Qon guruhini aniqlash texnikasi



Yüklə 157,38 Kb.
səhifə4/7
tarix28.09.2023
ölçüsü157,38 Kb.
#150055
1   2   3   4   5   6   7
qon olish tehnikasi

Qon guruhi — eritrositlarning individual antigen xususiyatlari ta’rifi bo’lib, eritrositlar membranasida mavjud maxsus uglevod va oqsillarni identifikatsiyalash usullari yordamida aniqlanadi. Odamda bir nechta antigen tizimlari mavjud, ularning asosiylari ushbu maqolada batafsil keltiriladi.qon guruhlari haqida to'liq ma'lumot
QON GURUHLARINI ANIQLASHNING NOBIOKIMYOVIY ASOSLARI
Inson eritrositlarining membranasi 300 dan ortiq turli antigen determinantlarni o’z ichiga oladi, ularning molekulyar tuzilishi xromosoma lokusining mos keladigan gen allellari tomonidan kodlangan. Bunday allel va lokuslarning soni hozirgi kunda aniq belgilanmagan.«Qon guruhi» atamasi AB0 tizimida, masalan, A, B va 0 («nol») kabi turli xil allel genlarni o’z ichiga olgan ayrim lokuslar tomonidan boshqariladigan eritrosit antigenlar tizimlarini tavsiflaydi. «Qon turi» atamasi uning antigen fenotipini (to’liq antigen «portret» yoki antigenik profilni) aks ettiradi — qonning barcha guruhli antigen xususiyatlarining jamlanmasi, qon guruhining barcha naslga o’tuvchi genlarining serologik ifodasi.Inson qoni guruhining ikkita muhim tasnifi — AB0 tizimi va rezus-tizimdir.Shuningdek boshqa antigenlarning 46 sinfi mavjud bo’lib, ularning ko’pchiligi AB0 va rezus omillaridan kamroq uchraydi.
INSON QONI GURUHLARINING MUVOFIQLIGI
AB0 qon guruhlarining mos kelishi nazariyasi ikkinchi jahon urushi davrida, donorlik qonining katastrofik yetishmovchiligi sharoitida paydo bo’ldi. Qon guruhining mos kelishiQon donorlari (beruvchilar) va retsipientlar (qabul qiluvchilar) «muvofiq» qon guruhlariga ega bo’lishi kerak. Rossiyada hayotiy belgilarga ko’ra va bir guruhli ABO qon tarkibiy qismlari yo’q bo’lgan holatlarda (bolalardan tashqari), barcha qon guruhli bemorlarga 500 ml gacha miqdorda rezus-manfiy 0(I) guruhli qon quyish mumkin hisoblanadi.
Rezus-manfiy eritrotsitlar massasi yoki A (II) yoki B (III) qon guruhlarining donorlaridan olingan suspenziya hayotiy zarur ko’rsatmalarga ko’ra rezus omiliga qaramasdan, AB (IV) guruh retsipientiga quyilishi mumkin. Bir guruhli plazma bo’lmaganda, retsipientga AB (IV) guruhining plazmasi quyilishi mumkin.XX asr o’rtalarida 0(I) Rh- guruhli qon boshqa barcha qon guruhlari bilan mos kelishi taxmin qilingan. 0 (I) Rh guruhi bo’lgan odamlar «universal donorlar» deb hisoblanishgan va ularning qoni har qanday muhtojlarga quyilishi mumkin edi. Hozirgi vaqtda bunday qon quyish umidsiz vaziyatlarda mumkin hisoblanadi, ammo 500 ml dan ko’p emas.0(I) Rh- guruhi qonining boshqa guruhlar bilan mos kelmasligi nisbatan kam kuzatilgan va bu holat uzoq vaqt davomida e’tiborga olinmagan. Quyidagi jadvalda qaysi qon guruhli kishilar qon olishlari mumkinligi ko’rsatilgan ( + belgisi bilan mos keladigan kombinatsiyalar keltirilgan). Masalan A(II) qon guruhi sohibi 0(I)Rh- yoki A(II)Rh- guruh qonini olishi va AB(IV)Rh+, AB(IV)Rh-, A(II)Rh- yoki A(II)Rh+ guruh sohiblariga qon berishi mumkin.Eritrositlar muvofiqligi jadvaliRetsipient DonorO(I) Rh− O(I) Rh+ A(II) Rh− A(II) Rh+ B(III) Rh− B(III) Rh+ AB(IV) Rh− AB(IV) Rh+O(I) Rh− + O(I) Rh+ + + A(II) Rh− + + A(II) Rh+ + + + + B(III) Rh− + + B(III) Rh+ + + + + AB(IV) Rh− + + + + AB(IV) Rh+ + + + + + + + +Bugungi kunda boshqa antigen tizimlari ham qon quyishlarda salbiy ta’sir chaqirishi mumkinligi aniq. Shunday qilib, qon quyish xizmatining mumkin bo’lgan strategiyasidan biri — har bir inson uchun uning o’z qon tarkibiy qismlarini oldindan kriokonservalash tizimini yaratish bo’lishi mumkin.Agar donorda Kell antigeni bo’lsa, uning qonini Kell`siz retsipientga quyish mumkin emas, shuning uchun bunday donorlar ko’pgina qon quyish stantsiyalarida faqat qon komponentlarini berishlari mumkin, ammo to’liq qon emas.

Yüklə 157,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin