Yechim: Daromdlilik indeksini topamiz.
ДТ *100%.
Jdar КТ Birinchi kashfiyot bo`yicha:
Jдар *100% 118,04% .-
Ikkinchi kashfiyot bo`yicha:
Jдар *100% 130,23%.
Uchinchi kashfiyot bo`yicha:
Jдар *100% 143,38%.
Shunday qilib, innovatsiyalardan foydalanishning samarasi hisobga olinadigan natija va xarajatlarga bog`liq bo`ladi. U natijalar va xarajatlar nisbati orqali belgilanadi.
Innovatsiyaviy faoliyat natijalari muayyan buyumlashgan shaklga ega bo`lishi yoki buyumlashmagan shaklda (misol uchun, nouxau) bo`lishi mumkin.
Yangilik (innovatsiya) yaratuvchilari ularga mualliflik yoki unga bog`liq huquqlarni oladi. Oqibatda, intellektual mulk kabi yuridik tushuncha paydo bo`ladi. Ushbu tushuncha, 1967 yilda Intellektual mulk butunjahon tashkilotiga asos solgan Konvensiyada ko`zda tutilgan.
O`zbekistonda intellektual mulkning qonuniy himoya qilinishi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan. Shuningdek, intellektual mulk obyektlari huquqlarini saqlash sohasida qator qonunlar ham mavjud.
Intellektual mulk obyektlari korxona va tashkilotlar tomonidan qo`llanilishi, ularga daromad olib kelishi mumkin. Ular nomoddiy aktivlar tarkibiga kiritiladi.
Kashfiyotlarni himoyalovchi hujjatlar sifatida patentlar, mualliflik guvohnomalarini keltirish mumkin.