Yurakning sistolik va minutlik hajmi. Yurak qorinchalari bir marta qisqarganida 65—70 ml qonni aortaga chiqaradi. Bu yurakning sistolik hajmi deb ataladi. Sistolik hajmni bir minutdagi qisqarishlar soniga ko‘paytirish orqali har bir yurak qorinchasining minutlik sistolik hajmini topish mumkin, ya’ni: 70 ml x 70 = 4,9 litr.

Yurak avtomatiyasi. Tinch holatda yurak bir daqiqada 70 marta qisqaradi. Bir kecha-kunduzda yurak 100000 marta qisqarib, 10 tonnaga yaqin qonni qon tomirlariga chiqarib beradi. Yurak tanadan ajratilganda ham ma’lum vaqt davomida o‘z-o‘zidan qisqarib turadi. Yurakning bu xususiyati uning muskullarida joylashgan maxsus hujayralarda muttasil paydo bo‘lib turadigan qo‘zg‘alishlar bilan bog‘liq.
Yurakning o‘z muskullarida paydo bo‘lib turadigan qo‘zg‘alishlar ta’sirida bir me’yorda qisqarib turishi yurak avtomatiyasi deyiladi.
Yurakning o‘z muskullarida paydo bo‘lib turadigan qo‘zg‘alishlar ta’sirida bir me’yorda qisqarib turishi yurak avtomatiyasi deyiladi.
Yurak biotoklari. Tirik organizmlarda hujayra sitoplazmasi bilan tashqi muhit o‘rtasida doimo „bioelektrik tok“ deb ataladigan elektrik potensial hosil bo‘ladi. Bu potensial qo‘zg‘alishni nerv va muskul tolalari bo‘ylab uzatadigan elektr signal hisoblanadi. Yurakning ishlayotgan va ishlamayotgan qismlari elektropotensiallari o‘rtasida farq bo‘ladi. Bu farqni elektrokardiograf yordamida qog‘oz tasmasiga tushirish mumkin. Bu jarayon elektrokardiogramma deyiladi. U yordamida yurak ritmining o‘zgarishi tekshirilib, yurak muskullarining holatiga baho beriladi.