Yurak to‘rt kamera: o‘ng va chap bo‘lmalar, o‘ng va chap qorinchadan tashkil topgan. Bo‘lmachalarning devori yupqaroq, qorinchalar, ayniqsa, chap qorinchaning devori qalin, uning muskullari kuchli rivojlangan. Chap qorincha yuqori bosim ostida qon tomiriga qon haydab, katta qon aylanish doirasi orqali tananing hamma organ va to‘qimalarini qon bilan ta’minlaydi. Yurakda to‘rtta klapan (qopqoq) bo‘lib, chap bo‘lma bilan chap qorincha o‘rtasida ikki tavaqali, o‘ng bo‘lma bilan o‘ng qorincha o‘rtasida uch tavaqali, chap qorincha bilan aorta qon tomiri o‘rtasida hamda o‘ng qorincha bilan o‘pka arteriyasi o‘rtasida bittadan yarimoysimon klapanlar joylashgan. Yurak klapanlari shunday tuzilganki, ular qonni faqat bir tomonga, ya’ni bo‘lmalardan qorinchalarga, qorinchalardan esa aorta va o‘pka arteriyasi tomonga oqishini ta’minlaydi.

Yurakning ishlashi. Yurak nasos singari vena qon tomirlaridagi qonni so‘rib, arteriya qon tomirlariga chiqarib beradi. Yurakning bu ishi undagi muskullar ritmik ravishda qisqarib bo‘shashganida yurak bo‘lmalari va qorinchalarining torayishi va kengayishi natijasida amalga oshadi. Yurak bo‘lmalari va qorinchalarining qisqarishi — sistola, kengayishi — diastola deyiladi. Bo‘lmalar va qorinchalar navbat bilan qisqarib-kengayadi. Yurak bo‘lmalari va qorinchalarining bir martadan qisqarib bo‘shashishi yurak sikli deyiladi. Yurak orqali bir minutda 5 l qon oqib o‘tadi, lekin bu qondan o‘z ehtiyoji uchun foydalanmaydi. Yurak muskullari ikkita maxsus tojsimon arteriya orqali qon bilan ta’minlanadi. Tinch holatida katta odam yuragi bir minutda 70—72 marta qisqaradi va kengayadi. Yurak sikli o‘rtacha 0,8 sek. davom etadi.