Qon guruhlari aniqlash



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/7
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#172009
1   2   3   4   5   6   7
QON GURUHLARI ANIQLAS1

RH TIZIMI (REZUS-TIZIM)
Qon rezusi — qizil qon hujayralari (eritrotsitlar) yuzasida joylashgan antigen (oqsil). U 1940-yilda Karl Landshteyner va A. Veyner tomonidan kashf etilgan. Yevropaliklarning 85 foizi (hindu va osiyoliklarning 99 foizi) rezusga ega, shuning uchun ular rezus-musbatdir (Rh+). Rezusi bo’lmagan qolgan 15% (afrikaliklarning 7 foizi) kishilar rezus-manfiy (Rh) hisoblanadi. Qon rezusi immunizatsiyalangan ona va homila eritrotsitlarining rezus-konflikti oqibatida yangi tug’ilgan chaqaloqda gemolitik sariqlik (sariq kasallik) shakllanishida muhim rol o’ynaydi.
Qon rezusi murakkab tizim bo’lib, u son, harf va belgilar bilan nomlanadigan 40 dan ortiq antigenni o’z ichiga oladi. Eng ko’p D (85%), C (70%), E (30%), e (80%) tur rezus-antigenlar uchraydi — ular shuningdek eng sezilarli antigenlikka ega. Rezus tizimi odatda bir xil agglyutininlarga ega emas, ammo ular rezus-manfiy qonli kishiga rezus-musbat qon quyilganda hosil bo’lishi mumkin.
BOSHQA TIZIMLAR
Bugungi kunda Daffi, Kell, Kidd, Lyuis va boshqa tizimlar kabi o’nlab guruhli antigenli qon tizimlari o’rganilgan va tavsiflangan, ularning soni tobora o’sib bormoqda.
KELL
Kell guruh tizimi ikki antigenlardan iborat bo’lib, 3 ta qon guruhini tashkil qiladi (K-K, K-k, k-k). Kell tizimining antigenlari faollik bo’yicha rezus tizimidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Homiladorlik, qon quyish jarayonida sensibilizatsiyaga olib kelishi mumkin; yangi tug’ilgan chaqaloqning gemolitik kasalligiga va gemotransfuzion asoratlarga sabab bo’ladi.
KIDD
Kidd guruh tizimi ham ikki antigenni o’z ichiga olib, 3 ta qon guruhini tashkil qiladi: lk (a+b-), lk (A+b+) va lk (a-b+). Kidd tizimi antigenlari ham izoimmun xususiyatlarga ega va chaqaloqlarning gemolitik kasalligi va gemotransfuzion asoratlarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, bu qondagi gemoglobinga bog’liq.
DAFFI
Daffi (Duffy) guruh tizimi ikki antigenni o’z ichiga olib, 3 ta qon guruhini tashkil qiladi: Fy (a+b-), Fy (a+b+) va Fy (a-b+). Daffi tizimi antigenlari kamdan-kam hollarda sensibilizatsiya va gemotransfuzion asoratlarni chaqirishi mumkin.
MNSS
MNSs guruhi tizimi murakkab tizimdir; u 9 ta qon guruhidan iborat. Ushbu tizimning antigeni faol, izoimmun antitanalarning shakllanishiga, ya’ni qon quyishda mos kelmaslikka olib kelishi mumkin. Ushbu tizimining antigenlariga qarshi shakllangan antitanalar oqibatida chaqaloqlarning gemolitik kasalligi holatlari qayd qilingan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin