Qitishda yangi innovatsion metodlardan foydalanish



Yüklə 44,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü44,08 Kb.
#206795
1   2   3
819-821

www.
kokanduni.uz 
belgilari borligini,ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan 
tushuntiradi. 
Ona tili va o’qish darslarida o’quvchilar nutqi yangi
-yangi sifatlar bilan boyitiladi,ularga 
oldindan ma’lum bo’lgan sifatlarning ma’nosiga aniqlik kiritiladi.Sifatlar bolalar nutqini va 
tasavvurini boyitishga xizmat qiladi.Sifatlar narsa va hodisalarni aniq tasvirlash,ifodalash 
imkonini beradi.Bu imkoniyatdan foydalanib, ijodiy matn tuzishga o’rgatish o’quvchilarning 
fikrini aniqlashtiradi,nutqning ta’sirchanligini oshiradi.
Boshlang’ich sinflarda o’zbek tilini o’qitishda og’zaki bayon qilish,ko’rgazmalilik,ta’limiy 
o’yinlar va noan’anaviy ta’lim metodlari keng qo’llaniladi.
Suhbat metodi og’zaki bayon qilish metodi bo’lib,o’quvchilarda faollikni yuzaga 
keltiradi,o’qituvchi tomonidan berilgan savolga ja
vob topish jaray
onida o’quvchi fikr 
yu
ritadi,o’z fikrini bildirib,uni dalillashga harakat qiladi.Bu o’quvchida mustaqil fikrlash 
ko’nikmasini rivojlantiradi.
Ko’rsatmalilik metodi turli ko’rgazmali vositalar yordamida amalga oshiriladi. Yangi 
so’zlarni ongli va puxta o’zlashtirish ko’rgazmalil
ikni taqozo etadi.Bunda turli buyumlar
jadvallar,rasmlar 
va 
boshqa 
tasviriy 
vositalardan,diafilm,kinofilm 
va 
telelavhalardan,multimedia vositalaridan foydalaniladi. 
Ta’limiy didaktik o’yinlardan ko’proq amaliy mashg’u
lotlarda foydala
niladi.O’
yin, 
ayniqsa,boshlang’ich sinf o’quvchilari faoliyatida muhim o’rinni egallaydi.O’yin 
o’quvchilarning ijodiy tafakkurini o’stirishda asosiy vosita hisoblanadi.Ta’limiy o’yinlar 
bilimlarni o’zlashtirish jarayonini osonlashtirishga,o’quvchilarni darsga to’li
q jalb etishga 
yordam beradi. 
Shundan kelib chiqib,ona tili darslarida o’quvchilarning o’zbekcha nutqiy ko’nikmalarini 
rivojlantirish uchun quyi ta’lim bosqichlarida krosswordlar, rebuslar, topishmoqlar,tez 
aytishlardan ko’proq foy
dalanish maqsadga muvofiq . 
Sifat so’z turkumini o’qitishda “Zig
-
zag” metodi
-
ushbu metodda o’quvchilar belgi 
bildirgan so’zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko’p uchraydigan matn 
tanlanib zig-
zag usulida o’qitiladi. Keyin esa sifatla
r tushirilib qoldiriladi,
so’ngra sifatlari bilan 
o’qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko’rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning
belgisini bildiradigan so’zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Har bir o’qituvchining vazifasi 
o’quvchilar yo’l qo’y
gan xatolarni aniqlashi v
a ularning qilgan xatolarini kuzatib,to’g’rilab 
borishdan iboratdir. 
O’quvchilar sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va 
predmetni har tomonlama ta’mirlash malakasini o’stirish uchun:
1.Berilgan predmetning rangi,mazasi,shakli,xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va 
yozish:Qanday shaftoli? Shirin,suvli,tuksiz shaftoli.Qanday bino? Baland, g’ishtli,chiroyli bino.
2.Berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: tikonli, kichkina, 
foydali...(tipratikon); ehtiyotkor,ayyor,yovvoyi...(tulki). 
3.Predmetning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish kabi mashqlardan 
foydalanish mumkin. 
Sifatni o’rganish jarayonida so’z yasashga oid mashqlarni muntazam o’tkazib borish 
o’quvchilarda u yoki bu so’z turkum
ini yasas
h uchun so’z yasovchi qo’shimchalardan ongli 
ravishda foydalanish malakasini shakllantiradi. 
O’quvchilarga sifat so’z turkumining asliy va nisbiy sifatga ajratish jarayonida 
moychechak o’yin
-metodidan foydalanish ham samara beradi.Moychechak gulining markaz 
qismiga asliy sifat va yaproqlariga asliy sifat va nisbiy sifatga oid so’zlarni yozish va 
o’quvchilardan so’zlarni to’g’ri shaklda ajratib,moychechak gulini yashash talab qilinadi. 
Bunda o’quvchilarning sifat so’z turkumini qay darajada o’zlasht
irib olganliklarini bilib 
olishimiz mumkin. 


821

Yüklə 44,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin