Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xili mavjud 1) faoliyatda mashq qilish;
3) maxsus mashqlar.
2) kun tartibi mashqlari
Pedagogik talab ma’lum harakatlarni rag‘batlantiruvchi yoki to‘xtatuvchi hamda o‘quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Rag‘batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usulidir. O‘qituvchi har bir o‘quvchi shaxsida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni anglash olishi zarur. Shundagina o‘quvchi o‘zining kamolga yetayotganligini his qiladi, unda o‘z kuchiga nisbatan ishonch paydo bo‘ladi. O‘qituvchi faoliyatida rag‘batlantiruvchi usullardan foydalanib, o‘quvchida ijobiy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Ta’lim tajribasida quyidagi rag‘batlantirish turlari qo‘llaniladi:
Har qanday rag‘batlantirish mavjud pedagogik talablarga muvofiq bo‘lishi, ketma-ket bo‘lmasligi zarur,
o‘quvchini yoki uning xatti-harakatlarini haddan oshirib maqtash,
boshqa o‘quvchilarga taqqoslash, ularni kamsitmaslik,
talabchanlikni bo‘shashtirmaslik kabi shartlarga muvofiq qo‘llaniladi.
Jazolash shaxsning xatti-harakati, faoliyatiga salbiy baho berishdir Jazo ham o‘quvchining individual xatti-harakatlari va umumjamoaning faoliyati uchun qo‘llaniladigan eng so‘nggi tarbiya usuli. Jazo choralarini qo‘llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash kabi usullardan foydlanish mumkin emas, o‘quvchini qo‘rqitish, g‘azablantirish ham ijobiy natija bermaydi. Aksincha, o‘quvchi qo‘rqqanda yolg‘on gapirishni o‘rganadi, ikki yuzlamachi bo‘lib qoladi.
Ta’lim amaliyotida quyidagi jazo choralarini qo‘llash mumkin: Tanbeh berish eng muhim jazo chorasi. O‘qituvchi o‘quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.
Uyaltirish o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan subyektlar oldida baho berish
Hayfsan berish o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlarini qat’iy choralar asosida baholash.
Ogohlantirishsodir etilishi mumkin bo‘lgan muayyan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT