ya'ni qishloq xo’jaligida paxta yetishtirishga, sanoatda esa paxta yalpi 
hosilini birlamchi qayta ishlash (ya'ni Rossiya to’qimachlik sanoati uchun xomashyo - 
paxta tolasi ishlab chiqarish)ga asosiy e'tibor qaratildi. Respublika sanoatining qolgan 
muhim tarmoqlari ham paxta majmuini rivojlantirishga muvofiq ravishda taraqqiy 
qildirildi. 1913 yilda mamlakatimiz hududida 425 ta sanoat korxonasi mavjud edi. 
Mamlakatimiz xalq xo’jaligi mustaqillik yillarida yangi bosqichga qadam qo’ydi. Bozor 
iqtisodiyotining birinchi bosqichidayoq (1991-1994) iqtisodiy islohotlarga oid qonunlar 
qabul qilindi, uning huquqiy negizi yaratildi. Islohotlar hayotning barcha jabhalarini 
qamrab oldi. 1995 yildan boshlab O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ikkinchi 
bosqichiga qadam qo’ydi. Ushbu bosqich bozor munosabatlariga o’tish tuzilmalarini 
shakllantirishni yakunlashni, mamlakat xalq xo’jaligini har tomonlama rivojlantirishni, 
milliy valyutani barqarorlashtirishni va uning ichki konvertasiyasini ta'minlash bilan boІliq 
davlat mulkini xususiylashtirishni yakunlash hamda iqtisodiyotni xomashyo yetishtirib 
berishdan tayyor mahsulot chiqarishga yo’naltirishni ko’zda tutilgan. Shuningdek, iqtisodiy 
islohotlarning yuqorida zikr qilingan ikkinchi bosqichida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va 
xalq xo’jaligi uzoq tarmoqlari o’sishini ta'minlash, ishlab chiqarishda aholi keng iste'mol 


mollariga ko’ra ularning ehtiyojini nazarda tutib o’zgarishlar qilish va boshqa hayotiy 
masalalar xalq xo’jaligida qator tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, mamlakat xalq 
xo’jaligining yetakchi sohasi - sanoatda importning o’rnini bosa oladigan tovarlar ishlab 
chiqarish: neft mahsulotlari,g`alla ishlab chiqarishni ko’paytirish bilan neft mahsulotlari 
vag`alla mustaqilligini ta'minlash; eksportbop tovarlar ishlab chiqarish miqdorini 
ko’paytirishga qaratilgan yo’nalishlarga iqtisodiy siyosatda ustuvorlik beradi. 

Yüklə 327,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin