Nazorat savollari 1. Dorixona amaliyotida qanday uchuvchan erituvchilar
ishlatiladi?
2. Retseptda spirt quvvati ko‘rsatilmagan bo‘lsa qanday spirt
ishlatiladi?
3. 70% li 120 ml spirt eritmasini tayyorlash uchun 95% li
spirt qanday suyultiriladi?
4. Uchmaydigan erituvchilarda eritma tayyorlashning o‘ziga
xosligi nimalardan iborat?
5. Xlorid kislotasini suyultirish qoidalari qanday?
6. Burov suyuqligi, pergidrol va formalin qanday
suyultiriladi?
7. 160 ml 10% li formalin eritmasi tayyorlash uchun qancha
formalin kerak?
8. Vodorod peroksidini konsentratsiyasi retseptda
ko‘rsatilmasa necha foizli eritmasi tayyorlab beriladi?
9. 20% li 300 ml sirka kislotasi eritmasini tayyorlash uchun
30% li eritmadan qancha olinadi?
10. 5% li 180 ml ammiak eritmasini tayyorlash uchun qancha va
qanday konsentratsiyali ammiak eritmasidan olish kerak?
11. 10% li 80 ml kaliy asetat eritmasi qanday tayyorlanadi?
YUQORI MOLEKULALI BIRIKMALAR VA KOLLOID ERIТMALAR ТOPSHIRIQ:
1. Cheksiz bo‘kuvchi yuqori molekulali birikmalar eritmasini tayyorlash.
2. Cheklangan bo‘kuvchi yuqori molekulali birikmalar eritmasini tayyorlash.
3. Kolloid eritmalarni tayyorlash.
Yuqori molekulali birikma (YuMB) lar eritmasi dori texnologiyasida dori vositasi yoki yordamchi modda sifatida ishlatiladi. Ularga molekulyar og‘irligi 10 000 dan katta bo‘lgan moddalar kiradi. YuMB chin eritmalar hosil qiladi, molekulalar o‘lchami 1—100 nm gacha. YuMB eritmalarining texnologiyasi ular molekulasining tuzilishiga bog‘liq. YuMB lar molekulasi shakliga ko‘ra 2 turga bo‘linadi: sferik tuzilishli (oqsillar), chiziqli strukturali (kraxmal, sellyuloza hosilalari).
Sferik shaklli YuMB ning erish jarayoni past molekulali moddalarning erishidan kam farq qiladi. Bular oson gidratlanib, eritmaga o‘tadi. Bunday YuMB larni cheksiz bo‘kuvchi YuMB deyiladi.
Chiziqli tuzilishga ega bo‘lgan YuMB ning erishi ikki bosqichda boradi: 1— bo‘kish, 2— erish.
Karboksil guruhi 4 ta, gidroksil guruhi 3 ta, keto, algid guruhi 2 ta suv molekulasini ushlab gidratlanish xossasiga ega.
YuMB bo‘kib, hajmi 10—15 marta ko‘payadi. Lekin oxirigacha erib ketmaydi. Haroratning ko‘tarilishi erish jarayonini oxiriga yetkazadi (masalan, jelatinda).