Qon sporalilar turkumi. (Haemosporidia)


Bezgak plazmodiumining hayot aylanishi



Yüklə 49,18 Kb.
səhifə7/7
tarix16.04.2023
ölçüsü49,18 Kb.
#98763
1   2   3   4   5   6   7
Qon sporalilar turkumi 2-mustaqil ish

Bezgak plazmodiumining hayot aylanishi:

Bezgak plazmodiumining hayot aylanishi:

1 -sporozoitlar, 2-4-jigarda shizogoniya (2 -sporozoit jigar hujayrasini ishg'ol qilish, 3 - o'sayotgan ko'p yadroli shizont, 4 -shizontning parchalanishi merozoitlar), 5-9 -eritrotsitlar shizogoniyasi, 10 - merozoitlar,11-12 -gametogoniy va gamont shakllanishi, 13 -makrogamont,14 -mikrogamont, 15 - mikro-gametaning shakllanishi (parchalanish),16 - kopulyatsiya, 17 - zigota, 18 - zigota (ookineta),19 - chivinning ichak devoriga ookinetning kirib borishi,20 - ookinetaning chivinning ichaklari tashqi devorda oosistaga aylanishi, 21-23 -oosistalarning rivojlanishi,24 –oosistadan chiqib ketadigan sporozoitlar, 25 – sporozoitlar chivinning so’lak bezlarida.

Plasmodium merozoitining tuzilishi.

Bezgak kasalligining oldini olish choralari.


  • Bezgak yer yuzida eng keng tarqalgan kasalliklardan biri bo'lib, asrlar davomida juda ko‘p odamlaming yostig'ini quritgan. 19-acp oxirigacha kasallikning sabablari noma’Ium bo‘lib kelgan. Faqat 19-asr oxirida va 20-asr boshlarida bezgak paraziti aniqlanib, uning hayot sikli o'rganilgach, kasallikka qarshi kurash olib borish imkoni tug'ildi.

  • Bizning mamlakatimizda bezgakka qarshi kurash birdaniga bir qancha yo'nalishda olib borildi. Birinchi navbatda bezgak bilan kasallangan hamma kishilar maxsus sistema asosida majburiy davolanish kurslaridan o‘tkazildi. Bezgak chivinining tez ko‘payishini oldini olish maqsadida ko‘lmak suvlar va botqoqliklar quritildi. Chivinlar va ularning lichinkalari turli usullar bilan shu jumladan kimyoviy vositalar yordamida qirib tashlandi. Bu tadbirlar natijasida XX asming o'rtalariga kelib bezgak kasalligi o'lkamizda butunlay tugatildi.

  • Keyingi paytlarda chivinlarga qarshi kurashning biologik metodlari tobora ko'proq yoyilmoqda. Xususan, iqlim bir muncha iliq bo'lgan joylarda bezgak chivini lichinkasini yo'qotish uchun hovuz va ko'llarda gambuziya balig'i ko'paytirilmoqda. Shuning bilan birga bezgak yuqtiruvchi chivinlarga qarshi genetik metodlar ham ishlab chiqildi. Buning uchun erkak chivinlar yig'ib, rentgen nuri ta’sirida sterillangach, tabiatga qo'yib yuboriladi. Bu erkak chivinlar urg‘ochisini urug'lantiradi, lekin umg'langan tuxumdan lichinka rivojlanib chiqmaydi, ya’ni tuxumdan chiqqan lichinka normal rivojlana olmaydi.

  • Bezgak plazmodiysi sutemizuvchilarda va qushlarda ham uchraydi. Hayvonlarga bezgak parazitini Aedes, Culex va boshqa avlodga kiruvchi chivinlar tarqatadi. Masalan, Aedes chivini tovuqlar qonida paiazitlik qiluvchi bezgak plazmodiysi (P.galli) ni tarqatadi. Bu parazit tropik mamlakatlarda tovuqlar orasida epizootiyaga sabab bo'lishi mumkin.

Yüklə 49,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin