UMAROV OYBEK
QO’QON XONLIGI AMIR OLIMXON HUKMRONLIGI DAVRIDA
REJA:
I.Kirish
II. Asosiy qism
1.XIX asr boshlarida Qo’qon xonligi
1.1 Amir Olimxon davrida qo’qon xonligining ichki siyosati. Olimxon
o’tkazgan islohotlar
1.2 Xonlikda davlat boshqaruvi. Mansablar va unvonlar
2. Olimxon davrida Qo’qon xonligining tashqi siyosati
2.1 Amir olimxon olib brogan xarbiy yurishlar
2.2 Amir Olimxonga qarshi fitnaning uyushtirilishi va sabablari, Olimxonning
xalokati
III. Xulosa
IV . Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
XVIII asrning boshlarida Farg„ona vodiysida shakllangan yangi davlat –
Qo„qon xonligiga mahalliy aholi vakillari bo„lgan ming urug‘i asos soldi.
Chunonchi, XVII asrning oxiri – XVIII asr boshlarida ashtarxoniylarning siyosiy
va ijtimoiy hayotida yuz bergan tushkunlik, Farg„ona vodiysi iqtisodiy
mustaqilligining o„sishi hamda 1704 yilda Chodak xo„jalarining isyon ko„tarib,
Farg„onaning bir qismini egallashi bunga shart-sharoit yaratib berdi. Ammo,
Farg„onaning shimoli va shimoli – g„arbidagi Koson, Asht, Chodak hududlari
xo„jalar qo„l ostida bo„lsa – da, ular mustaqil davlatga asos sola olmadilar.
1
1
R,SHamsutdinov - vatan tarixi . 2-kitob . sharq-2010
Ma‟lumotlarga ko„ra, ming urug„ining boshlig„i, taxminan 1669-1670 yillarda
tug„ilgan Shohruhbiy ibn Ashur Muhammad (1709-1721 yy.) Chodak xo„jalari
qo„lida bo„lgan siyosiy hokimiyatni kuch bilan tortib olib, 1709/1710 yilda
Farg„ona vodiysidagi minglar sulolasi hukmronligiga asos soldi. Ammo, uning
hokimiyati hali ashtarxoniylardan to„la yoki batamom mustaqil emas edi. Chunki
manbalarda Shohruhbiyning nomi ashtarxoniy Abulfayzxondan so„ng tilga olinib,
Shohruhbiyga Buxoro xoni tomonidan otaliq unvoni berilgani eslatiladi. Bu haqda
tadqiqotchilarning ham fikrlari munozaralidir. Nima bo„lganda ham, Shohruhbiy
Buxoro xonligidan mustaqil ravishda (nisbatan bo„lsa ham) siyosat olib borishga
harakat qilib, minglar sulolasi tasarrufidagi yerlarni kengaytira boshladi.
Shohruhbiy hukmronligi davrida Qo„qon, Namangan, Marg„ilon, Konibodom,
Isfara va ularning atroflaridagi qishloqlar minglar sulolasi qo„lida bo„lgan.
Shohruhbiyning o„g„li va vorisi Muhammad Abdurahimbiy (1721-1733 yy.)
taxtga o„tirganidan so„ng minglar tasarrufidagi yerlar yana kengaya boshladi.
Abdurahimbiy 1724 yilda Andijonni, 1725 yilda Xo„jandni, 1726 yilda O„ratepani
bosib olib, xonlik hududlariga qo„shib oldi. U qisqa muddat bo„lsa-da Buxoroga
qarashli Samarqand va Kattaqo„rg„onni egallab, Shahrisabzga ham tahdid solgan.
Abdurahimbiy Qo„qon (Xo„qand) qishlog„i o„rni va atrofida yangi shaharga
(dastlab Qal‟ai Rahimbiy deb nomlangan, keyin esa Qo„qon) asos soladi va bu
shahar xonlikning poytaxtiga aylanadi.
1733-1750 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Abdulkarimbiy ibn
Shohruhbiy asosiy etiborini mudofaa ishlariga qaratdi.
2
U xonlikning poytaxti
Qo„qonda Isfara, Qatag„on, Marg„ilon, Haydarbek nomli darvozalar qurdirib,
shahar atrofini mustahkam devor bilan o„ratib oldi. Shu bilan birga u 1741-1745
yillardagi qalmoqlar (jung„orlar) ning Farg„onaga qilgan hujumlariga zarba berdi.
Abdulkarimbiy qalmoqlarga qarshi kurashda qirg„iz-qipchoqlar va O„ratepa
hokimi Fozilbiy yuz yordamiga tayandi hamda xonlik mustaqilligini saqlab qoldi.
Abdulkarimbiy 1750 yilda vafot etganidan so„ng xonlik taxtiga uning o„g„li
Abdurahmon o„tirdi. Ammo, u taxtga to„qqiz oy o„tirib, so„ng Marg„ilonga hokim
2
R. SHamsutdinov. Vatan tarixi 2-kitob . sharq-2010
etib jo„natildi hamda taxtga Abdurahimbiyning ikkinchi o„g„li Erdonabiy o„tirdi.
1753 yilda qalmoqlarning tazyiqi va talabi bilan ularning qo„lida garov sifatida
o„shalab turilgan Bobobek xonlik taxtiga ko„tarildi. Lekin, oradan bir yil ham
o„tmay O„ratepa yurishi vaqtida Bobobek Beshariqda o„ldirildi hamda Erdonabiy
(1755-1769 yy.) qayta Qo„qon taxtini egalladi. Xitoylik geograflarning
ma‟lumotlariga ko„ra, uning hukmronligi davrida, 1759-1760 yillarda Farg„ona
to„rtta mulk: Andijon, Namangan, Marg„ilon va Qo„qonga bo„lingan bo„lib, ular
ichida Qo„qon yetakchilik qilgan. Erdonabiydan so„ng taxtga Shohruhbiyning
uchinchi o„g„li Shodibekning farzandi Sulaymonbek o„tiradi. Uning taxni
egallashida urug„ oqsoqollarining ko„magi katta bo„lgan bo„lsada u atigi 6 oy
hukmdorlik qildi.
1770 yilda Qo„qon taxtiga Abdurahmonbiyning o„g„li Norbo„tabiy (1770-1801
yy.) o„tiradi. Norbutabiy Markaziy hikimiyatni mustahkamlashda, bo„ysunmas
hokimlar qarshiligini bostirishda nisbatan muvaffaqiyat qozonadi. U Chust va
Namangandagi g„alayonlarni bostirganidan so„ng, bu shaharlarga o„z odamlarini
hokim etib tayinlaydi. Norbutabiy bir qancha urinishlardan so„ng Andijon, O„sh,
Xo„jand va yaqin atrofdagi qo„shni hududlarni bosib oladi. U 1799 yilda
Toshkentni ham bosib olishga harakat qildi, ammo, uning yuborgan qo„shinlari
mag„lubiyatga uchradi.
Norbutabiydan so„ng uning o„g„li Olimxon (1801-1810 yy.) taxtga o„tirib,
Qo„qon xonligining siyosiy qudratini mustahkamlash, mamlakat hududlarini
kengaytirishga alohida e‟tibor berdi. Natijada Qo„qon xonligining siyosiy mavqyei
oshib bordi. Olimxon davriga kelib Qo„qon xonligidagi davlat boshqaruvi oldingi
davlatlar boshqaruv tizimidan deyarli farq qilmas edi. Uning davrida Qo„qon
davlati kuchayib borishi bilan davlatning siyosiy maqomi ham o„zgaradi. Agar
Qo„qonning dastlabki hukmdorlari “biy” va “bek” unvoni bilan mamlakatni idora
qilgan bo„lsalar, Olimxon davridan boshlab (1805 yil) hukmdorlar rasman “xon”
deb yuritila boshlandi.
Dostları ilə paylaş: |