Qiymatning turlicha nazariyalari va ularning sintezi


Bozor va uning amal kilishi mexanizmi (Talab va taklif tushunchasi. Talab va taklifning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar.)



Yüklə 23,15 Kb.
səhifə2/3
tarix03.05.2023
ölçüsü23,15 Kb.
#106954
1   2   3
3-4

Bozor va uning amal kilishi mexanizmi (Talab va taklif tushunchasi. Talab va taklifning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar.).

Ehtiyojning faqat pul bilag ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab -bu' pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boMadi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgafedi. (Shu bogMiqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlaming mavjud darajasida iste’molchilaming tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir boMgan ehtiyoji talab deyiladi. fBoshqacha qilib aytganda talab - pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Talab hajmining o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi. 224 Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi: 1) iste’molchining didi; 2) bozordagi iste’molchilar soni; 3) iste’molchining daromadlari; 4) bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi; 5) kelajakda narx va daromadlaming o‘zgarishi ehtimoli. Bu omillarning o‘zgarishi talab hajmining o‘zgarishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini qarab chiqamiz. 1. Biror mahsulotga iste’molchi dididagi ijobiy o‘zga-rish ro‘y bersa, narxning tegishli darajasida unga bo‘lgan talab ortadi. Iste’molchi didiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib keladi. 2. 0 ‘z-o‘zidan aniqki, bozorda iste’molchilar soni ko‘paysa, talab ortadi, iste’molchilarning soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kengaytiradi hamda aksiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga boMgan talabning o‘sishiga olib keladi. Tug‘ilish darajasining pasayishi bolalar bog'chasi va maktabga boMgan talabni kamaytiradi. 3. Pul daromadi o'zgarishining talab hajmiga ta’siri boshqa omillarga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko‘p tovarlarga talabni nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad oshsa, uning o'sishiga qarab iste’molchilar aksariyat hollarda narxi yuqori bo‘lsa-da, ko‘proq sifatli tovarlarni xarid qilishga harakat qilishadi. Bunda ular non, kartoshka, karam kabi mahsulotlarni kamroq sotib olishlari mumkin. Chunki ortiqcha daromad ularga ancha yuqori oqsil tarkibiga ega boMgan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, go‘sht va sut mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi. Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar oliy toifafi tovarlar deyiladi.
TAKLIF Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 2- jadvalda ko‘rsatilgan. Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini ko‘rsatadi.
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta’sir qiladi. Bu omillaming asosiylari quyidagilar: 1) resurslaming narxi; 2) ishlab chiqarish texnologiyasi; 3) soliq va subsidiyalar; 4) boshqa tovarlarning narxi; 5) narx o‘zgarishining kutilishi; 6) bozordagi sotuvchilar soni. Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining o‘zgarishini taqozo qiladi. Taklifga ta’sir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.




  1. Yüklə 23,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin