Qiymat to‘g‘risidagi iqtisodiy nazariyalar Reja



Yüklə 25,29 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü25,29 Kb.
#206634
  1   2
Mirsaidjonov Dilmurod 27-22 Iqtisod


Qiymat to‘g‘risidagi iqtisodiy nazariyalar
Reja:

  1. Iqtisodiyot nazariyasi tushunchasi

  2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi.

  3. Qiymat to’g’risidagi iqtisodiy nazariyalar

1.Iqtisodiyot nazariyasini o‘rganish, iqtisodiy jarayonlarning tub mohiyatini to‘g‘ri tushunish ko‘p jihatdan uni o‘rganuvchilarning ma’lum nazariy va uslubiy bilim bilan qurollanishiga bog‘liq. Shuning uchun ham mazkur mavzu insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosi bo‘lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kelishini qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning umumiy bayoni qisqacha beriladi. Bu yerda iqt isodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar ichida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish bilan birga iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar hamda ularning amal qilish mexanizmini yoritib berishga alohida o‘rin beriladi. Shuningdek iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullarining mazmunini ochib berishga hamda Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ma’ruzalarini va O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasini o’rganishning ilmiy uslubiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko‘payib, rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo‘lgan narsaga o‘xshab ko‘rinadi.
Xozirgi kunda hammaga ma’lumki, insonlar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat hamda ta’lim bilan shug‘ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari va kiyinishlari kerak. Shuning uchun har bir shaxs, o‘zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari-kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga topish kerak degan muammolarga duch keladi.
Shu muammolarni yechish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo‘nalishlarda, sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir. Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot-uy xo‘jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo‘jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot-yirik xususiy xo‘jalik, jamoa xo‘jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo‘jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o‘ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.
Buning ustiga barcha resurslarimiz-tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul mablag‘lari va boshqa resurslarning barchasi cheklangan miqdordadir. Xattoki, ishlab chiqarishning bugungi darajasida insoniyat ixtiyoridagi turli tabiiy boyliklarning taxminan qancha vaqtga etishini oldindan bashorat qilish mumkin. Jumladan, insoniyat 2500 yilga kelib, barcha metall zaxiralarini sarflab bo‘lishi bashorat qilinib, bunda temir rudasi 250 yilga, alyuminiy 570, mis 29, rux 23, qalayi 35, qo‘rg‘oshin 19 yilga etishi taxmin qilinmoqda. Amalda hozir yashayotgan avlod ham ishlab chiqarishda qo‘rg‘oshin, qalayi, rux, oltin, kumush, platina, nikel, volfram, misdan foydalanish muammosiga duch kelmoqda. Yaqin yuz yil ichida ishlab chiqarishni energoresurslar: neft, gaz, ko‘mir bilan ta’minlash muammosi ham alohida muammo bo‘lib qolishi ehtimoldan holi emas.
Buning ustiga barcha resurslarimiz-pul mablag‘lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin: jahon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, funksional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ularning hammasi bir maqsadga bo‘ysungan: u ham bo‘lsa insoniyatning yashashi, ko‘payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning poydevorini tashkil etib, uning o‘zi ham insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo‘lmaydi va mazmunga ham ega emas.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati bo‘yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:

  • ishlab chiqarish jarayoni;

  • ayirboshlash jarayoni;

  • taqsimot jarayoni;

  • iste’mol qilish jarayoni.

Bularning ichida eng asosiysi va boshlang‘ichi ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi. Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital va ishchi kuchi, tovar va xizmatlarning alohida turlari, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o‘rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo‘lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi ko‘rinishi bo‘lgan daromadlar ham taqsimlanadi. Taqsimot qancha adolatli va to‘g‘ri bo‘lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga shuncha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uni rag‘batlantiradi. Ayirboshlash jarayoni-takror ishlab chiqarishning muhim fazasidir. Mehnat taqsimoti oqibatida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga, yetkazib berishga, ayrim guruhlari esa boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqarish, yetkazib berish bo‘yicha ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini sotib, o‘ziga kerakli bo‘lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Natijada turli xil yo‘nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa-ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo‘ladi.
Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi iste’mol jarayonidir. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar turli kishilar, guruhlar tomonidan iste’mol qilinib, ularning ehtiyojlarini qondiradilar. Iste’mol ikki turda bo‘ladi: ishlab chiqarish iste’moli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish iste’molida ishlab chiqarish vositalari (kapital) va ishchi kuchidan foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Shaxsiy iste’mol jarayonida esa iste’mol buyumlari pirovard foydalanilib, ular yo‘qotiladi va o‘rniga yana yangisini ishlab chiqarish zaruriyati vujudga keladi. Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi-ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir. Bu masalani to‘g‘ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyoj nimaligini, uning turlarini bilish zarurdir. Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zarurati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi.




Yüklə 25,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin