qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda suv berilishini ta’minlash;
Ijaraga oluvchining qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya qilish.
Ijaraga beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarga ham ega
bo‘ladi.
V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari
8. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
yer uchastkasidan belgilangan maqsadlarda foydalanish hamda mustaqil ravishda ish
yuritish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari va daraxt ko‘chatlariga, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi
mahsulotlariga va uni sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligi mahsuloti
yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga uchinchi shaxslarga berish huquqisiz
ikkilamchi ijaraga berish;
yer uchastkasida mavjud bo‘lgan keng tarqalgan foydali qazilmalar, o‘rmonzorlar, suv
ob’ektlaridan xo‘jalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning
boshqa foydali xossalarini ishga solish;
sug‘orish, yerlarning zaxini qochirish, texnik va boshqa meliorativ ishlarni belgilangan
tartibda amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini, daraxtlarni sug‘orish va boshqa maqsadlar uchun sug‘orish
manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;
yerlar olib qo‘yilgan taqdirda o‘ziga yetkazilgan zararlarni, shu jumladan boy berilgan
foydani Ijaraga beruvchidan belgilangan tartibda talab qilish.
Ijaraga oluvchi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.
9. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:
yer uchastkasining ixtisoslashuvini mazkur Shartnomaning 1-ilovasida ko‘rsatilan
yo‘nalishga muvofiq saqlash, shuningdek, yer uchastkalari 10 yil muddatga ijaraga berilgan
hollarda ko‘p yillik daraxtzorlar barpo etmaslik;
yerdan uning belgilangan maqsadiga muvofiq oqilona va samarali foydalanish, tuproq
unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi va tejamkor
texnologiyalarini qo‘llash, o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning
yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
ishlayotgan irrigatsiya va meliorativ tarmoqlarni, muhandislik kommunikatsiyalarini soz
holatda saqlash;
yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kompleks
tadbirlarni amalga oshirish;
yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lash;
boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yerni ijaraga oluvchilar va yer uchastkalari
mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;
belgilangan shakllardagi hisobotlarni vakolatli organlarga o‘z vaqtida taqdim etish;
boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yerni ijaraga oluvchilarga va yer
uchastkalari mulkdorlariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda to‘lash;
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini (uch yil ichidagi o‘rtacha yillik hisobda) yerlarning
normativdagi kadastr bahosidan past bo‘lmagan darajada bo‘lishini ta’minlash;
o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquq (servitut)laridan
foydalanishini ta’minlash;
ochiq elektron tanlovda
Dostları ilə paylaş: