Qon bosimi va pulsni aniqlash



Yüklə 122 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü122 Kb.
#172580
10Qon bosimi va pulsni aniqlash


10 – AMALIY MASHGʻULOT


QON BOSIMI VA PULSNI ANIQLASH.


Ishdan maqsad: Riva–Rochchi usullari bo‘ylab qon bosimini o‘lchash usuli bilan tanishish.
Qon bosimining kattaligi organizm ichki muhiti holatini xarakterlovchi plastik konstantalardan biridir. Bu bosim yurak ishi va tomirlar tonusi hisobiga hosil bo‘ladi. Normada qon bosimi yurak fazalari: sistola va diastolaga qarab o‘zgarib turadi. Quyidagi qon bosimlar ajratiladi.

  1. Sistolik yoki maksimal

  2. Diastolik yoki minimal

  3. Puls bosimi maksimal va minimal bosimlar ayirmasi.

Sog‘lom odamda arterial bosim 110/70-120/80 mm simob ustuni atrofida bo‘ladi.
Ishning borishi: a/ Riva–Rochchi usuli. Tekshiriluvchi stulga manometrga teskari qarab o‘tiradi va chap qo‘lini stolga qo‘yadi. /kiyimdan holi/ makjetka shunday bog‘lanadiki, u yelkada tursada, to‘qimalarni ezmasligi kerak. Bitta qo‘l bilan arteriyasi aniqlanadi, ikkinchisi bilan manjetkaga rezina ballon orqali havo yuboriladi. Manjetkadagi bosim kattaligini manometrga qarab bilinadi.
Manjetkadagi hosil qilingan bosim mavjud sistolik bosimidan ortiqroq bo‘lishi kerak, ya’ni Puls butunlay yo‘qolmasligi kerak. So‘ng asta – sekin vintli jo‘mrakni ochib, manjetkadagi bosimni pasaytirib boriladi.
Pulsni paydo bo‘lishi maksimal /sistolik/ bosimga to‘g‘ri kelsin.
b/ Korotkovning auskultativ usuli. Bunda ham xuddi avvalgi usuldagidek yelkaga manjetka bog‘lanadi va havo yuboriladi. Farqi shuki, bu usulda arteriyaga qo‘lni eMNS fonendoskop quyiladi /tirsak chuqurchasiga/. Manjetkadagi havo chiqarib yuborila boshlangandan keyin birinchi marta tovushni eshitish maksimal bosimga to‘g‘ri keladi, tovushni eshitmasligi –minimal bosimga to‘g‘ri keladi.
O‘lchash 3 marta takrorlanadi va o‘rta son hisobga olinadi.
ARTERIAL PULSNI QAYD QILISH

Arterial Puls deb, arterial bosimning tebranishlari tufayli arteriya devorlarining ritmik tebranishlariga aytiladi. Arterial Puls yurak ishini, tomirlar holatini va qon bosimining kattaligini o‘zida aks ettiradi. Pulsning 4 ta asosiy xossasi farqlanadi: uning chastotasi, kuchi, tezligi va qattiqligi.


Pulsni qayd qiluvchi apparatlar sfigmograflar deyiladi.
Puls egri chizig‘i – sfigmogramma (59-rasm)da quyidagi qismlar farqlanadi: ko‘tariluvchi tizza – to‘g‘ri, tik, arteriyaning kengayishiga to‘g‘ri keladigan baland ko‘tarilish (anakrot), uchi va pastga tushuvchi tizza - qiya chiziqning sekin tushishi (katakrot) arteriya devorining bo‘shashib ketishiga to‘g‘ri keladi.



Egri chiziqning tushuvchi qismi katta bo‘lmagan bir necha ko‘tarilishlar bilan uzilishi mumkin, bu dikrotik ko‘tarilish deb atalib, barcha egri chiziqda har doim kuzatiladi. Uning boshlanishi yarimoysimon klapanlarning yopilishiga to‘g‘ri keladi.
Puls egri chizig‘i yurakning chap qorincha faoliyati fazalarining qancha davom etishi haqida ba’zi ma’lumotlarni berishi mumkin. Egri chiziqning ko‘tarilishidan bosh­lab, to dikrotik to‘lqinigacha bo‘lgan oraliqda yurakning sistola fazasi davom etadi. Diastola dikrotik ko‘tarilishdan boshlab yangi egri chiziqning paydo bo‘lishiga qadar davom etadi.
Ish anjomlari: sfigmograf, kimograf. Tajriba odamda olib boriladi.
Tajriba o‘tkazish tartibi. 4 ta barmoqni tekshiriluvchining bilak arteriyasi sohasiga quyib, tomirning eng aniq urayotgan joyi aniqlanadi. Tekshiriluvchining bilagiga sfigmograf shunday qilib o‘rnatilsinki, natijada bu arteriyaning eng aniq urayotgan nuqtasida bo‘lsin. Sfig­mogramma yoziladi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Arterial Pulsning va Puls egri chizig‘ining alohida qismlarining kelib chiqishini tushuntiring


Nazorat savollari.
1. Qon bosimi nima? Unga ta’rif bering.
2. Palpator (paypaslash) usuli bilan auskultatsiya (eshitish) usulini farqlab bering.
1. Puls bosimi nima va u nechaga teng boʻlishi kerak?
2. Sistolik va diastolik bosim nima ta’riflang.


Topshiriq
1. Ikki kishidan boʻlib Korotkov usulida qon bosimini aniqlash



Tekshirilayotgan shaxs

Maksimal qon bosimi (oʻrtacha 110-115 mm)

Minimal qon bosim (oʻrtacha 70-75 mm)

1- talaba







2- talaba







Yüklə 122 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin