Akademik qobiliyat (barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimga ega bo`lishligi)
Persteptiv qobiliyat (qisqa daqiqalarda auditori holatini idrok qila olish fazilati).
Nutqiy qobiliyat (ixcham, ma`noli, ohangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega bo`lgan nutq, nutqning jarangdorligi, uning pauza mantiqiy urg`uga rioya qilishi).
Tashkilotchilik qobiliyati (sinf, guruh yoki kursni uyushtirish va uni boshqarish iste`dodi).
Obro`-nufuzga ega bo`lishlik qobiliyati. (o`zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aqlliligi, faxm-farosatliligi,mustaqil irodasi bilan obro` orttirishga uquvchanligi).
Muomala va muloqot o`rnata olish qobiliyati.
Psixologik tashxis (diagnoz ) qilish qobiliyati (insonning kelajagini oqilona tasavvur qilishdan iborat bashorati).
Diqqatni taqsimlash qobiliyati (bir necha ob`ektlarga bir davrning o`zida o`z munosabatini bildirishga uquvchanligi).
Iymon-e`tiqodga, faol, hayotiy pozistiyaga yo`naltirish qobiliyati.
Konstruktiv qobiliyat (o`quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini oldindan aytish qobiliyati).
Gnostik qobiliyat (Tadqiqotga layoqatlilik).
1. DIDAKTIK QOBILIYATLAR-bu bolalarga o`quv materialini aniq va ravshan tushuntirib oson qilib etkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg`otib, ularda mustaqil faol fikirlashni uyg`ota oladigan qobiliyatlaridir.
1. DIDAKTIK QOBILIYATLAR-bu bolalarga o`quv materialini aniq va ravshan tushuntirib oson qilib etkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg`otib, ularda mustaqil faol fikirlashni uyg`ota oladigan qobiliyatlaridir.
Didaktik qobiliyatga ega bo`lgan o`qituvchi zarurat tutilganda qiyin o`quv materialini-osonroq, murakkabrog`ini soddaroq, tushunish qiyin bo`lganini tushunarliroq qilib o`quvchilarga moslashtirib bora oladi. O`qituvchining mana shu hislatlarini bilib olgan o`quvchilar odatda: “O`qituvchining eng muhim tomoni ham uning hamma narsani aniq-ravshan va tushunarli qilib berishida-da. Bunday o`qituvchining qo`lida mazza qilib o`qiging keladi”; “Unisi esa hech narsaga yaramaydigan o`qituvchi, hech ham aniq tushuntirib bera olmas edi”; “O`quv materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, zerikarli va noaniq-mujmal qilib tushuntiradi. Biz bunday o`qituvchilarni yoqtirmaymiz” -deydilar.
Hozirgi tushunchamizdagi kasbiy mahorat shunchaki bilimlarni osonroq, hammabop va tushunarli qilib o`quvchilar ongiga etkazib berish qobiliyatininigina emas balki, shu bilan birga o`quvchilarning mustaqil ishlarini, ularning bilish faoliyatini oqilona va mohirlik bilan boshqarib, ularni kerakli tomonga yo`naltirib turishdan iborat qobiliyatni ham o`z ichiga oladi.
Mana shu qobiliyatlar asosida o`quvchilar psixologiyasiga xos doimiy ustanovka (yo`naltirish). bo`lishi shart. Qobiliyatli pedagog o`quvchilarning tayyorlik darajasini, ularning taraqqiyoti darajasini hisobga olgan holda bolalarning nimani bilishi va nimani bilmasligini, nimalarni allaqachon esdan chiqarganliklarini tasavvur qila oladi.