Jarchi – xalq yig„iladigan ommaviy joylarda xonning farmon va
buyruqlarini jar solib (baland ovoz bilan) e‟lon qiladigan shaxs.
Chopquchi – pichoq yasovchi, xon saroyidagilar uchun qurollar
(pichoq, xanjar qilich) yasab, qo„rchi vazifasini ham bajargan.
Shotir – xon rikobi
oldida yuradigan hizmatchi, odamlarni xon
kelishidan xabardor etib, ularni ta‟zimga chorlab turgan.
Udaychi – xon rikobi oldida yurib, uning sha‟niga baland ovoz bilan
maqtovli so„zlar va hamdu sanolar aytib boruvchi hizmatchi.
YUqoridagi amal va mansab egalari o„z hizmatlari evaziga yillik maosh (pul,
ot, qo„y, g„alla ko„rinishida) olganlar. Bundan tashqari, ularga tegishli yer-mulklar
ham berilgan.
Butun o„rta asrlar musulmon davlatlarida bo„lgani kabi Qo„qon
xonligidagi
musulmon ruhoniylari ham alohida imtiyozlarga ega bo„lgan ijtimoiy tabaqa
hisoblangan.
Xonlikdagi davlat boshqaruvida, ta‟lim – tarbiyada,
sud ishlarida
hamda jamiyat hayotining turli sohalarida ularning fikri katta ahamiyat kasb etgan.
Qo„qon xonligida qo„yidagi diniy va qozixona mansab,
unvon hamda amallari
mavjud bo„lgan:
Dostları ilə paylaş: