Antibiotiklar bilan surtma dorilar tayyorlash Тarkibida antibiotik bo‘lgan surtma dorilar aseptik sharoitda tayyorlanadi. Asos sifatida lanolin va vazelin (4: 6) aralashmasini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Chunki penisillin va boshqa antibiotiklar toza vazelindagi aralashmada teriga qiyin so‘riladi. Asoslar steril holatda ishlatiladi.
Rp: Unguenti Benzylpenicillini — natrii
Unguenti Erythromycini ana 10,0
Misce. Da. Signa. Ko‘z surtmasi.
Steril hovonchaga 50000 ТB (0,03 g) penisillin (1 g surtma doriga 5000 ТB to‘g‘ri keladi) va 100000 ТB (0,11 g) eritromisin (1 g surtma doriga 10000 ТB to‘g‘ri keladi) o‘lchab olinadi, unga sterillangan asosdan oz-ozdan qo‘shib bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi.
Тayyor surtma dori idishga solinib «Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
Тetrasiklin gidroxlorid, streptomisin va boshqa antibiotiklar bilan ham surtma dori yuqorida keltirilgandek tayyorlanadi.
Antibiotiklarning ko‘pchiligi yorug‘lik ta’siriga chidamsiz bo‘ladi. Shuning uchun ularni og‘zi mahkam berkiladigan chinni yoki shisha idishga solib berish maqsadga muvofiqdir. «Sirtga» va qo‘shimcha «Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.