QOBILIYATLARNING TURLARI Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo`ladi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo`lganda kishi faoliyatning turli xillari bilan muvaffaqiyatli shug`ullana oladi. Maxsus qobiliyatlar kishiga qandaydir bir muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullanish imkoniyatini beradi. Masalan, matematik, texnikaviy, adabiy, musiqiy, tasviriy va boshqa qobiliyatlar bo`ladi.
Umumiy qobiliyatlarga ko`p hollarda intellekt, tafakkurning kreativligi va shaxsning psixomotor qobiliyatlari kiradi deb hisoblaydilar.
INTELLEKT. Yuqorida ko`rsatib o`tganimizdek odamning aqliy rivojlanish darajasini o`rganishga intilish "intellekt" tushunchasini va nazariyasininng yaratilishiga olib keldi. Ko`rsatib o`tganimizdek intellektini o`lchash va baholash uchun turli testlar qo`llaniladi. Ularning barchasi intellekt testlari degan umumiy nom bilan ataladilar. Biz yuqorida intellektini baholashda ko`p qo`llaniladigan testning mohiyatiga qisqa to`xtalib o`tgan edik. Shuni ta`kidlab o`tish lozimki, ulardagi formulalar bolalar intellektini o`lchashda qo`llaniladi. Katta yoshli kishilar intellektini baholash uchun boshqa mezon, individual natijani biror meyor (ko`pchilikni o`rganish natijasida tajriba yo`li bilan topilgan) bilan taqqoslanadi. Quyida biz shunday jadvallardan birini keltiramiz.
Intellektni baholash jadvali.
Intellekt
koeffitsienti
IQ
Aqliy rivojlanish darajasi
% hisobida taqsimlanganlik ko`rsatgichi
130 va yo’qori
Juda yuqori
2,2
120 - 129
Yo’qori
6,7
110 - 119
Yaxshi
16,1
90 - 109
O`rta
50,0
80 - 89
Past
16,1
70 - 79
Chegara ko`rsatgichi
6,7
69 va past
Aqliy zaiflik
2,1
Ko`rinib turibdiki, (jadvalga qarang) yuqori intellektga egalar va aqliy zaiflar 2% ni tashkil qilar ekan. Aqliy rivojlanish darajasini o`lchash ko`proq aqliy zaiflikni, ijtimoiy qarovsizlikni yoki kasbga tanlash maqsadida qo`llaniladi. Hozirgi vaqtda psixologik tadqiqotlar intellektning o`zgarmasligini inkor qiluvchi, uning juda ko`plab omillarga bog`liq (ijtimoiy muhit, oila, irsiyat, motivatsiya) ekanligini ko`rsatmoqda. Shu sababli intellekt koeffitsienti kishining taqdirini belgilovchi birdan-bir ko`rsatgich sifatida qo`llanilishi mumkin emas.