Qiymatning turlicha nazariyalari va ularning sintezi



Yüklə 23,15 Kb.
səhifə1/3
tarix03.05.2023
ölçüsü23,15 Kb.
#106954
  1   2   3
3-4


Bilet №3

  1. Qiymatning turlicha nazariyalari va ularning sintezi (Ishlab chiqarishnyng omillari unumdorligi nazariyasi: J.B.Klark, A.Marshall. Ishlab chiqarish omillari tanlovi nazariyasi. Daromaddarning tarkib topishi va «tabiiy» taqsimlanishi).

A.Marshall (1842-1924) iqtisodiyotda neoklassik (yangi klassik) yo‘nalishning yetakchi vakili, maq'inalizmning «Kembrij maktabi» lideri hisoblanadi. Olimning tadiqotlarida bozorda erkin bahoning shakllanish muammosi asosiy o‘rin egallaydi. Bunda bozor muvozanati yagonaorganizm sifatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar chaqqon va bir-biri to‘g‘risida yaxshi ma’lumotga ega deb qaraladi. Bozor bahosiga «eng yuqori naf asosida aniqlanadigan talab bahosi va eng yuqori xarajatlar bilan topiladigan taklif bahosining kesishish natijasi» deb qaraladi. Bu «Marshall xochi» deb yuritiladi, u talab va taklif chiziqlarining kesishgan grafik shaklidir. Chiziqlar kesishgan joyda ular orasidagi muvozanat, ya’ni muvozanatli, mo‘ta’dil baho o'matiladi. Shu yerda olimning tovar qimmatining mohiyati to‘g‘risidagi g'oyasi xarakterlidir. Uning fikricha, qimmatni yaratishda naflik va ishlab chiqarish xarajatlari (qaychining ikki tig‘i) birdek faoldir. U qaychini misol sifatida keltirib, qog‘oz qirqqanda qaychining qaysi (ustki yoki pasti) tig'i asosiy rol o'ynashi haqidagi savolni aytadi.
Jon Beyts Klark (1847-1938) maijinalizmning «Amerika maktabi»vakili bo‘lib, XIX asr oxirida iqtisodiy ta’limotlarda neoklassik yo‘nalish shakllanishiga muhim hissa qo‘shdi. Klarkning yozishicha, iqtisodiyot fanining predmeti jamiyatning barcha daromadlarini turli shakldagi daromadlarga ajratishdan iborat (ish haqi, foiz, foyda), bular, o‘z navbatida, mos ravishda «ish bajaiganligi uchun», «kapitalni berib turgani uchun» va «ish haqi va foizni koordinatsiya qilingani uchun» olinadi. «Ijtimoiy daromadlami taqsimlash» ijtimoiy qonun bilan tartibga solinadi, bu qonun «eng mukammal erkin raqobat»da har bir ishlab chiqarish omilini u hosil qilgan boylik summasi bilan ta’min etishi mumkin. Albatta, bu boylik miqdoriy jihatdan inson farovonligini ta’minlashdagi manbalari cheklanganligi bilan xarakterlanadi. «Har bir ishlab chiqarish omili» ijtimoiy mahsulotda bevosita ishlab chiqaigan boylik hissasiga ega. Klark fikricha, xayoliy statik ijtimoiy ishlab chiqarishga operatsiyalaming o‘zgarmas xarakteri xosdir, bunda doimo awalgi texnologik jarayonlarda yaxshi ma’lum boyliklar yaratilaveradi, boylik hajmi bunda o'smaydi va kamaymaydi. Yer ham bir xil mehnat qurollari yordamida ishlanadi, o‘sha hosil olinadi, boshqacha aytganda, ishlab chiqarish oiganizmi o‘z shaklini o'zgartirmaydi. Demak, bu holatda harakat yopiq tizimda boradi, iqtisodiyot barqaror va muvozanatda bo'ladi. Klarkning yozishicha, «iqtisodiy dinamikada» jahonning nonnal boyligi ko'proq bo‘ladi va ish haqining tabiiy darajasi hozirgidan ancha baland bo'ladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’i nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishning 47 hamma sohalari uchun umumiy bo‘lgan uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo'lishi shart (1-chizma). Ishchi kuchi deb, insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o‘zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (yer-suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat predmetlari , tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xom ashyo bo'lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan ' kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.




  1. Yüklə 23,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin