Poroshoklarni umumiy tayyorlash bosqichlari
Maydalash— Pulverisatio.
Qaybir dorilar, o‘zlarida biror xil ta’sir bo‘lgani holda, qattiq yanchilsalar, boshqa xil ta’sirga ega bo‘lishlari mumkin. Moddasi latif dorilarni yanchishda haddan oshirib yuborish kerak emas. Moddasi zich tuzilgan dorilarnigina haddan oshiq yanchish kerak. Ayniqsa dorilarni uzoq joyga o‘tkazish istalsa va u dorilar zich tuzilgan bo‘lib, harakatlari og‘ir bo‘lsa, ularni qattiq yanchish kerak bo‘ladi (Abu Ali ibn Sino).
Asosan dori moddalari kristall va amorf ko‘rinishda bo‘lgani uchun ularni dorixonalarda qayta maydalashga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun dorixonalarda dorini maydalash uchun kerak bo‘ladigan oddiy asbob-uskunalar yetarli bo‘lishi kerak. Dorixonalarda eng ko‘p ishlatiladigan maydalash asbobi bu hovoncha — mortaria, dastasi — pistilla.
Ular cho‘yan, shisha, chinni, agatdan yasalgan bo‘ladi. Hovonchalar 7 ta sondan iborat bo‘lib, ularni diametri 50—243 mm gacha bo‘ladi.
3-rasm. Dorixona chinni hovonchalari:
a) oddiy; b) mexanik hovoncha.
Murakkab poroshoklar tayyorlashda eng avvalo hovoncha tanlanadi, keyin unga bezarar modda solinadi. Agar bunday modda bo‘lmasa, yanchishni hovoncha teshiklariga kirib qolishi ehtimoli kam bo‘lgan moddalardan boshlanadi. Har qanday moddani hovonchada maydalaganda ularning miqdori qisman kamayadi (2,3- jadvalga qaralsin).
Bunday kamayish moddalarning fizik-kimyoviy xossalariga bog‘liq.
Rp.: Phenacetini 0,05
Papaverini hydrochloridi 0,005
Amidopyrini 0,25
Misce fiat pulvis
Da tales doses N20
Signa. Bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin.
Hisoblash: Fenasetin — 1,0g
0,05 Ѕ 20 = 1,0 g
Papaverin gidroxlorid - 0,1g
0,005 Ѕ 20 = 0,1g
Amidopirin - 5,0 g
0,2 5 Ѕ 20 = 5,0
Umumiy og‘irligi = 6,1 g
Fenasetin uchun yo‘qotilgan qismi — 95 mg
19* x 5**= 95 mg
Papaverin gidroxlorid uchun yo‘qotilgan qismi - 50mg
10 Ѕ 5 = 50mg
Amidopirin uchun yo‘qotilgan qismi — 185mg
37 Ѕ 5 = 185 mg
Natijalarini foizga aylantirsak:
1. 1 - 100%
0,095 - x x = 9,5%
2. 0,1 - 100%
0,05 - x x = 50%
3. 5 - 100%
0,185 - x x = 3,7%
Demak hovonchaga dastlab amidopirin solinadi.
Dostları ilə paylaş: |