Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD


II BOB. O.MATJON SHE’RLARINING ASSOTSIATIV XUSUSIYATLARI



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə12/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

II BOB. O.MATJON SHE’RLARINING ASSOTSIATIV XUSUSIYATLARI


2.1. O.Matjon she’rlarida assotsiativ aloqa ko‘rinishlari
Assotsiativ birliklar muayyan omillar ta’sirida inson xotirasida bir-birini tiklovchi, yodga soluvchi birliklar bo‘lib, assotsiatsiya qonuniyati asosida lisoniy ongda alohida guruhlarga birlashadi. D.Lutfullayevaning fikricha, “Turli voqeliklarning ongda aks etgan assotsiativ aloqasi tilda ham bir-birini eslatuvchi birliklarning assotsiativ bog‘lanishini yuzaga keltiradi. Masalan, daraxtning o‘sishi uchun tuproq, suv kabilar zarur; daraxt o‘rmon, bog‘, maydonda o‘sadi. Daraxtning tuproq, suv, bog‘ kabilar bilan aloqasi inson xotirasida daraxt leksemasi orqali tuproq, suv, o‘rmon, bog‘, maydon leksemalarning yodga tushishiga sababchi bo‘ladi. Til birliklarining inson psixologik tasavvuri bilan bog‘liq tarzda bir-biri bilan bu tarzda munosabatga kirishuvi assotsiativ munosabat deyiladi”. 48
Anglashiladiki, assotsiativ birliklar inson tasavvurlari bilan bog‘liq bo‘lgan, xotirada bir-birini yodga tushiruvchi til birliklaridir. Boshqacha aytganda, tasavvurimizda tiklangan obrazlarning o‘zaro aloqasi tilda ularni ifoda etuvchi birliklarning ham assotsiativ tarzda bog‘lanishiga sabab bo‘ladi. Bunday birliklar inson ongida o‘xshashlik, yondoshlik va shu kabi boshqa umumiy belgilari asosida assotsiativ bog‘langan birliklar juftligini hosil qiladi.
Yozuvchi yoki shoir badiiy matn yaratar ekan, o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik, yondoshlik qonuniyati asosida assotsiativ aloqa-bog‘lanishda bo‘lgan va lisoniy ongidan tayyor holda o‘rin olgan bunday birliklardan unumli foydalanadi. Bunday assotsiativ aloqa turlari, rus olimasi S.M.Karpenko qayd etganidek, ko‘p funksiyali hodisa bo‘lib, matnni idrok etish, interpretasiyalash, tushunish hamda muallifning idiostilini aks ettirish vazifalarini bajaradi. 49
Tilshunoslikda til birliklarining o‘zaro o‘xshashlik va yondoshlik asosida assotsiativ bog‘lanishi haqida xulosalar beriladi. Jumladan, rus tilshunosi N.V.Krushevskiy tildagi so‘zlar o‘xshashlik va yondoshlikka ko‘ra assotsiativ qatorlarni hosil qilishi haqida fikr yuritadi.50 M.M.Pokrovskiy ham so‘zlarning shakli va mazmunidagi o‘xshashlikka ko‘ra assotsiativ qatorlarga birlashuvini ta’kidlaydi.51 Bu xulosa o‘zbek tilshunoslari tomonidan ham qayd etilgan. Xususan, A.Nurmonov assotsiatsiyaning ifodalanmish o‘xshashligi asosida yoki akustik obrazlar umumiyligi asosida yoki faqat shakl, yo mazmun asosida yuzaga kelishi haqida xulosa bildirgan.52
Darhaqiqat, tildagi assotsiativ birliklar o‘xshash umumiy belgilari yoki yondosh belgilari asosida bir-birini xotirada tiklaydi, shu belgilari asosida lisoniy ongda bir qatorga birlashadi. Til birliklarining o‘xshashlik yoki yondoshlik xususiyatlari nafaqat lisoniy, balki nolisoniy (ekstralingvistik) asoslarga ko‘ra ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, O.Matjonning quyidagi she’rida so‘zlar ular anglatgan predmetlarning umumiy vazifasi asosida assotsiativ qatorlarga birlashganligi kuzatiladi:

Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin