Qo'qon xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi


Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi



Yüklə 186,53 Kb.
səhifə2/5
tarix24.10.2023
ölçüsü186,53 Kb.
#160143
1   2   3   4   5
A\'ZAM TARIX 2-MAVZU

Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi
1840-1850-yillarda Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi jarayoni boshlandi[14]. F. Romanovskiy Buxoro amirligini Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanayotganligini bahona qilib, unga qarshi harbiy yurish boshlashga imperatordan ruxsat so‘raydi shu bilan Buxoroga Rossiya imperiyasi yurishlari boshlanadi[15]. F. Romanovskiy Sirdaryoning oʻrta oqimidagi hududlarni egallashga kirishdi. Birinchi jang 1866-yil 8-mayda Erjar qishlog‘i yaqinida bo‘lib, kuchlar harbiy jihatdan teng bo‘lmaganligi uchun amir qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. F. Romonnovskiy Buxoro qo‘shinini taʼqib qilishni to‘xtatib, avval Qo‘qon xonligi bilan Buxoro amirligi o‘rtasida joylashgan — Toshkent, Qo‘qon, Balx va Buxoro bilan bog‘lovchi Xo‘jandga qarab harakat boshladi. Turkiston viloyati harbiy gubernator qo‘shinlari tomonidan Xo‘jand qal’asi may oyida qamal qilinib, 20 ta to‘pdan o‘qqa tutildi.
Harbiy harakatlarning boshlanishi
1866-yil 20-mayda general Romanovskiy 2000 kishilik otryad bilan Sirdaryoning chap qirgʻogʻidagi Irjar yaqinida buxoroliklarga qarshi jang boʻlib oʻtdi. Jangda buxoroliklar magʻlub boʻlishdi. Amir Muzaffarning oʻzi oʻzi ham katta qiyinchilik bilan Jizzaxga chekinishga majbur boʻldi. Irjardagi magʻlubiyat mullalar tomonidan amirga qarshi noroziliklarini uygʻotdi, ularning koʻpchiligi harbiy halokatni uning qochishi bilan bogʻladi va hatto amirni Rossiya bilan yashirin kelishuvda aybladi. Xalq bosimini anglagan amir ruslar bilan urushni oxirigi nuqtagacha davom ettirishga qaror qildi, bu esa Buxoro xonligi taqdirini hal qilishni tezlashtirdi.
1866-yil oktabrda ruslar Oʻratepa qalʼasini, koʻp oʻtmay Jizzaxni egallab oldilar. Shundan soʻng Turkiston general-gubernatori general Kaufman Buxoro amiriga tinchlik shartlarini taklif qildi, ammo amir bunga rozi boʻlmadi. Shahrisabzda Joʻrabek xalqni muqaddas urushga (gʻazavot) chorladi va katta qoʻshin toʻpladi. Ular ruslar tomonidan bosib olingan hududlarga tinimsiz hujum uyushtirishdi va hatto Jizzax yaqinidagi rus lageriga ham tunda hujum uyushtirdi[16].
Fon Kaufman

Yüklə 186,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin