Qishloq xo`jaligida innovatsion faoliyatga kiritilgan investitsiyalar samaradorligi
Qishloq xo`jaligida innovatsion texnologiyalar faoliyat samaradorligini baholash
Qishloq xo`jaligida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo`llari
O`quv maqsadi: Qishloq xo`jaligida innovatsion faoliyatga kiritilgan investitsiyalar samaradorligi va uni baholash hamda foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo`llarini o`rganishdan iborat. Tayanch iboralar: Samara, samaradorlik, innavatsion texnologiyalar dolzarbligi, kiritilgan investitsiya, texnologik yangilik, meloratsiya, jamg`arma, xorijiy investor, ekspert, maslahatchi, integral samara, diskotlash uslubi, rentabellik me’yori, inteluktual mulk, islohot.
Qishloq xo`jaligida innovatsion faoliyatga kiritilgan investitsiyalar samaradorligi
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo`yicha keng ko`lamli islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda ichki imkoniyatlardan foydalanishga xarakat qilinmoqda. Xususan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo`yicha amalga oshirilayotgan yirik va strategik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat budjetining ham ahamiyati yuqori bo`lmoqda.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to`g`ridan- to`g`ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish va ulardan samarali foydalanish ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o`rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlanishini ta’minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasining 2010 yilga investitsion dasturi haqida”gi PQ-1213 sonli Qarori imzolandi. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan dastur asosidagi kapital qo`yilmalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlarning ahamiyati yuqori bo`lmoqda (1-jadval). 1-jadval