Antibiotiklar bilan poroshoklar tayyorlash
Antibiotiklar poroshok shaklida ko‘pincha sulfanilamid preparatlari va boshqa moddalar bilan birga beriladi.
Antibiotiklar bilan poroshoklar aseptik sharoitda poroshoklarni umumiy tayyorlash texnologiyasiga asoslangan holda tayyorlanadi.
Rp: Sulfadimezini
Streptocidi
Synthomycini ana 1,0
Ephedrini hydrochloridi 0,1
Misce. Da. Signa. Hidlash uchun poroshok.
Aseptik sharoitda steril hovonchada 1 g streptosid 10 tomchi etil spirti yordamida maydalanadi. Ustiga sulfadimezin solib yana maydalash davom ettiriladi. Hovonchada aralashmadan taxminan 0,1 g qoldirilib, qolgan qismi kapsulaga olib qo‘yiladi. So‘ngra hovonchaga 0,1 g efedrin gidroxlorid solib yaxshilab maydalanadi va kapsulaga olib qo‘yilgan kukundan oz-ozdan qo‘shib bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Aralashma quritgich shkafida 150°C haroratda 1 soat davomida sterillanadi. So‘ngra poroshok tayyorlash qoidasiga ko‘ra 1 g sintomisin qo‘shiladi. Poroshok sterillangan shisha idishga solinib, og‘zi buraladigan qopqoq bilan yopiladi va tegishli yorliq yopishtiriladi. Xona harorati 10°C dan yuqori bo‘lmagan quruq joyda saqlanadi.
Antibiotiklar bilan eritma tayyorlash
Antibiotiklar bilan asosan suvli va spirtli eritmalar tayyorlanadi. Bunday hollarda pH sharoiti hisobga olinadi, bu esa antibiotiklarni boshqa dori moddalar bilan turg‘unligini va mutanosibligini oshiradi.
Eritmalar aseptik sharoitda eritmalarni tayyorlashning umumiy qoidasiga asoslangan holda tayyorlanadi.
Antibiotiklar bilan tayyorlangan dorilarni saqlash muddati 24 soat.
Rp: Strepthomycini 250000 ТB
Benzylpenicillini — natrii 100000 ТB
Solutionis Natrii chloridi 0,9% — 20 ml
Misce. Da. Signa. Burun uchun tomchi.
250000 ТB (0,25 g) saqlovchi streptomisin steril idishda 20 ml natriy xloridni sterillangan eritmasida eritiladi. Тayyor eritma 100000 ТB (0,06 g) saqlovchi penisillin idishiga quyiladi va tegishli yorliq yopishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |