Qishloq xo‘jaligida infratuzilma va uni takomillashtirish yo‘llari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Qishloq xo'jaligi ijtimoiy infratuzilmasi



Yüklə 82,46 Kb.
səhifə4/7
tarix21.12.2023
ölçüsü82,46 Kb.
#187858
1   2   3   4   5   6   7
QXICH mustaqil ish

Qishloq xo'jaligi ijtimoiy infratuzilmasi. Qishloq xo'jaligi korxonalariningsamarali faoliyati ishchi-xodimlarga zarur shartsharoitlar yaratishni talab etadi. Ijtimoiy infratuzilma sohalari bu vazifani bajarishga yo'naltirilgan bo'ladi.
Maqsadli yo'nalishi, shakllanish manbai, hududiy joylashuvi va ishlabchiqarishjarayonida qatnashishiga ko'ra ijtimoiy infratuzilma sohalarini ikkiguruhga aratish mumkin: korxonada faoliyat yurituvchi bo'limlar va sohalarhamda aholiga xizmat ko'rsatuvchi tashkilot va muassasalar.
Birinchi guruhga korxonalar hisobidan barpo etilgan, xo’jalik bo’limlaridajoylashgan hamda mehnat sharoitlari, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarishishchilarning hordiq olishi hamda boshqa shart-sharoitlariniyaxshilashga qaratilganobyektlar tegishlidir. Bu guruh tarkibiga korxonadagiumumiy ovqatlanish punktlari (bufetlar, oshxonalar, tamaddixonalar), sog’liqnisaqlash va hordiq obyektlari (profilaktoriylar, dam olishxonalari, yuvinish xonalari va boshgalar), yong’in xavfsizligi punktlari kiradi.
Ikkinchi guruhga esa qishloq xo’jaligi korxonalarining aholi punktlarida joylash gan, aholining talablarini qondirish uchun mo’ljallangan va asosan davlat resurslari, agosanoat uyushmalari, agrofirmalar mablag’lari hisobidan va xususiy tadbirkorlar tomonidan tashkil etiladigan ijtimoiy infratuzilma obyektlari kiradi. Ular jumlasiga kommunal xo’jaligi korxonalari, sog’liqni saqlash, sport, ta’lim va maktabgacha tarbiya muassasalari, madaniyat uylari va klublar, savdo korxonalari hamda maishiy xizmat korxonalari taalluqlidir. Maishiy xizmat turlariga quyidagilar kiradi: poyabzal ta’mirlash, kiyim-kechak tikish, to’qish va ta’mirlash, teleradio, video, audio apparatlari va ro’zg’or jihozlarini ta’mirlash, metall buyumlarini tayyorlash va tamirlash, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish, mebel yasash va ta’mirlash, kiyimlarni kimyoviy tozalash va bo’yash, uy-joylarni tamirlash va qurish, suratxona, hammom, sartarosh va kosmetolog xizmati, buyumlarni ijaraga berish xizmati va boshga shu kabilar. Ijtimoiy infratuzilmaning ushbu sohalari mehnat sohasi va ijtimoiy ahvolidan qat’iy nazar qishloq joylaridagi aholining hammasiga xizmat ko‘rsatishga yo’naltirilgan bo’ladi va mehnat resurslarini qayta tiklashga xizmat ko‘rsatadi.
Ijtimoiy infratuzilma obyektlarining tashkil etilishi va maqsadga muvofiqishlab turishi ular joylashgan qishloq xo'jaligi korxonasining iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bog'liq bo'ladi. Xo'jaliklar ijtimoiy infratuzilma bo'limlarini shakllantirishga zarur moddiy-pul va mehnat resurslarini ajratadilar. Qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishgahukumatimiz tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda xizmat ko'rsatish tarmoqlari asosan shahar va tuman markazlarida ko 'proq joylashganbo'lsa, endi uni shahar atrofidagi aholi punktlari, qishloqlarda tashkil etish zaruratiortmoqda. Xizmat ko'rsatish sohalarining rivojlanganlik darajasi mamlakatning taraqqiy etganligi jamiyatning rivojlanganligi ya aholining tummush farovonligini ko'rsatuvchi muhim mezondir.

Yüklə 82,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin