Qishloq xo‘jaligida infratuzilma va uni takomillashtirish yo‘llari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Qishloq xo'jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil etilishi



Yüklə 82,46 Kb.
səhifə3/7
tarix21.12.2023
ölçüsü82,46 Kb.
#187858
1   2   3   4   5   6   7
QXICH mustaqil ish

Qishloq xo'jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil etilishi.

Qishloq xo'jaligi infratuzilmasi - tamoqdagi korxonalarning samarali faoliyatini ta'minlash, qishloq xo'jaligining pirovard mahsulotini ko'paytirish va sifatini yaxshilashga yo'naltirilgan sohalar majmuidir. Qishloq xo'jalik korxonalarining faoliyatida infratuzilma sohalari. Jumladan elektr energiyasi ta'minoti, transportxizmati, aloqa xizmati, mahsulotni saqlash joylari, ta'mirlashva texnik xizmat, moddiy-texnika ta'minoti tashkilotlari, muhandislik, zooveterinariya, agrokimyo xizmati, mahsulotlarni iste'molchiga yetkazib berishni ta'minlaydigan tashkilotlar va boshqa shu kabilarning rivojlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.


Ishlab chiqarish, jarayoniga ta’sir darajasiga ko'ra qishloq xo'jaligi infratuzilmasi ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalaridan tashkil topadi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi. Qishloq xo'jaligining ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibiga bevosita qishloq xojaligi ishlab chiqarish jarayoniga xízmat qiluvchi sohalar kiradi: ishlab chiqarishga yo'naltirilgan transport, yo'l xo'jaligi tamirlash ustaxonalari, ombor xo'jaliklari,kommunikatsiya tizimi vatelegraf, aloqa, elektroenergiya uzatish liniyalari, texnikxizmat stansiyalari, ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalari, o'simliklar muhofazasi,veterinariya xizmati vaboshqa shu kabi xizmatlar ko'rsatuvchilar kiradi.
Qishloq xoʻjaligiga xizmat ko'rsatuvchi ishlab chiqarish infratuzilmasi sohalarining ayrimlari davlat tasarrufida qolgan bo'lib, bular qatoriga elektr uzatish, yo'l xo'jaligi, aloqa va boshqa shu kabi tarmoqlar kiradi.
Qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatida ishlab chiqarish infratuzilmasining bir turi bo'lgan aloqa xizmatining o'rni va ahamiyati juda muhimdir. Chunki, qishloq xo'jalik korxonalarida operativ hisobni yuritishda aloйa xizmati muhim
ahamiyat kasb etadi. Bunda xo'jalikning ichki tizimida bo'layotgan barcha jarayonlardan operativ hisob orqali xabardar bo'lib turish hamda yuzaga kelgan muammolarni o'z vaqtida hal etish imkoni yaratiladi. Bundan tashqari, yetishtirilgan mahsulotlarni sotishda bozor konyunkturasini o'rganish va baholarning o'zgarib turishidan xabardor bo'lish jarayonida ham aloqa xizmatizarur bo'ladi. Aloqa tizimining eng zamonaviy uskunalaridan foydalanish qishloq xo'jalik korxonasida ishlab chiqarish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish va xarajatlarni tejashga ko'maklashadi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining asosiy sohalaridan biri yo'l xo'jaligidir. Ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim sohalaridan yana biri elektrta'minoti tizimidir. Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi kabi qishloq xo'jaligida ham elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik va undan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo'jaligjda elektr energiyasi asosan yoritish, isitish, suv ko'tarib beruvchi nasos stansiyalarni elektrlashtrlashtirish, statsionar va ko‘chma sug'orish agregatlarini elektrlashtirish, inkubatorlarda, issiqxonalarda hamda chorvachilik fermalarida mikro iqlim hosil qilish va boshqalar uchun ishlatiladi.
Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish nfratuzilmasining yirik tarmoqlaridanyana biri transport xo'jaligi hisoblanadi. Qishloq xo'jaligida transport xizmati yordamida korxonalar bir-biri bilan bog'lanib, ishlab chigarish jarayoni uzluksiz davom etishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Transport vositalaridan foydalanish mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi, vaqtni qisqartiradi, mehnat unumdorligini oshiradi va pirovard natijada mahsulot tannarxini pasaytiradi.
Meva va sabzavotlarni saqlashda maxsus omborlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Omborlarda faol ventilyatsiya tizimi mavjud bo'lganda mahsulot yaxshi saqlanadi. Hozirgi paytda meva va sabzavotlarning gaz muhitini boshqarib saqlash Niderlandiya, AQSh,Germaniya, Xitoy va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari, asrlar davomida ajdodlarim izning qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash bo'yicha tajribalaridan ham unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 82,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin