Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi. Reja


Qishloq xo‘jaligida tannarx quyidagi formula yordamida aniqlanadi



Yüklə 8,57 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü8,57 Kb.
#190867
1   2   3
JALOL

Qishloq xo‘jaligida tannarx quyidagi formula yordamida aniqlanadi
Bunda: T – mahsulot, ish yoki xizmatning tannarxi;
ƩX – qilingan xarajatlarning summasi;
ƩYM – yalpi yetishtirilgan mahsulot, jami bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori. Qishloq xo‘jaligida mahsulotlar tannarxining quyidagi turlari aniqlanadi:
- reja tannarxi; - ishlab chiqarish tannarxi; - to‘liq tannarxi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash uchun ishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisini yalpi yetishtirilgan mahsulot miqdoriga taqsimlash orqali aniqlanadi. To‘liq tannarx esa barcha xarajatlarning yetishtirilgan yalpi mahsulot miqdoriga yoki sotiladigan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi.
To‘liq tannarx tijorat tannarxi deb ham ataladi, chunki u asosan sotilgan mahsulotlar uchun hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (ishlar va xizmatlar)ning reja tannarxi ham aniqlanadi. Reja tannarxi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yorlar asosida aniqlanib, qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan yil boshida tuziladigan “Biznes reja”da aks ettiriladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining reja tannarxini aniqlash yil boshida amalga oshiriladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan mahsulotlarning ilmiy asoslangan me’yorlar asosida reja tannarxini aniqlab olish va shu asosida tannarxni nazorat qilib borishdir. Bunda xarajatlar ilmiy asoslangan me’yorlar darajasida amalga oshirilayotganligi kuzatib boriladi. Agar ilmiy asoslangan me’yorlardan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilsa, uni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini yaratib beradi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.
Yüklə 8,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin