Qobiq turbali i a. q –––––––Turba ichida turba i a. q


Zmeevikli issiqlik almashinish qurilmalari



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix10.01.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#78844
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qobiq turbali i a. q –––––––Turba ichida turba i a. q

Zmeevikli issiqlik almashinish qurilmalari 
 Bu turdagi qurilmalar tsilindrsimon qobiq ichida joylashgan spiralsimon 
zmeevikdan iborat. Bunda zmeevik asosan 25-75 mm li trubalardan tayyorlanadi. 
Zmeevik 
trubalaridan 
gaz 
yoki 
bug’ 
harakatlanadi 
(4- 
rasm). 
Zmeevikli isitkich. 
Suyuqlik bilan to`ldirilgan idishning hajmi katta bo`lgani va idish ichidagi 
suyuqlikning tezligi juda kichik bo`lgani uchun zmeevikning tashqi devori 
tomonidagi bug’ bilan suyuqlik orasida issiqlik berish koeffitsienti ham kichik 
bo`ladi. Qurilmaning hajmini kamaytirish va suyuqlikning tezligini oshirish uchun 
uning ichiga stakanga o`xshash idish joylashtiriladi. 
Agar issiqlik tashuvchinig miqdori katta bo`lsa, bir necha parallel 
sektsiyalardan iborat bo`lgan zmeeviklar o`rnatiladi. Sektsiyalar bunday parallel 
ulanganda, muhitning tezligi va harakat yo`li kamayishi natijasida qurilmaning 
gidravlik qarshiligi ham kam bo`ladi. Bu qurilmalarda isitilayotgan suyuqlik 
asosan kichik tezlikda harakatlanganligi sababli zmeevik devoridan issiqlik erkin 
konvektsiya usulida o`tkaziladi. Ularning kamchiligi shundaki, issiqlik almashinish 
yuzasi va issiqlik berish koeffitsienti nisbatan kichik, lekin ularni ta`mirlash oson. 
 


"Truba ichida truba" tipidagi issiqlik almashinish qurilmai. Bu turdagi 
qurilmalar bir-biri bilan kontsentrik joylashgan ichki va tashqi trubadan tashqil 
topgan. Bularda isitilayotgan yoki sovitilayotgan mahsulot asosan ichki truba 
orqali uzatiladi. Trubalar orasidagi bo`shliqdan esa yuzani ifloslantirmaydigan 
issiqlik tashuvchi yuboriladi. 
Bu tipdagi isitkichlar yuqori bosimda va issiqlik tashuvchilarnig sarfi kam 
bo`lganda ham ishlaydi. Bunday qurilmalarning afzalligi shundaki, ularni 
tayyorlash oson. Kamchiligi: issiqlik almashinish yuzasi nisbatan kichik. Ishlab 
chiqarish yuzasini iqtisod qilish maqsadida bular bir-biri bilan kalach va 
patrubkalar yordamida tutashtirilgan bir necha elementli va bir necha sektsiyali 
qilib tayyorlanadi. «Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish qurilmaining 
sxemasi 5 - rasmda keltirilgan bo`lib, qurilma ichki truba 1, tashqi truba 2, kalach 3 
va birlashtiruvchi patrubka 4 dan iborat (I, II issiqlik tashuvchi agentlar). 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin