Qobilyatlarni aniqlash diagnostikasi


Qobiliyatlardagi tug’ma va orttirilgan sifatlar



Yüklə 29,19 Kb.
səhifə3/7
tarix29.12.2021
ölçüsü29,19 Kb.
#48613
1   2   3   4   5   6   7
Qobilyatlarni aniqlash diagnostikasi

Qobiliyatlardagi tug’ma va orttirilgan sifatlar.

Ba’zan o’ta iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa, undagi bu sifat tug’ma ekanligiga ishora qilishadi. Talantli, genial olim, san’atkor yoki mutaxassis haqida gap ketsa ham xuddi shunday. Umuman qobiliyatlarning tug’ma yoki orttirilgan ekanligi masalasi ham olimlar diqqat markazida bo’lgan muammolardan. Psixologiyada tug’malik alomatlari bor individual sifatlar layoqatlar deb yuritildi va uning ikki xili farqlanadi :   tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Birinchisi odamdagi tug’ma xususiyatlardan — oliy nerv tizimi faoliyatining xususiyatlari, miyaning yarim sharlarining qanday ishlashi, qo’l — oyoklarning biologik va fizilogik sifatlari, bilish jarayonlarini ta’minlovchi sezgi organlari — ko’z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa (bo’lar nasliy ota — onadan genetik tarzda o’tadi), ijtimoiy layoqat — bola tug’ilishi bilan uni o’ragan muhit, muloqot uslublari, so’zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish uchun zarur shart — sharoitlar (ular ota — ona tomonidan yaratiladi)dir. Layoqatlilik belgisi — bu o’sha individga aloqador bo’lib, u bu ikkala layoqat muhitini tayyoricha qabul qiladi.

Qobiliyatsizlik va intellektning pastligi sabablaridan ham biri shuki, ana shu ikki xil layoqat o’rtasida tafovut bo’lishi mumkin. Masalan, genial rassom oilasida bola to’g’ildi deylik. Unda rassomchilik uchun tug’ma, genetik belgilar otasi tomonidan berilgan deylik. Lekin bolaning onasi farzandining ham rassom bo’lishini xoxlamasligi, o’ziga o’xshash qo’shiqchi bo’lishini xoxlashi mumkin. Ayol bolani yoshlikdan faqat musiqa muhitida tarbiyalaydi. Tabiiy layoqatning rivoji uchun ijtimoiy layoqat muhiti yo’q, ijtimoiy layoqat o’sishi uchun esa tabiiy, tug’ma layoqat yo’q bo’lgani sababli, bolada hech qanday talant namoyon bo’lmasligi, u oddiygina musiqachi yoki qo’shiqchi bo’lish bilan cheklanishi mumkin. Intellekt testlari va qobiliyatdagi tug’ma va orttirilgan belgilarni o’rganishning psixologik ahamiyati aynan shunda. Ilk yoshlikdan bolaning o’zidagi mavjud imkoniyatlarni rivojlantirish shart — sharoitini yaratish ishini to’g’ri yo’lga qo’yish kerak.

Orttirilgan sifati shuki, bola toki bilim, malaka va ko’nikmalarni o’stirish borasida harakat qilmasa, eng kuchli tug’ma layoqat ham layoqatligicha qolib, u iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng buyuk ishlari, erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarining tagida ham qisman layoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bilimga chanqoqlik yotgan. Shuni ham unutmaslik kerakki, qobiliyatsiz odam bo’lmaydi. Agar shaxs adashib, o’zidagi haqiqiy iqtidor yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo’lsa, tabiiy, u atrofdagilarga layoqatsiz, qobiliyatsiz ko’rinadi. Lekin aslida nimaga uning qobiliyati borligini o’z vaqtida to’g’ri aniqlay olishmagani sabab u bir umr shu toifaga kirib qoladi.

Shuning uchun ham har bir ongli inson o’zidagi qobiliyat va zexnni ilk yoshlikdan bilib, o’sha o’zi yaxshi ko’rgan, «yuragi chopgan» ish bilan shug’ullansa, va undan konikish olib, qobiliyatini ustirishga imkoniyat topib, yutuqlarga erishsa, biz uni iqtidorli deymiz. Iqtidor — insonning o’z hatti — harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan sub’ektiv munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki talantli bo’lmasligi mumkin, lekin u  har qanday ishda mardlik, chidamlilik, o’z — o’zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega bo’lib, o’zlari shug’ullanayotgan ishni bajonidil, sitqidildan bajaradi. Ular ana shunday harakatlari bilan ba’zi o’ta iste’dodli, lekin kamharakat kishilardan ko’ra jamiyatga ko’proq foyda keltiradi. Iqtidorli insonda iste’dod sohibi bo’lish imkoniyati bor, zero iste’dod — har tomonlama rivojlangan, nixoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir. U tinimsiz mehnat, o’z qobiliyatini takomillashtirib borish yo’lida barcha qiyinchiliklarni engish va irodasi, butun imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo’lga kiritiladi.

 


Yüklə 29,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin