Qon guruhini aniqlash texnikasi



Yüklə 157,38 Kb.
səhifə5/7
tarix28.09.2023
ölçüsü157,38 Kb.
#150055
1   2   3   4   5   6   7
qon olish tehnikasi

PLAZMA MOS KELISHI
Plazmada I guruh eritrositlarining A va B guruh antigenlari yo’q yoki ularning soni juda kamdir, shuning uchun avvalroq I guruh qonini boshqa guruhlardagi bemorlar uchun qo’rqmasdan har qanday hajmda quyish mumkin deb hisoblanardi. Biroq, I qon guruh plazmasida α va β agglyutininlar mavjud va bu plazmani juda cheklangan miqdorda quyish mumkin, bunda donorning agglyutininlari retsipientning plazmasi bilan aralashtiriladi va agglyutinatsiya sodir bo’lmaydi (Ottenberg qoidasi). IV (AB) qon guruhi plazmasida agglyutinin guruhlari mavjud emas, shuning uchun IV (AB) guruh plazmasi har qanday guruhga quyilishi mumkin (universal donorlik).Retsipient DonorO(I) A(II) B(III) AB(IV)O(I) + + + +A(II) — + — +B(III) — — + +AB(IV) — — — +
QON GURUHINI ANIQLASHQON GURUHINI AB0 GA KO’RA ANIQLASH
Klinik amaliyotda qon guruhlari monoklonal antitanalar yordamida aniqlanadi. Bunda tekshiriluvchining eritrositlari tarelka yoki oq plastinkada bir tomchi standart monoklonal antitanalar (anti-A va anti-B soliklonlar) bilan aralashtiriladi, agglyutinatsiya sezilmas bo’lsa va IV(AB) qon guruhi hollarida nazorat qilish uchun bir tomchi izotonik eritma qo’shiladi. Eritrositlar va soliklonlar nisbati : ~0,1 soliklonar va ~0,01 eritrositlar. Reaktsiya uch daqiqadan keyin baholanadi.Agar agglyutinatsiya reaktsiyasi faqat anti-A soliklonlar bilan sodir bo’lsa, unda tekshirilayotgan qon A (II) guruhga tegishli;Agar agglyutinatsiya reaktsiyasi faqat B soliklonlar bilan sodir bo’lsa, unda tekshirilayotgan qon B (III) guruhga tegishli;Agar agglyutinatsiya reaktsiyasi anti-A va anti-B-soliklonlar bilan sodir bo’lmasa, tekshiriladigan qon 0 (I) guruhiga tegishli bo’ladi;Agar agglyutinatsiya reaktsiyasi ham anti-A, ham anti-B-qarshi soliklonlar bilan sodir bo’lgan bo’lsa va u izotonik eritma bo’lgan tekshiruv tomchisida bo’lmasa, unda tekshirilayotgan qon AB (IV) guruhiga tegishli.
AB0 TIZIMI BO’YICHA INDIVIDUAL MUVOFIQLIK TESTI
Ushbu qon guruhiga xos bo’lmagan agglyutininlar ekstragglyutinlar deb ataladi.
Ba’zan ular agglyutinogen A va agglyutinin α ning mavjudligi bilan bog’liq, bunda α1M и α2 agglyutininlar ekstragglyutininlar bo’lib xizmat qiladi.Ekstragglyutininlar fenomeni va boshqa bir qator hodisalar, ayrim hollarda donorlar va retsipient qonlarning ABO tizimida mos kelmasligiga sabab bo’lishi mumkin. ABO tizimida donor va retsipient qonining bunday ichki guruhli mos kelmasligini istisno qilish uchun, individual muvofiqlik sinovi o’tkaziladi.OQ plastinka yoki tarelkaga 15-25 °C haroratda bir tomchi retsipient zardobi (~0,1) va bir tomchi donor qoni (~ 0,01) qo’yiladi. Tomchilar aralashtiriladi va natijalar besh daqiqadan so’ng baholanadi. Agglyutinatsiya kuzatilishi ularning qon guruhlari bir xil turda bo’lishiga qaramasdan AB0 tizimida qon beruvchi va qabul qiluvchi qonning mos kelmasligini ko’rsatadi.QON GURUHLARI KASHF ETILISHI TARIXIBirinchi (sirli) davr — qadim zamonlardan tortib, U. Garvey tomonidan qon aylanish qonunining kashfiyotiga qadar davom etgan. Biroq, qonning yurakning o’ng qorinchasidan chap qorinchasiga tomir orqali o’tishi g’oyasi birinchi marta Ibn-an-Nafis tomonidan ancha oldin aytilgan edi (XIII asr).Ikkinchi (empirik) davr. 1498-yilda Rim Papasi Innokentga qon quyish harakati uning o’limiga sabab bo’lganligi haqida afsonalar mavjud. Qonni hayvondan insonga o’tkazish uchun qilingan urinishlar Andreas Libavius, Magnus Pegel tomonidan amalga oshirilgan (muvaffaqiyatsiz). 1665 yilda Richard Upper ismli shifokor bir itning qonini boshqa itga quygan va keyinchalik itdan odamga quygan. Transfuziya hayvonning arteriyasi va bemorning venasi o’rtasida anastomoz hosil qiluvchi kumush kanyulya yordamida amalga oshirilgan.1667-yil 15-iyunda birinchi marta qonni hayvondan insonga quyish muvaffaqiyatli o’tkazildi. Fransuz olimi, matematika, falsafa va tibbiyot professori Jan Batist Deni isitma bilan og’rigan yigitga 250 ml qo’zichoq qonini quydi va bemor shifo topdi.Angliya, Fransiya va Italiyada 1675-yildan beri bemorlarni davolash uchun qon ishlatish taqiqlangan.1795-yil Amerikalik shifokor Filipp Sing birinchi marta odamdan odamga qon quyishni amalga oshirdi, ammo uni keng ommaga ovoza etmadi. 1818-yilda ingliz akusheri bo’lgan Blandell turmush o’rtog’ining qonini quyib, ayo bemorlardan birining hayotini saqlab qoldi. Shuningdek, u qonni yig’ish va quyish uchun qulay vositalarni kashf etdi.Qon quyishning birinchi nazariy asoslari 1830-yilda professor Stepan Xotovitskiy tomonidan amalga oshirildi. O’tgan 100 yil ichida immunologiya, genetika va biokimyo asosida transfuziologiyaning zamonaviy yo’nalishlari ishlab chiqilgan. Qon — bu to’qima. Begonaning to’qimasi yoki uning qismlarini (komponentlarini) o’tkazish transplantatsiya operatsiyasi hisoblanadi. Immunologik ma’lumotlarni hisobga olmagan holda transplantatsiya o’tkazish mumkin emas.

Yüklə 157,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin