Qiyosiy pedagogika fanining tadqiqot bosqichlari Urganch davlat universiteti talabasi Davlatova O‘g‘iljon Ilhombek qizi Annotatsiya



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix03.09.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#141372
Davlatova O‘g‘iljon 70-72 CUSR



70 
Qiyosiy pedagogika fanining tadqiqot bosqichlari 
Urganch davlat universiteti talabasi 
Davlatova O‘g‘iljon Ilhombek qizi 
Annotatsiya: 
Ushbu maqola qiyosiy pedagogika taraqqiyotining bosqichlari 
hamda rivojlanishining boshlang‘ich bosqichlari haqida yoritib berilgan. 
Kalit so‘zlar:
Qiyosiy-pedagogika taraqqiyoti, Sharq uyg‘onish davri, qutadg‘u 
bilig, Mahbub ul-qulub. 
Abstract: 
This article describes the stages of the development of comparative 
pedagogy and the initial stages of its development. 
Key words:
Development of comparative pedagogy, Eastern renaissance period, 
kutadgu bilig, Mahbub ul-Qulub. 
Аннотация:
В данной статье описаны этапы развития сравнительной 
педагогики и начальные этапы ее развития. 
Ключевые слова:
Развитие сравнительной педагогики, период восточного 
Возрождения, кутадгу билиг, Махбуб ул-Кулуб. 
Qiyosiy pedagogika taraqqiyotining birinchi bosqichi – qadimgi davrlardan XIX 
arsgacha. Bu davr qiyosiy-pedagogik tadqiqotlar rivojlanishining boshlang‘ich 
bosqichi hisoblanadi. Yoki bu davrni boshqacha qilib, falsafiy davr deb atash mumkin. 
Chunki barcha muammolar falsafa fani doirasida ko‘rilgan. Turli mamlakatlarda ta‘lim-
tarbiya masalalari, ya‘ni ―Ular qanday o‘qitadilar?‖ degan savol qadim davrlardanoq 
ko‘pchilikni qiziqtirib kelgan. Ko‘pgina davlatlar o‘z bolalarini, yosh avlodni 
tarbiyalash uchun qo‘shni davlatlarning tajribalarini ham qo‘llaganlar. Masalan, 
qadimgi grek faylasufi Platon spartaliklarning tarbiya metodlarini o‘z vatani Afina 
maktablarida qo‘llash imkoniyatlarini ochib bergan. Qadimgi Rim tarixchisi Tastit esa 
o‘zining ―Nemislarning kelib chiqishi va Germaniyaning joylashgan o‘rni‖ deb 
nomlangan asarida o‘sha vaqtlardagi nemis qabilalarida bolalar va yoshlar 
tarbiyasining o‘ziga xos jihatlarini bayon etadi. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning 
―Tarix‖ kitobida qadimgi forslar, saklar, massagetlarning ta‘lim-tarbiyaviy 
qarashlariga oid muhim ma‘lumotlar berilgan. 
Sharq Uyg‘onish davri yirik mutafakkiri Abu Nasr Forobiy o‘zining ―Fozil 
odamlar shahri‖ nomli asarida ta‘lim – tarbiyaga, inson kamolotiga munosabat nuqtai 
nazaridan ikki xil shahar yoki mamlakat – fozil hamda johil odamlar shahrini o‘zaro 
qiyoslaydi. Ta‘lim-tarbiya borasidagi eng nodir va qimmatli tajribalarni ―Fozil shahar‖ 
timsolida ko‘rsatsa, ta‘lim-tarbiya borasidagi eng nomaqbul va xunuk hodisalarni 
(didaktogeniya) ―Johil odamlar shahri‖ misolida ko‘rsatadi. Yusuf Xos Hojibning 
―Qutadg‘u bilig sari ham komil inson tarbiyasi to‘g‘risidagi eng qimmatli 


71 
qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Alisher Navoiyning ―Mahbub ul-qulub 
asarida ham ta‘lim, tarbiya, mudarris, dars, komillik, ilm, kasb-hunar to‘g‘risigi 
g‘oyalar bayon etiladi. Bunda mudarris va shogird munosabatlari odobi to‘g‘risida 
qimmatli ma‘lumotlar keltiriladi. O‘rta asrlarda Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida 
qo‘shni mamlakatlarda ta‘lim tizimi tashkil qilinishi bilan tanishish ehtiyoji kuchaydi. 
Boshlang‘ich maktabdan universitetgacha bo‘lgan ta‘lim tizimining uzluksiz 
strukturasi va tamoyillarini ishlab chiqishda Ya.A.Komenskiy Chexiya, Vengriya, 
Gollandiya, Shvetsiya kabi mamlakatlar tajribasiga ko‘p marta murojaat qiladi. 
M.Monten o‘zining ―Tajribalar‖ deb nomlangan asarida Uyg‘onish davrida 
Fransiyadagi ta‘limtarbiyaning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida ma‘lumot beradi. 
Yevropa pedagogik tafakkuri evolyutsiya bosqichlarida XVIII asr oxiri XIX asr 
boshlari juda muhim davr hisoblanadi. Bu esa, xorijiy pedagogik tajriba va uni milliy 
ta‘lim muammolariga qiyoslashga qiziqishni kuchaytirdi. 
Qiyosiy pedagogika taraqqiyotining ikkinchi bosqichi – ilmiy qiyosiy 
pedagogikaning paydo bo’lishi (XIX asr oxiridan XX asr boshlarigacha). Bu davrda 
qiyosiy pedagogika fan sifatida ilmiy asoslandi va pedagogikaning mustaqil sohasiga 
aylandi. Mohiyatan olib qaraganda, bu davr qiyosiy pedagogikaning alohida fan sohasi 
sifatida pedagogik hodisalarni ilmiy asosda o‘rgana boshlangan ilk davri edi.
Qiyosiy pedagogika taraqqiyotining uchinchi bosqichi – krizisli bosqich (XX 
asrning 60-yillaridan 80-yillarigacha). Komparativistikaning ushbu rivojlanish 
bosqichi jamiyat ehtiyojlari bilan ta‘lim natijalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar 
pedagogika fani va amaliyotida anglanganligi davriga to‘g‘ri keladi. YUNESKOning 
xalqaro ta‘limni rejalashtirish instituti direktori Filipp Kumbs 1968 yilda ―Ta‘lim 
inqirozi‖ deb nomlangan asarini yozdi. Asarning mashhurligi shu bilan belgilanadiki, 
Kumbs unda ijtimoiy hayotda ma‘lum bo‘lgan muammolarni aniq ko‘rsatib bergan. Bu 
muammolarni ―xippi deb nomlangan yoshlar harakatininng kengayishida, ―jinsiy 
revolyutsiya, ―ayollar harakati‖ va boshqa ijtimoiy voqeliklarda kuzatish mumkin edi. 
Yoshlar o‘z ota - onalarining ijtimoiy tajriba va qadriyatlarini o‘rganishdan bosh 
tortadilar. Bu holat ta‘lim va tarbiya sohasida qiyosiy taqqoslovchi xarakterga ega 
bo‘lgan izlanishlar sonining sezilarli darajada oshishiga turtki bo‘ldi. O‘tgan asrning 
60-70 yillarida O‘zbekistonda ham ta‘lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, fan-
texnika sohasida yutuqlarga erishish maqsadida iste‘dodli kadrlar tanlab olinib
yetakchi ilm dargohlari hamda ta‘lim muassasalarida o‘z tajribalarini oshirishlari 
borasida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Buning natijasida yadro fizikasi, 
biotexnologiya, alkoloidlar kimyosi, paxtachilikni rivojlantirish kabi bir qator 


72 
sohalarda o‘zbek olimlari sezilarli yutuqlarga erishib, tegishli ravishda o‘z ilmiy 
maktablarinini yaratdilar. 
Qiyosiy pedagogika rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi – integratsion bosqich 
(XX asrning 80-yillaridan hozirgi kungacha). ―Integratsiya‖ turli qismlar, 
bo‘laklarning bir tizimga birlashish, uyg‘unlashish jarayonidir. Integratsion 
bosqichning o‘ziga xosligi globallashuv va uning zamonaviy ta‘lim rivojlanishiga 
ta‘siri bilan xarakterlanadi. Globallashuv – bu avvalo hayot sur‘atlarining beqiyos 
darajada tezlashuvi demakdir. Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro 
poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega. Globallashuv jarayonining tezlashish 
omillaridan biri internetdir.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, hozirgi ommaviy globallashuv 
sharoitida nafaqat ta‘limni, balki madaniyat, kinomatografiya, musiqa, san‘at kabi 
inson ma‘naviyatini shakllantirish hamda rivojlantirishga yordam beradigan sohalarni 
milliy mentalitetni saqlagan holda qiyosiy tahlil etish har tomonlama rivojlangan 
yoshlarni voyaga etkazish imkoniyatini beradi. Hozirgi pedagogika fani hamda ta‘lim 
muassasalari oldida o‘rganish, taqqoslash, xulosalash zarur bo‘lgan qator muammolar 
turibdi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.G‘umilov L. N. Qadimgi turkiylar. “Fan”, Toshkent, 2007. 
2. Rafiyev A. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2004. 
3. 
www.google.com
 internet tarmog‘i 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin