QISHLOQ XO`JALIK KARTASHUNOSLIGINING VAZIFASI, MAQSADI, KARTOGRAFIK MANBALAR ULARNI TO`PLASH VA BIR TIZIMGA KELTIRISH, TAHLIL QILISH VA BAHOLASH Kartografiya quyidagi asosiy sohalarga bo‘linadi: xaritashunoslik; matematik kartografiya; xaritalarni loyihalash va tuzish; xaritalarni taxt qilish (jihozlash, rasmiylashtirish); xaritalarni nashr qilish; xaritalardan foydalanish; kartografik ishlab chiqarishni iqtisodiyoti va uni tashkil qilish va boshqalar. Mazkur sohalami barchasi yagona kartografik fan lar tizimini tashkil etadi va ularni har biri fan sifatida o‘zining predmeti, obyekti va metodiga egadir. Zero, ularni har biri ushbu yo‘nalish bo‘yicha sof mutaxassis tayyorlaydigan universitet va boshqa oliy texnika o‘quv yurtlarida alohida o‘rganiladi.
Xaritashunoslik - geografik xaritalar va ularni xususiyatlari haqidagi fan bo ‘lib, uning vazifasi geografik xaritalarning ntohiyati, ularni elementlari va xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish, ulardan antalda foydalanish hamda kartografiyani rivojlanish tarixini o‘rganishdan iborat Ba’zi vaqtda xaritashunoslikni “Xarita haqidagi ta’limof’ deb ham ataydilar.
Xaritashunoslik bunday keyingi hamma kartografik fanlami o‘rganish uchun asos hisoblanadi. Kartografiya falsafiy, tabiiy va texnik fanlar majmui (kompleksi) bilan bog‘liq. Ayniqsa u geodeziya, topografiya va geografiya fanlari bilan uzviy bog‘langan. Mazkur fanlar xaritalarda real borliqni (voqelikni) aniq va ishonchli tasvirlash imkonini beradi.
Nazariy konsepsiya - bu kartografiya. fani, predmeti va metodiga bo ‘Igan maxstts munosabatldr tizimidir. Bunda, ma’lum bir davr ichida kartografiya fani, texnika va texnologiyasi hamda ishlab chiqarishim rivojlanish jafayonlarini tusbunish va ularni talqin qilish mohiyati o‘z aksini topgan.
Konsepsiya fan erishgan yutuqlami umumlashtiradi va uning kelajakda rivojlanishi tendensiyalarini baholaydi. Lekin, shu bilan bir qatorda u fanning bugungi holatini tushungan holda kelajigini ko'rsatadi, Konsepsiyada fandagi zamonaviy qarashlar va xulosalar qayd qilinadi. Bu bilan konsepsiyalar evolyutsiyasi tushuntiriladi: yangi tajriba orttirilishiga qarab, ilg‘or metodlar va texnologiyalami qo‘llash bo‘yicha konsepsiyalar aniqlashtiriladi, takomillashtiriladi, o'zgartiriladi, yangisi paydo bo‘ladi - bu fanlar nazariyasi rivojlanishining tabiiy yo‘lini ko‘rsatadi.
Hozirgi paytda kartografiyada bir qancha nazariy konsepsiyalar shakllangan. Bilish nazariyasi yoki model asosida reed borliqni bilish konsepsiyasi - unga asosan kartografiya real borliqni kartografik modellashtirish orqali bilish haqidagi fan, xarita esa - real borliqning modeli deb tushuniladi. Bunday talqin qilishda kartografiya sotsial-iqtisodiy va tabiiy fanlarga va ulami bilish nazariyasiga eng yaqin aloqada bo‘lgan hamda tabiat qonunlarini bilish fani sifatida tasao`ur qilinadi.
Bu konsepsiya 1940-yillardan boshlab N.N.Baranskiy, K.A.Salishev, A.V.Gedimin, A.G.Isachenko va ulaming izdoshlari tomonidan ishlab chiqilgan. Kommunikativ konsepsiya - bunda kartografiya fazoviy ma’lumotlami uzatuvchi fan vositasi sifatida, xarita esa - ma’lumotlami uzatish yo‘li deb qaraladi. Bu konsepsiyada kartografiya informatikaning bir bo‘limi deb tushuniladi va u axborotlar nazariyasi, avtomatika hamda bilish nazariyasi bilan chambarchas bog‘lanadi. Bu konsepsiyarfi shakllanishida XX asming 60-70 yillarida faoliyat olib borgan g‘aib kartograflari E.Ambergyer, A.Kolachny, A.Robinson va boshqalaming hissalari juda katta.
Til konsepsiyasi — imda kartografiya xaritaning tili, xarita esa shartli belgilar asosida tuzilgan maxsus matn deb qaraladi. Bu holatda kartografiya lingvistikaning va semiotikaning bir bo'limi sifatida namoyon bo‘ladi, uning tadqiqot predmeti bo‘lib kartografik belgilar tizimi olinadi. Bu konsepsiyani rivojlanishi 1970 - 1980-yillarga to‘g‘ri kelib, u A.F.Aslanikashvili, A.A.Lyuty, Ya.Pravda va boshqalarning ishlaridh rivojlantirilgan.
Har bir konsepsiya o‘z asosida real bir asosga ega bo‘lgan muayyan bir haqiqatni o‘zida ifodalaydi. Mazkur konsepsiyalarda kartografiya bir tomondan borliqni bilish fani sifatida qaralsa, ikkinchisida - aloqa vositasi, uchinchisida esa - maxsus til shakli sifatida qaraladi. Bu o‘z navbatida kartografiyani ko‘p qirraligini bildiradi, xaritaning xususiyati va funksiyasining har xilligini va turlitumanliligini, uni real borliqning modeli bo‘lishini, fazoviy ma’lumotlami uzatish kanali, shuningdek, geografiya va boshqa Yer haqidagi fanlaming maxsus tili ekanligini anglatadi.
Zamonaviy kartografiyada yildan-yilga konvergensiya tendensiyalari (bir-biriga o‘xshash yo‘nalishlar) kuchayib bormoqda, kartografiyaning predmeti bo‘yicha turli qarashlar yaqinlashmoqda, xaritaning modellik, kommunikativlik, maxsus til kabi xususiyatlari yaqqol namoyon bo'lmoqda, o`tgan asming 80-yillaridan boshlab yangi, geoinformatsion konsepsiya shakllana boshladi. Unda kartografiya malumotnomali-kartografik modellashtirish tizimi va geotizimlami bilish haqidagi fan, deb qaraladi.
Bu konsepsiyaga asosan kartografiya geoinformatika, Yer va jamiyat haqidagi fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Xarita borliqning obrazli-belgili geoinformatsion modeli, boshqacha qilib aytganda u birato‘la borliqni bilish vositasi va borliqni modellashtirish usuli hamda raqamli ko‘rinishdagi modellami uzatish vositasi sifatida namoyon bo'ladi. Bu konsepsiyada asosiy nazariy tadqiqotlar geoinformatsion xaritalashtirish, kartografik modelkshtirish, kartografik belgilar tizimi nazariyasini ishlab chiqishga va | belgilar tizimini tushunish muammqlarini yyechishga qaratiladi.
Shubhasiz, kartografik asarlar (plan, geografik xarita, atlas, ! globus va boshqalar) insoniyatning buyuk ijod mahsuli qatoriga 1 kiradi. Zero, ular tabiatni bilish va o‘zgartirishning ajoyib vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ularga muxandislar va tadqiqotchilar, : geologlar va agronomlar, olimlar va xarbiylar murojaat etadilar va ulaming har biri o'zlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javoblami undan topa oladilar.
Geografik xarita va atlaslar bugun bizni hayotimizdan mustahkam o‘rin olgan. Xaritalarni har kuni gazetalarda, jumallarda, oynai jahon ekranlarida ko'ramiz.
Chunonchi xorij xabarlari, haftaning tnuhim voqealari, ob-havo bashorati, mamlakat ichidagi holatlar haqidagi xabarlar, dala ishlari va ulkan qurilishlaming borishi haqidagi yangiliklar, dam olish kunlariga moijallangan turistik safarlar haqidagi maslahatlar va boshqa shu kabi ma’lumotlami xaritasiz tushunish qiyin. Shu sababli bunday xabarlar xaritasiz berilmaydi. Tarix, ayniqsa geografiya fanini o‘qitishda xaritaning ahamiyati nihoyatda katta. Bu o'"quv predmetlarini xaritasiz o‘rganishni xatto tasao`ur qila olmaymiz.
Ular nafaqat ko‘rgazmali qurol, balki joy to‘g‘risidagi bilimlaming kitob kabi boy manbai hamdir. Zero, xaritalar bilan ishlash o‘quvchilarga ijodiy tasavvur qilishni, yodda saqlashni, mantiqan fikrlashni, tahlil qilishni, taqqoslashni, o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishm, xulosa qilisb yo‘llarmi o‘rgatadi.
Kartografik asarlardan maktabda o‘quvchilaming faolligini oshirishda, geografiyani kundalik hayot bilan bog‘lashda, ulami vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda asosiy qurol sifatida foydalanish mumkin. Har qanday geografik tadqiqot xarita bilan boshianib, xarita bilan tugallanadi. Xaritalar Ona sayyoramiz, Yer haqidagi juda boy ma’lumotlami qamrab olgan bo'ladi.
Har qanday fan kabi kartografiya fanining h’am o`z tarixi mavjud. Boshqa fanlar tarixini o`rganishda asosan matnlarga etibor berilsa, kartografiyada matnlar bilan bir qatorda yaratilgan kartografik asarlarga yani kartalarga, atlaslarga va globuslarga katta etibor beriladi. Kartografiya tarixi h’am asosan tarixiy manbalar asosida o`rganiladi. Fanning rivojlanish davrlari aniqlanadi, o`sha davr jamiyat tuzumiga etibor beriladi. Fan tarixini o`rganishda uning kelib chiqishi, taraqqiyoti, h’ozirgi h’olati bilan bir qatorda kelajagi va muammolari h’am ko`rsatib beriladi. Fan tarixi malum bir makon bilan bog’langan h’olda o`rganiladi. Biz kartografiya fani tarixiga nazar tashlar ekanmiz O`rta Osiyoda h’am shu soh’aning bilimdon olimlari ko`p bo`lgani va ularning kartografiyaga qo`shgan h’issalari to`g’risida malumot berish kerak deb h’isoblaymiz. Shuni aloh’ida aytib o`tish zarurki, O`zbekiston kartografiya tarixini O`rta Osiyo kartografiyasi tarixidan va region h’aqidagi umumgeografik tasavvurlar taraqqiyotidan ajratib olish qiyin. Shuning uchun O`zbekiston kartografiya tarixi O`rta Osiyo va Turkiston h’ududi h’aqidagi kartografik tasavvur bilan bog’liq h’olda o`rganilmog’i kerak deb h’isoblaymiz. Dastlabki kartografik tasvirlar ibtidoiy jamoa davrida paydo bo`lgan. Kishilar ovchilik bilan shug’ullangan davrda ovga borgan yo`llarini, ov qiladigan joylarini, o`zlari yashagan g’orlar devorlariga, tog’li joylarda esa toshlarga h’ar xil shakllar, chizmalar h’olatida chizib qoldirgan. Bu chizmalar asta-sekin takomillashib plan shaklda shartli belgilar bilan ko`rsatiladigan bo`ldi. Masalan, miloddan avvalgi ikki minginchi yillarning o`rtalarida Shimoliy İtaliyadagi tog’dagi toshga yo`llar, daryolar va sug’orilib ekin ekiladigan erlar tasvirlanganligi malum va h’ar xil chiziqli shakllar berilgan, lekin birorta yozuv yo`q.
Demak, yozuv paydo bo`lmasdan oldin chiziqli tasvirlar paydo bo`lgan. Bunday tasvirlar qadimgi Vaviloniya shah’rining arxeologik qazilmalarida h’am uchratilgan. Dengizda kema qatnovini tashkil qilish va shu orqali savdo-sotiqni rivojlanishi bilan asta-sekin dengiz yo`llarining chizmalari paydo bo`la boshlagan. Natijada dengiz yo`llarini dastlabki chizma kartalari vujudga kelgan. Lekin bunday chizmalar shaklidagi dastlabki kartalar juda sodda va sxematik bo`lib aniqlik darajasi past bo`lgan. Bora-bora Er sharining dumaloqligini (sharsimonligini) h’isobga olgan kartalar tuzila boshlangan. Shuning uchun Er sharini tekis yuzada tasvirlash uchun er yuzida o`lchash ishlarini aniq olib borish zaruriyati tug’ildi. O`rta Osiyoda, shu jumladan O`zbekiston h’ududida miloddan avvalgi davrlarda ah’oli zich joylashgan voh’alarda madaniy va iqtisodiy jih’atdan o`z davriga nisbatan ancha yuksak darajada rivojlangan davlatlar vujudga kelgan. Chunonchi Sug’diyona, Baqtriya, Xorazm kabi qudratli davlatlar paydo bo`lgan, bu erlarda eng qadimgi fan, madaniyat namunalari yaratilgan. Lekin respublikamiz h’ududidagi bu davlatlarda yashagan xalqlarning ilmiy madaniy merosi, shu jumladan kartografik va yozma manbalar juda kam saqlanib qolgan. Hozirgi O`zbekiston to`g’risidagi dastlabki kartografik malumotlar antik davrning tsivilizatsiya markazlari bo`lmish qadimgi Yunoniston bilan qadimgi Rumda uchraydi.
Lekin shuni qayd qilish kerakki, Yunoniston va Rumda antik davrda rivoj topgan qadimgi kartografiya Misr, Finikiya, Osuriya va Vaviloniya, Hindiston, Xitoy va O`rta Osiyoda ilk bor vujudga kelgan fan, madaniyat yutuqlaridan bah’ramand bo`lgan deyishga to`la asos bor. Chunki antik davr mamlakatlari Sharqning ko`plab mamlakatlari bilan ijtimoiyiqtisodiy va madaniy aloqada bo`lganlar, shu tufayli ular geografik tasavvurlarini kengaytirganlar va boyitganlar.