Qobilova Muqaddas 1bts 22-guruh Esse Vatanparvarlik



Yüklə 22,65 Kb.
tarix10.05.2023
ölçüsü22,65 Kb.
#110787
Muqaddas esse


Qobilova Muqaddas
1BTS 22-guruh
Esse
Vatanparvarlik

Mustaqil mamlakatimizda kechayotgan islohotlar samarasi o‘laroq, jamiyatimizning barcha jab-halarida munosib yutuqlar qo‘lga kiritilayapti. Aholining tinch, osuda va farovon hayot kechirishini ta’minlash ana shu sa’y-harakatlarning tub mohiyatini tashkil etadi. Tinchlik, osoyishtalik avvalo oiladan, mahalladan boshlanadi. Shu ma’noda, yurtimizdagi har bir aholi yashash joylarida ichki ishlar xodimlari, uchastka nozirlari, mahalla faollari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida fuqarolarni ogohlikka da’vat etuvchi tadbirlar o‘tkazib kelinayotir.


Vatanparvar — bu kishilarning ona yurtiga, oʻz oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy boʻlgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuygʻu, maʼnaviy qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan Vatanparvarlik kishilarning oʻz vatanlari taqdiri bilan bogʻliq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning oʻzlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yoʻlidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his-tuygʻular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning oʻtmishi va hoziri bilan faxrlanishda, uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon boʻladi. Vatanni sevish iymondandir deb ham bejizga aytishmagan. Vatanparvar insonlar vatanimizda juda ham ko'p uchraydi. Masalan, Abdulla Avloniy, u qatag'on yillari paytida yashagan bo'lsa ham so'z erkinligi unda juda rivojlangan. Mahmudxo'ja Behbudiy, u o'zining bolalarni o'qitish kitoblari bilan Vatanimizda tanilgan. Uning bolalarga Chet tilini o'rgatish, Savod chiqarish va boshqa o'qitishga oid qilgan ishlari taqsimga loyiq.Birinchi prezidentimizning "YUKSAK MA'NAVIYAT YENGILMAS KUCH asarida "ham ajdodlarimiz oz ona yurtlari uchun qoshgan hissalari haqida juda kop malumotlar keltirilgan masalan chingizxon zulmiga qarshiliklar Amir Temur jasorati Jaloldin Manguberdi va boshqa buyuk sarkardalar haqida malumotlar berilgan .
Vatanparvarlik – vatanga muhabbat va sadoqat, vatan uchun xizmat qilish va bu yo‘lda butun umrini va salohiyatini baxshida etish, kerak bo‘lsa, o‘z jonini ham fido qilish demakdir. Vatanparvarlik barcha insonlar, millatlar, xalqlar uchun umumiy bo‘lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg‘u, ma’naviy qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan vatanparvarlik insonlarning o‘z vatani taqdiri bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, xalqlarning o‘zlari yashayotgan hudud daxlsizligi va mustaqilligi yo‘lidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his-tuyg‘ular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning o‘tmishi va buguni bilan faxrlanishda, kelajagi uchun qayg‘urish va daxldorlikda, uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon bo‘ladi.
Tabiiyki, inson qayerda dunyoga kelsa, ana shu yer uning uchun qadrli Vatan hisoblanadi. Kindik qoni to‘kilgan joy inson uchun hech narsaga alishib bo‘lmaydigan, hamma narsadan ham qimmatli dargohdir. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hazrati Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu bilan Madinai munavvaraga hijrat qilib ketayotganlarida orqalariga o‘girilib, ya’ni Makkai mukarramaga qarab:
«Agar qavmim meni Makkadan chiqib ketishga majbur qilmaganida, hecham o‘z ixtiyorim bilan uni tashlab ketmagan bo‘lar edim», – deganlar.
Demak, vatanni sevish, uni sog‘inib yashash insoniyat fitratida mavjud bo‘lgan nozik hisdir. Biror sabab bilan vatanini tashlab, boshqa yurtlarga ketgan kimsa eng og‘ir damlarida uni qo‘msab, ko‘z oldiga keltirishi va tug‘ilib o‘sgan zamini haqida biror qayg‘uli xabar eshitganda qalban ezilishi, yutuqlaridan quvonishi ham vatanga bo‘lgan muhabbatning belgisidir.
Tarixdan ma’lumki, birorta millat boshqa bir millatni tahqirlamoqchi yoki oyoqosti qilmoqchi bo‘lsa, avvalo, uning vatanini bosib olib, vayron qilgan yoki vatanidan quvib chiqargan. O‘z vatanining dushmanlar qo‘lida qolganini ko‘rgan millat uchun bundan ortiq xo‘rlik va azob bo‘lmasa kerak. Zero, Vatan, millat, din tushunchalari inson uchun har narsadan aziz va muqaddasdir. Shuning uchun ham dinimiz ta’limotida ona Vatan himoyasi, millat farovonligi haqida qayg‘urish Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadislarida ham keng yoritilgan.
Xalqning boshiga og‘ir kun kelganda jonini saqlash uchun vatanni tashlab qochish insoniylikka to‘g‘ri kelmaydi. Xalqimizda «o‘zga yurtda shoh bo‘lganingcha o‘z yurtingda gado bo‘l», degan hikmatli so‘z ham bor. O‘z huzur-halovatini o‘ylab, o‘zgalarni unutgan kishi hech qachon ona Vataniga, xalqiga nisbatan sadoqatli bo‘lolmaydi.
Islomda Vatan tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, avvalo u istiqomat maskani, ya’ni uy-joy ma’nosida ishlatiladi. Islom dini ta’limotida inson o‘zi yashab turgan Vatanini, dinini, oila ahlini himoya qilishi eng ulug‘ amallardan ekanligi ta’kidlangan. Vatan himoyasi uchun harbiylar safida turish ham dinimizda ulkan savobli amal sanaladi. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Bir kecha kunduz «ribot», (ya’ni dushman qarshisida turish) bir oy tutilgan nafl ro‘za va o‘qilgan tungi namozdan yaxshidir», – deb marhamat qilganlar (Imom Muslim rivoyati).
Ulamolardan birlari aytgan edi: «Har bir kimsaga ma’lumdirki, hayot olamida insonning eng sevgan, qadrli, qimmatli to‘rt narsasi bordir. Bu to‘rt narsaga ega bo‘lmagan kishilar insonlik sharafidan mahrum bo‘lurlar. Ular: ozodlik va erkinlik, mehnat bilan topilgan molga o‘zi egalik qilmog‘i, tug‘ilib o‘sgan ona Vatani hamda asrlar bo‘yi asrab-avaylab kelayotgan muqaddas dini».
Hakimlar aytadilar: «Kishining vafodorligi uning o‘z vatani uchun qayg‘urishidan, birodarlarini sog‘inishidan va umrining zoye ketkazgan lahzalariga o‘kinib yashashidan bilinadi». Insonning o‘z xalqiga bo‘lgan sadoqati va fidoyiligi uni vatanini himoya qilishiga, taraqqiy topib, har tomonlama mustahkam va qudratli bo‘lishiga hamda xalqining tinch va farovon hayot kechirishiga imkoniyat darajasida hissa qo‘shishga undashi lozim.
Vatanni turli g‘arazli oqimlar va yovuz kuchlardan himoya qilish yo‘lida diniy ekstremizm va uning turli ko‘rinishlariga qarshi kurashish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar o‘z samarasini berib, sezilarli darajada ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlardan boshlab kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarga e’tibor kuchaytirildi. Yurtimizda amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar kelajagimiz egalarini Vatanga, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu davrda yuksak maqsad – muddaolarga erishish uchun yurtimizda qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlashning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan Qurolli Kuchlar xodimlariga yuksak e’tibor qaratildi, mazmun-mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlar amalga oshirildi.
Jonajon Vatanimiz tinchligi, osoyishtaligini ta’minlashdek mas’uliyatli, shu bilan birga, savobli ishlarni bajarishga posbonlarimiz kamarbasta. Ularda buning uchun matonat, mardlik va jasorat kabi fazilatlar yetarli.
Zero, har bir oilada o‘g‘il farzand tug‘ilganda ota-ona bilan bir qatorda yurt – Vatan ham suyunib, shodu xurram bo‘lar ekan. Chunki o‘g‘il farzand nafaqat ota-onasi, oilasini, balki butun xalqini, Vatanini himoya qiladigan o‘g‘lon hisoblanadi. Yurtimiz tinchligi va barqarorligini saqlashda, mamlakatimiz hududini himoya qilishda harbiy xizmatchilarning xizmatlari beqiyosdir.
O‘z oromi, tinchi, huzur-halovati, rohat-farog‘ati, kerak bo‘lsa jonidan kechib, Vatanimiz tinch¬ligi va osoyishtaligini himoya qilayotgan ona yurt posbonlarining mashaqqatli xizmatini alohida e’tirof etmoqchimiz.
Vatanparvarlik tushunchasini yanada kengroq tushunish uchun Furqat, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Abdulla Avloniy, Usmon Nosir, Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov asarlarini mukammal o’rganish lozimdir.
Vatanparvarlik insonning qon-qoniga singgan bo’lishi lozim. Shu o’rinda I.A.Karimovning: “Yurtga, Vatanga muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob azaliy fazilatlarni asrab-avaylash va yanada takomillashtirish farzandlarimizni ozod va demokratik O’zbekistonning munosib o’g’il-qizlari etib tarbiyalash masalasi ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning asosiy yo’nalishini tashkil etmog’i kerak”, -degan so’zlari o’rinlidir. Har bir insonning o’z vatani bo’lgandagina u haqiqiy vatanparvar bo’la oladi. Vatanparvarlik, o’zi tug’ilib o’sgan yurtini, yerini, elinie’zozlash, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy taraqqiyoti haqida qayg’urish, g’amxo’rlik qilish, taraqqiyotga o’zining munosib hissasini qo’shish, o’z davlati, mamlakatining mustaqilligini saqlash uchun jon kuydirishi va kerak bo’lganda unga o’z hayotini bag’ishlashidir.
Vatanparvarlik Vatan so’zi bilan chambarchas bog’langan bo’lib, Vatan, ana shu vatanparvarlikni paydo qiladi. Vatan so’zi arabcha so’z bo’lib, “ona yurt” ma’nosini bildiradi. Bu tushunchani ikki-keng va tor ma’nolarda tushunish mumkin. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma’noda tushunishdir. Agar, bir xalq vakillari doimiy holda yashagan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, uni keng ma’noda tushuniladi.
Vatanparvar bo’lish bu – vatanni sevish, xalqiga munosib ish qilish, o’z vatanituprog’ini e’zozlash, qadriga yetish demakdir. Sababi, Vatan har bir shaxsning o’tmishi va buguni, kelajagidir.
O’z Vatani va millati oldidagi burchini anglab yetish har bir shaxsning oliy maqsadi bo’lishi zarur. Avvalo, shu shaxs o’z Vatanining bir bo’lagi ekanini his etishi, bu bilan faxrlanishi lozim. Vatanda kamol topganligini unutmasligi, o’z o’rnida aynan Vatan undan mehr va oqibat kutajagini esda saqlashi tabiiy holda bo’lishi kerak. Shunday qilingandagina shaxs baxt-saodatga erishishi mumkin.
Prezident Karimov.I.A. “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat” nomli asarida: “O’zbekistonning har bir asl farzandi o’zini ota yurtining ajralmas bo’lagi deb his etayapti va bundan faxranyapti. Istiqlol bergan eng katta boyliklardan biri ana shu desak yanglishmagan bo’lamiz”, - deb yozgan edi. Ha vatanparvarlik mustaqillik bilan chambarchas bog’langandir. Bular bir-birini to’ldirsagina shaxs ma’naviyati yetuk hisoblanadi. Ma’naviyat, xulqni yaxshilash va yuksak darajaga ko’tarish Vatan tuyg’usini mustahkamlash bilan hamohangdir. Zero, Vatan va xalq oldidagi vazifani anglash yuksak ma’naviyat belgisidir. Darhaqiqat, ma’naviyat va ma’rifatda kuch-qudrat mujassamlashgan. Ma’naviy jihatdan yetuk bo’lmagan shaxs o’z Vatanining nima ekanini anglab yetmaydi. Ushbu jihatni anglamagan shaxs, o’zini ham anglamaydi. Vatanparvarlik inson ma’naviyati bilan bog’langan. Sababi ma’naviyat ham o’z tarixiga ega. U tarixiy madaniyatimizga, merosimizga borib taqaladiki, birinchi navbatda mazkur jarayonni ham unutmasligimiz lozim. “Ma’naviyat o’z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Хotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o’ztarixini bilmgan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi”. Demak, vatanparvarlik ma’naviy xislatlar bilan bir butunning ikki qismidir.
Insonparvarlik tushunchasi ham keng qamrovli tushunchadir. Insonparvarlik– bu insonga bo’lgan mehr-oqibat, sadoqat, samimiyatdir. Insonparvarlik tushunchasida juda ko’plab tushunchalar o’z ifodasini topadi. Bu tushunchalarga misol qilib insoflilik, iymon-e’tiqod, ishonch, mehmondo’stlik, hurmat-izzat, odillik, adolatparvarlik, saxiylik, sabr-toqatlilik, o’zi va o’zgalarni tushunish, sadoqatlilik, mehnatsevarlik, sidqidillik kabilarni olish mumkin. Binobarin, bu tushunchalar insonparvarlikning shakllanishida muhim omillardandir.
Insonlar o’rtasida adolat va tinchlikni ta’minlash ham vatanparvarlik va insonparvarlikdir. O’z navbatida bu jarayonlar insonlarning ma’naviy va ma’rifiy axloqiy holatlariga ta’sir etadi. Shu bilan birga bu, yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim bir vositasidir. Insonparvarlik normalari va burchlarining buzilishi o’zaro tenglikka salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ma’naviy tarbiyani izdan chiqaradi.
Insonparvarlik insoniyat tarixida hayot tajribasiga ega bo’lgan buyuk shaxslar, sarkardalar, allomalar tomonidan o’rtaga qo’yilgan va targ’ib qilingan. Ayniqsa, diniy kitoblarda insonparvarlikka katta e’tibor qaratilgan. Insonparvarlik g’oyalarini mukammal o’rtaga qo’ygan dinlardan biri Islom dinidir. “Qur’oni Karim” va hadislarda aytilgan ko’plab hikmatlar ushbu fikrimizni tasdiqlaydi. Insonparvarlik insonlarning o’zaro hurmatida, bir-birini qadrlashida, mehr-oqibatli bo’lishida, ko’maklashishida, hamdardligida, qayg’uga sherik bo’lishida ko’rinadi.
Insonparvar bo’lgan shaxs Vatan tuyg’usini o’zida mujassamlashtirgan bo’ladi. U Vatandek ulug’ ne’mat yo’qligini boshqalardan ko’proq tushunib yetgan bo’ladi. Vatan tuprog’i lazzatdir. Shu sababli ham insonparvar bo’lgan shaxs o’z manfaatlaridan Vatan manfaatini ustun qo’yadi. Shu manfaat bilan yashaydi, ijod qiladi. U o’z ijodidan boshqalarni bahramand qiladi. U o’z ijodidan boshqalarni bahramand qiladi, o’zi esa qanoatli, ya’ni sabr toqatli bo’ladi.
Yüklə 22,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin