Eritrotsitlarga kirgan merozoitlar o‘sib, shizontlami emas, balki bo'linmaydigan gametotsitlar, ya’ni gamontlar (gameta hosil qiluvchi hujayralar)ni hosil qiladi. Eritrotsitlardagi gametotsitlar ikki tipda: birmuncha yirik makrogametotsitlar va kichikroq mikrogametotsilar bo‘ladi. Gametotsitlaming bundan keyingi rivojlanishi faqat bezgak chivini (Anopheles) tanasida davom etadi. Urg‘ochi chivin qon so'rganida uning ichagida makrogamelotsitlar yirik makrogametalarga aylanadi. Mikrogametotsit yadrosi bo‘linib, 5-6 ta chuvalchangsimon harakatchan va mayda mikrogametalami hosil qiladi. Chivin ichagi bo‘shlig‘ida mikro va makrogametalar qo'shilishadi va urug‘lanish sodir bo‘ladi. Hosil bo‘lgan zigota juda harakatchan bo'lgani sababli ookineta deyiladi. Zigota chivin ichagi devorini teshib kiradi va uning ustki, tana bo‘shlig‘iga qaragan tomoniga o‘tib oladi. Bu yerda zigota elastik po‘st bilan o'ralib, oosistaga aylanadi. Oosista ichak devorida juda tez o‘sadi, uning hajmi bir necha yuz barobar kattalashadi. U o‘sgan sayin yadrosi ham ko‘p marta bo'lina boradi. Bu jarayon oosista ichida juda mayda (14 mkm gacha) ingichka bir yadroli ко ‘p sonli (bitta oosistada 10 minggacha) harakatchan sporozoitlarni hosil bo'lishi bilan tugallanadi. Oosista qobig'i yorilgandan so‘ng sporozoitlar tana bo‘shlig‘i suyuqligi (gemolimfa) ga chiqadi. Tana suyuqligidan sporozoitlar pashshaning so'lak bezlariga, so‘ng so'lak chiqaruvchi naylarga o‘tib oladi. Chivin chaqqanda parazitlar yana odam qoniga o‘tadi va jinssiz siki qayta boshlanadi.

Shunday qiiib, bezgak plazmodiylarining hayot sikli faqat xo'jayinlar (chivin va odam) organizmida o‘tadi. Shuning uchun u noqulay tashqi muhitdan himoyalanishga imkon beruvchi qattiq po‘st bilan qoplangan spora hosil qilmaydi.