Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə14/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

Shohizinda
Qirq to‘rt tillapoya! Bosaman bir-bir,
Asrlar yukidan cho‘kmish zinalar.
Qirq to‘rt tillapoya, har poyasida
Tarixlar tug‘ilmish, kechmish sanalar.


Harsang zinalardan chiqarkanman tik,
Xayol der: “Qanchalik ulg‘ayding inson,
Bobolar yuz yillab o‘tgan yo‘llardan
Bugun sen bir zumda o‘tgung begumon”.
Ushbu she’rning sarlavhasi turtki so‘z vazifasini o‘taydi. Rus olimasi Y.Kochetkovaning fikricha, badiiy matn assotsiativ maydon vazifasini o‘taydi, uning sarlavhasi esa ushbu maydonning yadrosi hisoblanadi.56 Biz ham ushbu xulosaga asoslanib, she’r sarlavhasini turtki so‘z sifatida baholaymiz.Chunki har qanday she’rda aks etgan tasvir, uning mazmuni, asosiy g‘oyasi sarlavhasi nomiga singdiriladi. Bu jihatdan she’r sarlavhasini turtki so‘z sifatida qabul qilish mumkin bo‘ladi.
Berilgan she’rda Shohizinda turtki so‘ziga nisbatan bevosita yoki bilvosita usulda quyidagi assotsiativ birliklar yuzaga kelgan: qirq to‘rt tillapoya (2), bir-bir bosmoq, zinalar, cho‘kmoq, har poyasida tarix tug‘ilmoq, sanalar kechmoq; harsang zinalar(dan), tik chiqmoq, bobolar yuz yillab o‘tgan yo‘llardan bir zumda o‘tmoq.
Quyidagi assotsiativ birliklar Shohizinda turtki so‘zi bilan bevosita bog‘langan: qirq to‘rt tillapoya (2), zinalar, harsang zinalar(dan).
Quyidagi assotsiativ birliklar esa Shohizinda turtki so‘zi bilan bilvosita bog‘langan: bir-bir bosmoq, cho‘kmoq, har poyasida tarix tug‘ilmoq, sanalar kechmoq; tik chiqmoq, bobolar yuz yillab o‘tgan yo‘llardan bir zumda begumon o‘tmoq.
Bulardan bir-bir bosmoq assotsiativ birligi qirq to‘rt tillapoyaga nisbatan; cho‘kmoq assotsiatsiyasi zinalarga nisbatan, har poyasida tarix tug‘ilmoq, sanalar kechmoq assotsiatsiyasi qirq to‘rt tillapoyaga nisbatan, tik chiqmoq assotsiatsiyasi harsang zinalardanga nisbatan; bobolar yuz yillab o‘tgan yo‘llardan bir zumda bugumon o‘tmoq assotsiatsiyasi harsang zinalar(dan) assotsiatsiyasiga nisbatan hosil bo‘lgan.
Tahlildan ayon bo‘ladiki, she’rda assotsiativ aloqa turtki so‘z + assotsiativ birlik hamda assotsiativ birlik + assotsiativ birlik orasida yuzaga kelgan.
O.Matjonning sarlavhasiz she’rlarida ham assotsiativ aloqaning ushbu ko‘rinishlari kuzatildi.
Shunisi xarakterliki, shoirning sarlavhasiz she’rlarida turtki so‘zni topish murakkablik tug‘dirmaydi. Shoirning sarlavhasiz she’rlarida turtki so‘z vazifasini tasvir obyektini bildiruvchi so‘zlar bajaradi. Bunday so‘zlar she’r matnida eng ko‘p qo‘llangan so‘zlar, radif vazifasini bajargan birliklar, muallif nutqi qaratilgan undalmalardan tashkil topadi. Masalan, quyidagi she’rda tasvir obyekti suv hisoblanadi. She’rda suvning parlanib, bulutga aylanishi, oxir oqibat qor bo‘lib, tog‘ cho‘qqisidan o‘rin olishi va erib, yerga yana suv bo‘lib qaytishi obrazli tarzda chiroyli tasvirlangan. She’rda suv, garchi bir marta tilga olingan bo‘lsa-da, tasvir obyekti bo‘lganligi sababli uni turtki so‘z vazifasini o‘tagan deyish mumkin:
Suv ham odamlardek yashab, o‘ladi,
Ruhi bulut bo‘lib ko‘kda yeladi,
Yelkasidan oxir joy bergach tog‘lar,
Oqlanib-poklanib qaytib keladi.
O.Matjonning sarlavhasiz she’rlarida turtki so‘z ko‘pincha eng ko‘p qo‘llangan birliklardan tashkil topadi.

Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin