Qiymat Qonuni Va Uning Vazifalari Reja


Ijtimoiy zaruriy sarflarning



Yüklə 9,12 Kb.
səhifə3/3
tarix17.04.2023
ölçüsü9,12 Kb.
#99237
1   2   3
Qiymat Qonuni Va Uning Vazifalari Reja-hozir.org

Ijtimoiy zaruriy sarflarning yuqorida keltirilgan ta’riflaridan kelib chiqsak, qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan ozroq bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni, ya’ni ma’lum vaqt ichida ko’proq miqdorda iste’mol qiymatlarini yaratuvchi yoki yuqoriroq mehnat unumdorligini ta’minlaydigan ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantiradi. Qiymat qonuni individual mehnat unumdorligi ijtimoiy me’yordagi mehnat unumdorligidan past bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni jazolaydi. Bu bilan iqtisodiy sharoitlar tovar ishlab chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshirish yoki boshqa xil tovarlarni ishlab chiqarishga o’tishini rag’batlantiradi. Aks holda ular bozordan siqib chiqarilish, xonavayron bo’lish xavfi ostida qolishlari mumkin.

Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari bilan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o’trasidagi farq tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy sarflarni kamaytirishni rag’batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish sohalari bo’yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati ko’proq kafolatlangan deb bo’lmaydi. Chunki ular texnik va tashkiliy jihatdan yangiliklarni ishlab chiqarishga o’z vaqtida qo’llab turmasalar, yuqoriroq samara beradigan ishlab chiqarish usullarini qidirib topmasalar, ma’lum vaqtdan so’ng o’z ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin


  • Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari bilan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o’trasidagi farq tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy sarflarni kamaytirishni rag’batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish sohalari bo’yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati ko’proq kafolatlangan deb bo’lmaydi. Chunki ular texnik va tashkiliy jihatdan yangiliklarni ishlab chiqarishga o’z vaqtida qo’llab turmasalar, yuqoriroq samara beradigan ishlab chiqarish usullarini qidirib topmasalar, ma’lum vaqtdan so’ng o’z ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin

Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi rakobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:


Talab = taklif bo’lgan holda: narx = qiymat.
Talab > taklif bo’lgan holda: narx > qiymat.
Talab < taklif bo’lgan holda: narx < qiymat Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xoxishi bilan sodir bo’lmay, balki ob’ektiv qiymat qonunining kuchi ta’siri ostida bo’ladi.
Qiymat qonuni resurslarning turli ishlab chiqarish sohalari o’trasida taqsimlanishini tartibga solib turish vazifasini bajarayotganda ham narxlar dinamikasi muhim rol o’ynaydi. Agar u yoki bu aniq tovar ijtimoiy ehtiyojini qondirish uchun zarur bo’lganidan kamroq ishlab chiqarilsa, bu talabning taklifdan oshib ketishiga sabab bo’ladi. Tovar narxi oshib ketadi. Narxlar, shu bilan birga daromadlar kamayadi, bu tarmoqdagi ishlab chiqarish resurslari daromad yuqori bo’lgan boshqa tarmoqlarga o’tib ketadi. Qiymatning mehnat nazariyasi modellarida qiymat qonuniga asoslangan ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga soluvchi bozor mexanizmi ana shunday tavsiflanadi.
Xulosa:

Qiymat ijtimoiy xossa bo’lib,unda tabiat xom ashyolarinig birorta ham molekulasi uchun mehnat qilishlarini bildirovchi ijtimoiy mehnat yotadi.Biroq,aloxidalashgan tovar icshlab chiqaruvchilar mehnati singari o’zining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayriboshlash orqali ko’rsatadi


Foydalanilgan adabiyotlar

Foydalanilgan adabiyotlar


  • 1.Iqtisodiyot Nazariyasi (Sh.Shodmonov,U.V.G’afurov)

  • 2.Iqtiodiyot Nazriyasi (Yo’ldoshev)

  • aim.uz- rasmiy sayti


http://hozir.org
Yüklə 9,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin