Qishloq xo`jaligida innovatsion faoliyatga kiritilgan investitsiyalar samaradorligi



Yüklə 137,59 Kb.
səhifə6/10
tarix27.12.2023
ölçüsü137,59 Kb.
#198912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Moliyalashtirish manbalari

Ulushi, %

Yillik to`lovlar, %

Uzoq muddatli kreditlar

40,0

12,0

Aksiyalar

40,0

15,0

Budjet mablag`lari

20,0

-

Jami

100,0


Min Yer-dan iborat avans kapitalining qiymati (12 * 40 + 15 * 40) = 10,8% yoki 0,011ga teng bo`ladi.
Qoplanish davri To investitsiyalar samaradorligini baholashning eng keng tarqalgan ko`rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Amaliyotda foydalaniladigan «kapital qo`yilmalarni qoplanish muddati» ko`rsatkichidan farqli ravishda, u ham daromadga emas, balki investitsiyaviy mablag`lar va pul oqimlarini diskontlashga asoslanadi. Mamlakatimizdagi mavjud ichki resurslarimiz ko`lamini kengaytirish borasida Tiklanish va taraqqiyot fondining rolini kuchaytirish g`oyat muhim o`rin tutadi. Hozirgi vaqtda 6 milliard AQSH dollaridan ortiq mablag`ga ega bo`lgan ushbu Fond strategik muhim investitsiya loyihalarini xorijiy investorlar bilan birgalikda moliyalashtirishda yetakchi sheriklardan biri sifatida faoliyat olib bormoqda.
Bozor sharoitidagi investitsiyalash katta tavakkalchilik bilan bog`liq va qo`yilmalarni qoplanish muddati qanchalik uzoq bo`lsa tavakkalchilik ham shunchalik yuqori bo`ladi. Bu vaqt davomida bozor konyukturasi ham, narxlar ham ancha o`zgarishi mumkin. Bunday yondashuv ayniqsa ilmiy-texnik taraqqiyot sur’atlari yuqori bo`lgan tarmoq va mahsulotlar uchun dolzarb hisoblanadi, chunki ularda yangi texnologiya yoki mahsulotning paydo bo`lishi oldingi investitsiyalarni puchga chiqarib tashlashi mumkin.
Va nihoyat, «qoplanish davri» ko`rsatkichi tanlanishining yana bir sababi sifatida, innovatsiyaviy tadbir amalga oshishiga bo`lgan ishonchsizlikni va investor uzoq muddatga qo`yilma amalga oshirish istagida bo`lmasligini keltirish mumkin.

Yüklə 137,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin