Qo’qon universiteti mustaqil ish bajardi: ms-3-21 guruh talabasi


IX - XVI asrlarda sharq jismoniy tarbiyasiga oid pedagogik fikrlar



Yüklə 86,11 Kb.
səhifə2/4
tarix07.04.2023
ölçüsü86,11 Kb.
#94577
1   2   3   4
1 mustaqil topshiriq.2023 Jismoniy tarbiya (1)

IX - XVI asrlarda sharq jismoniy tarbiyasiga oid pedagogik fikrlar

Ibn Sino ta’limotida

Sohibqiron Amir Temur ta’limotida

Pahlavon Mahmud ta’limotida

Ibn Sino jismoniy va aqliy tarbiya haqida.
Ibn Sino “Tib ilmlari qonuni” asarida bola katta bo‘lib, yetilgan chog‘ida jismoniy tarbiyaga ahamiyat berish zarurligini aytadi. Uning uqtirishicha, odamning yigitlik, yetuklik yoshida hamda ulg‘aygan yoshida sog‘lik-salomatligini saqlash uchun zarur bo‘lgan jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanishi kerak.
Ulug‘ mutafakkir jismoniy tarbiya deb inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan badanni turli xil mashg‘ulot xarakatlariga o‘rgatishni nazarda tutadi. Uning fikricha, jismoniy mashg‘ulotlar bilan o‘z vaqtida va mustaqil shug‘ullanib boruvchi odam hech qanday davolanishga muhtoj bo‘lmaydi. Jismoniy mashg‘ulot inson ruhini ham tetiklashtiradi. Ammo jismoniy mashg‘ulotlar ortiqcha bo‘lmasligi kerak, aks holda badanning tezda charchab qolishiga olib keladi. Jismoniy mashg‘ulotlarni butunlay tashlab yuborish esa, badanning qarib, tezda ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.



Temurbekni harbiy san‟at va sport o„yinlarini o„rgatishni boshlaydilar. Amir Temur sport o„yinlarini juda ham yoqtirar hamda uzliksiz ravishda ot sporti, nayzabozlik, qilischbozlik va kamondan o„q uzish kabi mashg„ulotlar bilan shug„ullanib kun sayin jismonan kamol topib baraverardi. Sohibqiron daslab harbiy xizmatni mahalliy bo„lgan hukumdorlarga xizmat qilishdan boshlaydi. U kichik lekin yaxshi qurollangan otryadga egalik qilib ular bilan birgalikda harbiy-taktik tajribalarini ortirdi. Amir Temur ushbu otryad bilan tinimsiz birgalikda shug„ullanar har bir oddiy askarlar bilan suhbatlashar, ularni qiziqishlari va oilaviy muommlarini o„rganib ularga munosib muomala qilardi. Askarlar Temurbekni bu munosabatlarini ko„rib unga bo„lgan sadoqati va hurmati kun sayin ortib borar edi. Amir Temur har kuni o„z bo„linmasi bilan sport mashg„ulotlarini tashkil etardi va o„zi ham ular bilan qatnashar va doimiy ravishda har tomonlama namuna bo„lib kelar edi. Sohibqironning jismoniy jihatdan chidamliligi, chaqqonligi va jasurligi har jabhada ko„rinar edi. Amir Temurning o„zgacha tipdagi sport va jangovor mashg„ulotlari mavjud edi. Bularga ikki oyog„i orasiga tosh boylab uzoq masofaga yurish, yaralangan askarlarni jang maydonidan olib chiqish usullari, suvda suzish mashqlari (ushbu mashq yurish uyishtirilgan vaqtda daryolardan kechuvlarni amalga oshirda qiynalmaslik uchun), nayza uloqtirish, qilichbozlik, kurash, bir oyoqda turib jang qilish, kamondan o„q uzish va h.k. kabi ko„plab mashg„ulotlarni o„tkazar edi. Bu askarlarning jang mobaynida, yurish paytida, ov uyishtirganda, otda jang qilganda muozanatni ushlab turish kabi ko„plab askarlarni chiniqishini rivojlantirib kun sayin ko„nikib borishlariga sabab bo„lardi. Askarlar bilan doimiy ravishda Amir Temur ov (shikor) mashg„ulotlarini o„kazib kelgan. Negaki, ov qo„shinning jang qilish yo„llarini o„rgatuvchi mashqdek bo„lgan

IX-XVI asrlarda kurash xalq oʻrtasida keng ommalashgan. Shu davrda Pahlavon Mahmud, Sodiq polvon kabilar dovrugʻi butun Sharqqa tanilgan. Oʻzbek xalq yakka kurashining belbogʻli kurash deb nomlangan turi ham bor. Bunga taalluqli koʻplab topilmalar va tarixiy qoʻlyozmalar mavjud. 5 ming yil ilgari Mesopotamiya hududidan topilgan haykalchada belbogʻli kurash usulida musobaqalashayotgan polvonlar tasvirlangan. Xitoyning „Tan-shu“ qoʻlyozmasida Dovon davlati(Fargʻona vodiysi) toʻylar, sayllar kurash musobaqalarisiz oʻtmasligi yozilgan.


3. Jadvalni to‘ldiring


Yüklə 86,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin