Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə19/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

Yulduzot bosh qo‘shmadi bu g‘alvaga,
Qoldi to zulmat aro ko‘zdan yiroq.
Birinchi she’riy parcha o‘rmon daraxtlari ichida o‘sgan oq qayin tasviriga bag‘ishlangan sarlavhasiz she’rdan olingan. Bu parchada qo‘llangan archa, eman, qarag‘ay so‘zlari uyadoshlik munosabatida bo‘lib, qayin turtki so‘ziga nisbatan hosil bo‘lgan.
Keyingi she’r to‘rtlik shaklidagi she’r bo‘lib, unda oftob (quyosh) falak (osmon) yulduzot so‘zlari o‘rtasida uyadoshlik munosabati kuzatiladi. Ushbu qatorda oftob so‘zi turtki so‘z vazifasini o‘tagan. Chunki she’rda ifodalangan mazmun oftob, ya’ni quyoshning tunni yoritishi haqida, she’rdagi boshqa so‘zlar semantik jihatdan uning atrofida birlashib, ma’lum g‘oyani yuzaga chiqarishga xizmat qilgan.
Tilda partonimik munosabatdagi birliklar ham assotsiativ qatorlarga birlashadi. Ammo bu masalada ayrim zid fikrlar ham uchraydi. R.Safarovaning fikricha, “tana, bosh, bo‘yin, yelka, qo‘l, bel, qorin, oyoq qatoridagi tana so‘zi va odam gavdasining qismlarini ifodalovchi lug‘aviy birliklar orasida o‘zaro tobelanish va bo‘ysunish munosabatlari mavjud emas. Bu shundan dalolat beradiki, tana so‘zi va tana butunligining nomlarini ifodalovchi so‘zlar o‘zaro assotsiativ, bir-birini biriktirib kelish, o‘zaro bir-birpni eslatish asosida bog‘lanmaganligi uchun ham tana, bosh, bo‘yin, yelka, qo‘l, bel, qorin, oyoq so‘zlarining vertikal qatori tilning leksik-semantik tizimida doimiy, barqaror aloqa va barqaror munosabat asosida xarakterlanuvchi leksik paradigmalarni hosil qila olmaydi”58.
Bizningcha, bu o‘rinda tadqiqotchi paradigmatik va assotsiativ munosabat tushunchalarini farqlamagandek. D.Lutfullayeva paradigmatik va sintagmatik munosabat terminlarining biri o‘rnida ikkinchisining qo‘llanishiga e’tiroz bildirib, ularning turli tushunchalarni anglatishini quyidagicha izohlaydi: “Assotsiativ munosabat bir yoki bir necha sath birliklarining turli omillar bilan bog‘liq holda inson tafakkurida assotsiativ bog‘lanishini aks ettiradi. Bir til egasida biror til belgisiga nisbatan hosil bo‘lgan assotsiatsiya boshqa til egasida yuzaga kelgan assotsiatsiyadan farqlanadi. Paradigmatik munosabat esa bir sathga mansub til birliklarining umumiy belgisi asosida muayyan guruhlarga (semantik, grammatik turlarga) birlashuvini aks ettiradi. Inson xotirasidan o‘rin olgan paradigmatik munosabatdagi guruhlar har bir til egasida farq qilmaydi. Bu jihatdan yondashilsa, assotsiativ munosabat va paradigmatik munosabat terminlarini muqobil terminlar sifatida qo‘llash o‘zini oqlamaydi”. 59
Darhaqiqat, R.Safarova ko‘rsatgan tana, bosh, bo‘yin, yelka, qo‘l, bel, qorin, oyoq birliklari bir-biri bilan tobelanish munosabatida emas. Xuddi shunday, sinonimik, antonimik, omonimik, uyadoshlik qatorlari ham bir-biri bilan tobelanish munosabatida bo‘lmaydi. Ammo olima keltirgan birliklar assotsiativ aloqada bo‘lganligi sababli ham inson xotirasida bir-birini oson tiklaydi. Masalan, tana deganda xotiramizga bosh, yelka, qo‘l, qorin va hokazo tana qismlarining kelishi tabiiy. Yoki, aksincha, bosh, yelka, qo‘l, qorin so‘zlari tana so‘zini yodga soladi. Bu holat ularning assotsiativ aloqada ekanligi bilan bog‘liq.
Aytish mumkinki, partonimik munosabatdagi birliklar xotiramizda bir-birini yodga tushirib turishi sababli matn tarkibida ham ko‘pincha birga qo‘llanadi. Butun qism munosabatiga asoslangan assotsiatsiya O.Matjonning quyidagi she’riy parchasida qo‘llangan uy – bo‘sag‘a assotsiativ juftligi aloqasida kuzatiladi:
Bir uy tiklasam deyman,
Mezboni quyosh bo‘lsa.
Bo‘sag‘asi tonglarning
Yo‘liga tutash bo‘lsa!
Shoirning quyidagi she’rida esa qismbutun munosabatiga asoslangan burda non va non birliklarining assotsiativ bog‘lanishi yuzaga kelgan:
Umr ishi bir burda non, bir qarasam,

Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin