2. AKADEMIK QOBILIYATLAR-matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir.
Qobiliyatli o`qituvchi o`z fanini kurs hajmidagini emas, balki atroflicha keng, chuqur bilib, bu sohada erishilgan yutuqlar va kashffiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, o`quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo`lsada tadqiqot ishlarini olib boradi.
Ko`pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o`qituvchi o`z fani bo`yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirish, o`quvchilarda katta qiziqish uyg`ota olish uchun u yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli, keng erudistiyali (bilimdon) odam bo`lmog`i lozim.
Bunday o`qituvchilar haqida o`quvchilar: “Mahmud aka huddi professorning o`zginasi-ya. Biz uning bilmagan birorta sohasi bormikan deb tez-tez o`ylab turamiz. Darslarga u burun vujudi bilan kirishib ketadi” deydilar. Ba`zan o`quvchilar o`z o`qituvchisi haqida “Baqir-chaqir qiladi-yu, ammo zarracha bilimi yo`q” deb butunlay teskarisini aytsalar juda alam qiladi.
3. PERTSEPTIV QOBILIYATLAR- bu o`quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o`quvchi shaxsning vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog`liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatlardir.
3. PERTSEPTIV QOBILIYATLAR - bu o`quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o`quvchi shaxsning vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog`liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatlardir.
Qobiliyatli o`quvchi bolalarning har qanday mayda-chuyda hatti-harakatlarida, yorqin ifodalanadigan ayrim tashqi holatlarida hamda ularning ichki dunyosida yuzaga keladigan o`zgarishlarni sezdirmasdan ilib oladi. Ana shunday hollarda o`quvchilar: “Muhabbat opa kimningdir kayfiyatida o`zgarishlar bo`lsa yoki kimdir dars tayyorlamasdan kelgan bo`lsa ko`ziga qaraboq bilib oladi”, “Bizning o`qituvchimiz hech qayoqqa qaramasa ham, hamma narsani ko`rib turadi” deydilar.
4. NUTQ QOBILIYATI-kishining o`z tuyg`u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu o`qituvchilik kasbidagi muhim qobiliyatlardandir. Chunki o`qituvchidan o`quvchilarga uzatiladigan axborot asosan ikkinchi signal tizimi-nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. (“Biz uchun adabiyot o`qituvchimiz-Nazira opaning darsini eshitishdan katta lazzat yo`q. Nazira opamlar shu qadar yaxshi va chiroylik qilib gapiradilarki, hatto tanaffusga chalingan qo`ng`iroq ham halaqit beradi”).