Qon aylanish sistemasi haqida umumiy tushuncha QUYI CHIRCHIQ TUMANI 13-UMUMTA’LIM MAKTABINING BIOLOGIYA FANI O’QITUVCHISI BEGMANOVA FERUZA
8-SINF UCHUN
Qon aylanish sistemasi organlariga yurak, arteriya, kapillarlar, vena va limfa tomirlari kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida qonning to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlaydi.

Yurakning tuzilishi. Yurak qon aylanish sistemasining markaziy organi bo‘lib, vazni erkaklarda 220—300 g gacha, ayollarda esa 180—220 g gacha bo‘ladi.

Yurak ko‘krak qafasida to‘sh suyagining orqasida, ikkala o‘pkaning o‘rtasida joylashgan. Uning ko‘proq qismi ko‘krak bo‘shlig‘ining chap tomonida turadi.

Yurak devori uch qavatdan: ichki epiteliy qavat — endokard, o‘rta — muskul, ya’ni miokard va tashqi — perikarddan iborat. Perikard ikki qavat bo‘lib, ichki qavati yurak muskuliga yopishib turadi, u epikard deb ataladi. Tashqi qavati xalta sifatida yurakni o‘rab turadi. Ikkala qavat o‘rtasidagi bo‘shliqdagi suyuqlik yurakning qisqarish va kengayish harakatlariga ishqalanishni kamaytiradi.