Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi. Reja


Qishloq xo‘jaligida xarajatlarning turkumlanishi



Yüklə 8,57 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü8,57 Kb.
#190867
1   2   3
JALOL

Qishloq xo‘jaligida xarajatlarning turkumlanishi
Qishloq xo‘jaligida xarajatlarning turkumlanishi. Qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan xarajatlar ma’lum xusuiyatlariga ko‘ra turkumlanadi. Jumladan, tarmoqda qilinadigan xarajatlar amalga oshirilishi tartibiga ko‘ra o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarga bo‘linadi
Qishloq xo‘jaligida qilinadigan doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar.
Doimiy xarajatlar ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshiriladi. Mahsulot hajmi ko‘payishi yoki kamayishi bilan doimiy xarajatlar miqdori o‘zgarmaydi. Masalan, ijaraga olingan asosiy vositalarga to‘lanadigan ijara haqi, asosiy vositalarning amortizatsiya summasi va boshqalar doimiy xarajatlar tarkibiga kiradi. O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liqdir. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorining ko‘payishi o‘zgaruvchan xarajatlar ko‘proq sarflanishini taqozo etadi. Ularga urug‘liklar, mineral va mahalliy o‘g‘itlar, yoqilg‘i, ozuqa, mehnatga to‘lanadigan ish haqi, elektroenergiya xarajatlari va boshqa xarajatlar kiradi.
Qishloq xo‘jaligida qilinadigan xarajatlarning o‘zgarishi tarmoqda yangi texnikalarni, samarali texnologiyalarni joriy etish, sermahsul chorva hayvonlarini yaratish, shakllantirish hamda ilg‘or tajribalarni amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq. Sarflanayotgan xarajatlarni tahlil etish jarayonida ularning qanchasi mahsulot yetishitirishga oid texnologik jarayonlar bo‘yicha sarflanganligiga ham alohida e’tibor beriladi. Bundan maqsad - fan-texnika, texnologiya yangiliklarini ishlab chiqarishning u yoki bu jarayoniga tatbiq etish natijasida xarajatlarni tejash imkoniyatini aniqlashdir. Shuning uchun ham xarajatlarni mahsulot yetishtirish texnologik jarayonlari bo‘yicha ham turkumlashtirish mumkin
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqlar, korxonalar miqyosida umumiy qiymat ko‘rsatkichlari bilan birgalikda o‘rtacha xarajatlar, ya’ni tannarx ko‘rsatkichi ham mavjud. Tannarx bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Uning yordamida qishloq xo‘jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar, bajarilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning bir birligi xo‘jalik uchun necha so‘mga tushganligi aniqlanadi. Uning darajasi baho bilan taqqoslanishi natijasida olinadigan foyda yoki ko‘riladigan zararlar aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich xo‘jaliklar uchun juda muhimdir. Tannarx deganda bir birlik mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarish uchun sarflangan xarajatlar nazarda tutiladi. Uning mutlaq darajasini aniqlash uchun barcha xarajatlarning umumiy summasi shu xarajatlar yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga taqsimlanadi.

Yüklə 8,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin