Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə18/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

Ko‘kka yulduzim qaytar,
Osmona izim qaytar!
Mazkur she’riy parchada ko‘k – osmon sinonimiyasiga asoslangan assotsiatsiya ishlatilgan. Sinonimiya assotsiativ birlik – assotsiativ birlik o‘rtasida yuzaga kelgan.
O.Matjon she’rlarida so‘z birikmasi – so‘z tuzilishidagi birliklar munosabatida ham sinonimiyaga asoslangan assotsiatsiya kuzatiladi.
Bog‘bon uzum suvin qayga yashirdi?
Ko‘za og‘zin suvab loyga yashirdi.
Sharbat qirq yil yashab zulmat qa’rida,
Faqat shiddatini yana oshirdi.
Berilgan to‘rtlik ham sarlavhasiz she’r bo‘lib, unda uzum suvi birikmasi turtki so‘z vazifasini o‘tagan. Bu turtki so‘zga nisbatan she’rda uning shartli sinonimi sifatida sharbat so‘zi ishlatilgan: uzum suvi – sharbat.
O.Matjon she’rlarida antonimlar assotsiatsiyasi assotsiativ birlik – assotsiativ birlik o‘rtasida ko‘zga tashlandi. Ma’lumki, antonim so‘zlarda assotsiativlik belgisi boshqa so‘zlarga nisbatan kuchli namoyon bo‘ladi. Har bir antonim so‘z inson xotirasida o‘z ziddini yodga solib turadi. Shu sababli antonim so‘z ishtirok etgan she’rlarda uning ziddini ham uchratish mumkin bo‘ladi. Bu holatni shoirning sarlavhasiz quyidagi she’rlarida kuzatish mumkin:
Shimolda biz yozdan xazonga tushdik.
Bu janub. Yana “Yo ramozon!”ga tushdik.
Gʻarbga ketdik tubsiz qozonga tushdik.
Sharqqa yurdik, yana ozonga tushdik.
* * *
Ko‘z o‘ngimda gohi kun, gohida tundir sochlaring,
Gohi olamga yoyiq, gohi tugundir sochlaring...
Naq olov olgan yonoq uzra tutundir sochlaring,
Shundayin o‘t ustida qanday butundir sochlaring?!
Birinchi she’rda antonimik munosabatdagi shimol janub, Gʻarb Sharq assotsiatsiyalari qo‘llangan. Bu birliklar assotsiativ me’yor sifatida tildan o‘rin olgan. Yoz xazon (kuz ma’nosida) so‘zlari bir-biriga zidlangan shartli antonimlar bo‘lib, shoirning obrazli tafakkuri mahsuli bo‘lgan individual assotsiatsiyalaridir.
Keyingi to‘rtlikda ko‘chma ma’noga asoslangan kun tun antonimik juftligi hosil bo‘lgan. Shunisi xarakterliki, bu asosiasiyalar soch turtki so‘ziga nisbatan yuzaga kelib, metaforik ma’no kasb etgan: soch – kun (oq), soch – tun (qora). Bu she’rning ikkinchi misrasida antonimik munosabatdagi yoyiq – tugun (tugilgan ma’nosida) assotsiativ birliklari qo‘llangan. Bu birliklar ham soch turtki so‘ziga nisbatan hosil bo‘lgan muallif assotsiatsiyalari hisoblanadi: soch – yoyiq, soch – tugun.
O.Matjon she’rlarida uyadoshlik munosabatiga asoslangan assotsiatsiya turi ko‘p kuzatiladi. She’riy san’atda uyadosh so‘zlar tanosub san’atini hosil qiluvchi birliklar sifatida baholanadi. Tanosub san’atini uyadosh so‘zlar assotsiatsiyasiga asoslangan badiiy san’at deyish mumkin. Uyadosh so‘zlar assotsiatsiyasi shoirning quyidagi she’rlarida kuzatiladi:
Bir yoqdan jodugar ignabarg archa
Chimchilab-chaqishga urinsa zimdan,
Bir yoqdan cho‘ng eman zug‘m etar senga,
Behayo qarag‘ay yalang‘ochlar tan.
* * *
Zim-ziyo ko‘rgach falakni oftob,
Uzligin tun mulkiga etdi chiroq.

Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin